9-Amaliy mashg‘ulot. Izolyatorni tortish kuchiga mexanik chidamliligini aniqlash



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
Sana18.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#819737


9-Amaliy mashg‘ulot. 
Izolyatorni tortish kuchiga mexanik chidamliligini aniqlash. 
1. Shisha va farfor (chini) izolyatorlarni tayyorlanish usullari. 
2. Izolyatorlarning kimyoviy tarkibi. 
3. Farfor izolyatorni shisha izolyatorga nisbatan afzalliklari. 
4. Farfor izolyatorning mexanik mustaxkamligi. 
5. Farfor izolyatorni mexanik mustaxkamlikga tekshirish usullari. 
Nazariy tushunchalar. 
1.
Shisha va farfor izolyatorlar xom-ashyoni elektr yoki issiqlik pechida pishirish 
yo‘li bilan tayyorlanadi. 
2.
Hozirgi davrda shishani olinishida Mendeleev D.I. davriy sistemasidagi juda ko‘p 
elementlar qo‘shiladi. SiO
2,
CaO, BaO, Na
2
O, K
2
O, MgO, ZnO, Al
2
O
3
va x.k. 
farforning kimyoviy tarkibi % hisobida: 
SiO

- 70.5
Al
2
O
3
- 24.5
Fe
2
O
3
- 0.75
CaO
- 0.13
MgO
- 0.22
K
2
O
- 2.9
Na
2
O
- 1.0
 
Xom-ashyo tarkibi % hisobida: 
Kaolin 
20-28 
Tuproq 
20-23 
Pegmatit 
30-45 
Qum
11-25,4 
Farfor sinig‘i 
3-8 
3.
Farfor izolyatorlarni shisha izolyatorlarga nisbatan ustun tomoni uni tortish 
kuchiga mexanik chidamliligi. Texnik shishaning nazariy tortish kuchiga 
mustaxkamligi kremniy va kislorod ( Si-O) orasidagi bog‘liq bo‘yicha 100-200 
mPa, haqiqatda esa 0,2-0,5 MPani tashkil etadi. Farforning guruxlar bo‘yicha 
ushbu ko‘rsatkichi quyidagicha, glazurlangan farfor; 
 I gr - > 35 mPa 
 II gr - > 55 mPa 
 III gr - > 65 mPa 
 
Demak farfor izolyatorni shisha izolyatorga nisbatan tortish kuchiga mexanik 
mustaxkamligi yuqori. 
4.
Farfor
izolyatorlarni mexanik mustaxkamlik hisoblarini oddiy materiallar 
qarshiligi nazariyasi metodikasi orqali olib boriladi. Farfor izolyatorlarni mexanik 
mustaxkamlik hisoblarini olib borishda qiyinchiliklarga to’g’ri kelinadi, chunki 


uning geometrik o’lchamlari va konfiguratsiyasi hamda uning tarkibiga qarab 
uzilishga bo’lgan mustaxkamlik chegarasi umuman o’zgarib ketadi. Farfor 
izolyatorning mustaxkamliliga farmirovka qismi ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi, 
chunki u orqali yoki unga yaqin chegaradan izolyatorning havfli yuzasi o’tadi. 
5.
Uzoq yillar saqlangan farfor izolyatorlarni xossalarida xech qanday o’zgarishlar 
yuz bermaganligi aniqlangan. Yuqori kuchlanishli o’zgaruvchan tok havo 
liniyalarida 20-30 yil ishlagan osilib turuvchi farfor izolyatorlarning pastki 
chekkalarida glazurni rangi o’chganligi ya’ni chaqnashga (korona) ko’proq 
uchragan joylarida yuz bergan. Ba’zi birlarida esa glazurda mikroyorilishlar sodir 
bo’lgan. 
Farfor izolyatorni xossalarida xech qanday o’zgarish yuz bermagan.
 
Izolyatorni tortish kuchiga mexanik mustaxkamligi ularni tortish orqali 
uzilishga sinov o’tkaziluvchi mashinalarda olib boriladi. Ushbu mashinalarda 
sinovlarni qo’lda boshqariladigan mexanizm yoki elektrodvigateli mexanizm 
yordamida amalga oshiriladi. Bulardan elektro dvigateli mexanizm yordamida 
sinovlarni o’tkazishni afzalliklari ko’proq bo’lib, ma’lum tezliklarda asta-sekinlik 
bilan siltashlarsiz yuklama oshirib boriladi. 
Izolyatsion materialni tortish kuchiga mexanik mustaxkamligini ularni tortish
orqali uzilishga sinov o’tkaziluvchi qo’lda boshqariladigan mexanizmli(1) va 
elektro dvigatelli mashinaning(2) chizmalari
.
elektro dvigatelli mashinaning chizmasida:
1 va 2-qisqichlar, 3-yukli yelka, 4-shkala (ko’rsatkich), 5-elektro dvigatel
Namunani tortish kuchiga chegaraviy musaxkamligi quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
σ
r
=R

/
F
bu yerda
F-namunani ko’nalang kesimi (mm
2



R
r
-namunani uzishga sarflangan kuch qiymati (N) 
Shu bilan bir vaqtda namunani tortish kuchiga sinov o’tkazishda uni foyiz xisobida 
nisbiy uzayishi ham aniqlanadi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
λ=(∆l/l) 
.
100% bu yerda, 
l -namunaga yuklama berilgunga qadarli bo’lgan qisqichlar orasidagi uzunlik 
(mm) 
∆l- namunani mutloq (absolyut) uzayishi (mm) 
∆l va l bir xil birliklarda bo’lishi kerak. 
Sinovlar 5 tadan kam bo’lmagan namunalarda o’tkaziladi va o’rtacha qiymat 
chiqariladi.Ushbu qiymat sinov natijasi sifatida qabul qilinadi. 

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish