9-AMALIY MASHG’ULOT
Dvigatel krivoship-shatun va gaz taqsimlash
mexanizmlarining diagnostika qiluvchi jihozlarning
tuzilishi va ishlash prinspini o’rganish.
Mashg‘ulotdan maqsad
. Dvigatel krivoship-shatun
va gaz taqsimlash mexanizmlarining diagnostika qiluvchi
jihozlarning tuzilishi va ishlash prinspini o’rganish.
Kerakli jihoz va ashyolar
. Dvigatel krivoship-
shatun
va
gaz
taqsimlash
mexanizmlarining
diagnostikalash jihozlari xaqidagi plakatlar. Мultimediya
vositalari.
Gazlarning karterga o’tishi silindr-porshen guruhi (TSPG)
detallarini yeyilishiga bog’liq bo’lib, ish jarayonida ko’payib boradi.
Gazning hajmi, tashxislash jihozi yordamida, yuklanish va eng katta
burovchi momentda aniqlanadi. U gaz schetchigi yordamida aniqlanib,
moy o’lchash tayoqchasi o’rniga ulanadi va ma’lum vaqt ichida
karterga o’tgan gaz miqdori aniqlanadi.
Dvigatellarning
turiga
qarab
silindrlardagi
kompressiya
kompressometr yoki kompressograf (9.1-rasm) yordamida aniqlanadi.
Siqish takti oxiridagi bosimni yoki kompressiyani dvigatel
70
80
S gacha qizdirilgach aniqlanadi. Kompressometrning rezinkali
konussimon kallagi o’t oldirish shami teshigiga o’rnatilib, starter
yordamida tirsakli val aylantiriladi va jihozning ko’rsatkichi
hisoblanadi. Dizel dvigatellaridagi kompressor 80
S haroratda
450
550 ayl
min tezlikda, salt yurishda har bir silindr uchun
aniqlanadi. Bu holatda kompressometr tekshirilayotgan silindrning
forsunkasi o’niga qo’yiladi.
Kompressiya karbyuratorli dvigatellar uchun 0,44
0,78
MPa ni, dizel dvigatellari uchun kami bilan 2 MPa ni tashkil qiladi (bu
ko’rsatkich me’yordan 30
40 % dan kam bo’lmasligi kerak).
BEST-04UR
modelidagi
universal
kompressometr bo’lib, u forsunkali va
falsh- forsunkali adapterlar yordamida
o’t oldirish shamlari va forsunkalar
o’rnidan 4,0 MPa gacha silindrlardagi
bosimni o’lchashga mo’ljallangan.
9.1-rasm.
BEST-04UR
modelidagi kompressometr va uning
texnik tasniflari
Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to’ldirish tezligiga,
kompressiyaga, havo tozalagich qarsxiligiga, klapanlarning egarida
to’liq o’tirmasligiga va ish jarayonini notekis borishiga bog’liq
bo’ladi. Shuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi
dvigatelni texnik holatini xarakterlaydi. Havoning siyrakligi
vakuummetr yordamida, kiritish kollektori orqali aniqlanadi. Dvigatel
mexanizmlari holatini aniqlash, ta’minot va o’t oldirish tizimlari
sozlangandan so’ng bajariladi.
Dvigatelning soz holida, uni starter bilan aylantirganda
ko’rsatgich 0.5-0.57 MPa ni hamda salt yurishda 0,64-0,745 MPa ni
tashkil etishi va bu ko’rsatgich o’zgarmay turishi kerak.
Siqilgan havoning silindrdan chiqib ketishi bo’yicha: bu vaqtda
porshen yuqori yoki pastki o’lik nuqtada bo’lib, klapanlar berkilgan
holatda bo’ladi, diagnostikalash natijasida porshen halqalarining
eyilganligini, ularning egiluvchanligini yo’qolganligi, singan yoki
qurum bosib qolganligini, stilindirning eyilganligini, klapanlar va
porshenlar zichligi buzilganligini aniqlash mumkin. Dvigatel holati K-
69M pribori yordamida, svecha yoki forsunka o’rnidan stilindirga
yuborilgan havoning sarfini monometr yordamida aniqlash yo’li
bilan amalga oshiriladi.
Shovqin va tebranishlar bo’yicha: mexanizmlarning ishlashi
jarayonida tebranish va shovqin hosil bo’ladi. Bu shovqinlar
chastotasi, balandligi va fazasi maxsus asbob yordamida aniqlanadi va
etalon ko’rsatkich bilan solishtirib texnik, holat aniqlanadi.
Kartyerdagi moyning ko’rsatkichlari bo’yicha: dvigatel
detallarining edirilishi, havo va moy filtrining ishlash sifati, sovitish
tizimining zichligi hamda moyning yaroqli yoki yaroqsizligi
aniqlanadi. Buning uchun vaqti-vaqti bilan kartyerdagi moydan
namuna olib turish, uning qovushqoqligini, tarkibidagi suv, kremniy
va edirilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab turish kerak. Moy tarkibi
kompyuterlashtirilgan “Spektral tahlil” qurilmalarida tekshiriladi.
Moydagi metall mahsulotlari miqdori bilan birikmalarning
texnik holati aniqlanadi. Kremniy miqdorining oshishi havo
tozalagichlarning nosozligini, suvning paydo bo’lishi sovitish
tizimining
nosozligini,
qovushqoqlikning
kamayishi
moyning