9-9 btus s-20 guruh Talabasi qayimova matluba shavkatovna tarbiya darslarini tashkil etish metodikasi



Download 310,48 Kb.
bet1/5
Sana25.04.2022
Hajmi310,48 Kb.
#581522
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil ish referat


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
9-9 btus s-20 guruh

Talabasi
QAYIMOVA MATLUBA SHAVKATOVNA

Tarbiya darslarini tashkil etish metodikasi

FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM
ISHI

BUXORO-2021





Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llari.


I. REJA:
1. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda sinf rahbarining oʻrni.
2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi.
3. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari.
Adabiyotlar roʻyxati.

1. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda sinf rahbarining oʻrni


Sinf rahbarining oʻquvchilarga koʻrsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi koʻp jihatdan uning ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongi va xulq-atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining oʻziga xos oʻrini bor. U maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bogʻliqdir.
Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.
Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
Oʻqituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz yechimini topishi kerak boʻladi.
Sinf rahbari majlis oʻtkazish davomida yaxshi oʻqiydigan bolalarni sinfda, yangi jamoa ichida ragʻbatlantirishi kerak. Bunda bolalar bir-biriga doʻstona munosabatda boʻlishadi. Shuning uchun ular bir-biriga intilib, yaxshi oʻqishga harakat qiladi. Yomon oʻqiydigan bolalar yaxshi oʻqiydigan bolalarga intilib ular ham yaxshi oʻqishga kirishadi. Bundan tashqari sinf rahbari oʻquvchilarning bilim darajasini oshirish uchun oʻz sinfida kutubxona tashkil qilishi mumkin. Bu kutubxonadagi kitoblarni oʻquvchilar sinfdan tashqari oʻqish vaqtida yoki darsdan soʻng boʻsh qolgan paytlarida, oʻqib oʻzlariga foydali tomonlarini olishi mumkin.
Sinf rahbari har doim oʻquvchilardan xabardor boʻlib turishi kerak. Masalan, bir oʻquvchining oʻzlashtirishi yomon boʻlsa, uni yaxshilash uchun oʻqituvchi birinchi oʻrinda ota-onasi bilan uchrashib, surishtirishi lozim. Nimaga yaxshi oʻqimaydi, nima uchun darslarni oʻz vaqtida qilmaydi, shular haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kerak. Agar bolaning oilasida hamma sharoit boʻlib bola oʻzi yaxshi oʻqishni xohlasada, oʻzi oʻylagan natijaga erisha olmayotgan boʻlsa, oʻqituvchi bolani yaxshi oʻqiydigan oʻrtogʻining yoniga oʻtkazib qoʻyish kerak.
Bundan tashqari shunga oʻxshagan oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni yigʻib, har xil fanlardan masalan, matematika, ona tili, oʻqish va boshqalardan qoʻshimcha darslarni tashkil etib, bolalarni oʻqishga boʻlgan talablarii, qiziqishini yanada oshirishga oʻqituvchi harakat qilishi kerak. Oʻqituvchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan faol ishlashi zarur. Negaki, maktabda sinfda boʻlayotgan ishlardan ota-onalar ham xabar topib, qiynalgan vaqtida hamroh boʻlishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan oʻqituvchining oʻrtasida bogʻlab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim qoldirmasdan yuritib turishi darkor.
2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Oʻziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolgʻiz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan oʻqituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda oʻquvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. Oʻquvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. Oʻquvchilarning bilimga boʻlgan qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda kasbga yoʻnaltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir oʻquvchining sogʻligini mustahkamlashga ham e’tabor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida oʻquvchilarning yuqori darajada oʻzlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir oʻquvchining kundalik oʻzlash tirishidan voqif boʻlib turadi. O rqada qolayotganlarga oʻz vaqtida, kechiktirmay yordam uyishtiradi.
4. Sinfdagi oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarish ishlarini yoʻnaltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyishtirilayotgan muhim tadbirlarda oʻz sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf oʻquvchilarining ota-onalari, oʻquv kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxona va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa oʻrnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan oʻqituvchilari oʻrtasida oʻquvchilarga nisbatan yagona talablar oʻrnatishga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari oʻz sinfidagi turli hujjatlarni: sinf jurnali, oʻquvchining kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Koʻrinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarinig shaxsiy sifatlariga ham bogʻliqdir. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining gʻoyaviy ichonchiga va e’tiqod darajadiga bogʻliq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam oʻzlashtirib borishi bilan oʻzining bilimini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obroʻsi gʻoyat darajada yuqori boʻlishi ham bu oʻrinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Chunki, tarbiyachi qobiliyati juda koʻp sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan koʻngil qoʻyish, bolalarga boʻlg an cheksiz muhabbat, muomala nazokatligi, oqil va adolatlilik namunasi, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning boʻlishi taqozo qilinadi.
Sinf rahbarining faoliyati ko`p qirrali va sermazmundir. U o`zi rahbarlik qilayotgan sinf o`quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o`quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. O`quvchilarning ayrim hatti harakatlariga bu hatti-harakatlar nomoyon bo`lishlarining tashkil etishi tajribalarini o`rganish va tahlil qilish asosida o`quvchilarni o`rganishda amal qilishi lozim bo`lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin.
1. Bolalarni o`rganish ularga tarbiya va ta`lim berish sifatini oshirishga bo`ysindirmog`i lozim. O`quvchilarni muntazam tarzda o`rganish asosida boshlang`ich jamoaga hamda alohida o`quvchilarga tarbiyaviy ta`sir etishining yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo`ladi.
O`quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina cheklanib qolish noto`g`ri bo`lur edi. Bu o`rganish asosida o`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, bular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni tashkil etish muhimdir. O`z o`quvchilarini yaxshi o`rganish demak, tashqi tomoniga emas, balki ular hulq atvor sabablarini o`rganishga e`tibor bermoq darkor.
4.O`quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o`rganish.
O`quvchi ta`lim jarayonida ijtimoiy foydali maslahatga va jamoat ishiga o`rganishi lozim.O`qituvchilarning o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va tevarak atrofidagi kishilar bilan kirishadigan munosabatlarini o`rgatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxsning yanada to`la ochiladi. O`quvchilarni tibbiy ish va kundalik hatti harakat jarayonida o`rganish o`quvchiga haqiqiy baho berishga yordam beradi.
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O`ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotgan u yolg`iz emas shu sinfda dars berayotgan turli fan o`qituvchilar bilan yaqin xamkorlikda va ularga suyangan holda o`quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O`quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. O`quvchilarning bilimga bo`lgan qiziqishi va qobilyatini
o`stirish har bir o`quvchining indivudial psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo`naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o`quvchining sog`ligini mustahkamlashga ham e`tibor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o`kuvchilarning darsda yuqori o`zlashtirishini ta`minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o`quvchining kundalik o`zlashtirishida voqif bo`lib turadi. Orqada qolayotganlarga o`z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o`quvchilarnint o`z o`zini boshqarish ishlarini yo`naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta`min etadi, maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o`z sinfining faol qatnashishini ta`minlaydi.
5. Sinf o`quvchilarining ota-onalari, o`quv kuni o`zlashtirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o`rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o`qituvchilari o`rtasida o`quvchilarga nisbatan yagona talablar o`rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilim tarqatib, oila bilan maktab o`rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
Sinf rahbarining axloqiy obro`si g`oyat darajada yuqori bo`lishi ham bu o`rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta`sir kuniga ega bo`ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma`naviy qiyofasi o`quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishini o`zi yetarli emas. U o`z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o`z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta`sir o`tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko`p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan
ko`ngil qo`yish, bolalarga bo`lgan cheksiz, muhabbat muomala
nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va
adolatlilik namunasi, alohida nazokat sipolik va vazminlik
kabi fazilatlarning bo`lishini taqozo qiladi. Bunga yana
tarbiyachilik texnikasi qo`shimcha ishda muvaffaqiyat ta`minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
Sinf rahbari pedagoglar, ota onalar va o`quvchilarni o`zaro bog`lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarining nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirish, o`zaro aloqalarning to`g`ri bo`llshiga ta`sir o`tkazish va ayni vaqtda o`zpning pozitsiyasini aniq ta`minlay olishi kerak. Mana shu fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishga va uning muvaffaqiyatini ta`minlashga garov bo`ladi. Sinf rahbari o`quvchilarga puxta bilim berishga, ularni fikrlash qobilyatini faollashtirishga hamisha g`amxo`rlik qilib boradi. Xatto o`zlashtirish yuqori bo`lgan sinflarda ham bolalarda ilmga bo`lgan qiziqish va muhabbatna o`stirishga, ta`lim sifatini oshirishga harakat kilish zarur.
Ba`zi ayrim maktablarda yuqori o`zlashtirishga erishishga o`quv, didaktik masala sifatida maktabda ta`lim tarbiyani to`g`ri yo`lga qo`yishga bog`liq bo`ladi. O`qish jarayonida bolalarda mehnatsevarlik, dikqatni, matonat kabi sifatlarni tarbiyalash bilimni muvaffaqiyatli o`zlashtirishga yordam beradi.
Yuqori sinflarda yuqori o`zlashtirish uchun ko`rish susaymaydi, aksincha u yana ko`proq ahamiyat kasb etib boradi.
O`quv mehnatiga ongli munosabatda va unga ma`lumot bilan yondashish hissini tarbiyalash bilimning sifatli bo`lishi bolaning o`qishga bo`lgan intilishi, qiziqishiga ularning harakatchangligiga, diqaqatiga faoliyatiga tashabbuskorligiga, mustaqilligiga bog`liqdir. Bunday sifatlarni o`kuvchilarda shakllantirish, ularga o`quv mehnatining ijodiy ahamiyati tushuntirish va o`quv mashgulotlariga mas`uliyat bilan yondashish o`quvchilardan talab etish sinf rahbarining faoliyatiga muhim o`rin egallaydi. Sinf raxbari ular oldida o`qish bolalarini ochib berishga
harakat qiladi. Bunga esa ularning o`qishdagi har bir yutig`ini
ijtimoiy foydali mehnat bilan bog`lanish o`qish bilan hayot
o`rtasidagi mehnat faoliyati o`rtasidagi aloqali ko`rsitish
vatanni himoya qilish hissasini tarbiyalash orqali erishiladi.
Har narsani bilishga qiziqish va bilimga muhabbat uyg`otish.
Bola bilimga qiziqmay turib, o`qishga intilmay turib, muvaffaqiyatli o`qiy olmaydi. Birinchi navbatda qiyinchilik bilan o`zlashtirilgan fanlariga nisbatan bolaning qiziqishini uyg`otish kerak. Boladagi o`qish mehnatiga nisbatan, mehnatga nisbatan havas va qiziqish o`qishidagi qiyinchiliklarni yengishga, bilim faoliyatini oshirishga qiziquvchanlik va mustaqilligini kamol topishiga olib keladi.
3. O`quv mehnati madaniyatkni oshirish.
O`zlashtirishning past bo`lishi aksariyat, o`quv mehnatini sistemali va rejali olib borish iqtidorli bolalarda shakllanadigan kelib chiqadi.
Sinf rahbarining va o`qituvchining asosiy vazifasi har bir o`kuvchining fikrlashga o`rnatishdan iboratdir. Ayniqsa bolalarda o`qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib o`qish va kitob bilan mustaqil ishlash uy vazifalarini bajarishda rioya qilishni olgan bilimlarpni, amalda qo`llash kabi bilim olish uchun zarur bo`lgan sifatlarini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. O`quvchilarniyag aqliy va jismoniy taraqkiy etishga madaniyatli bo`lib harakat qilish va hamisha bu haqda g`amxo`rlik qilish lozim.
4. O`quvchilarni o`quv mexnatida muayyan rejaga itoat etishga
o`rgatish.
O`kuv mehnati bilan dam olishni to`g`ri almashtirib borish, tashkiliy ravishda uy vazifalarini bajarish ta`lim samaradorligini oshiradi. o`quvchilar rejimga itoat etishlarini o`qituvchi, sinf rahbari va ota-onalar muntazam ravishda nazorat qilib borishlari kerak. Shu yul bilan ularni muvaffakiyatli o`qishga, o`quv mehnatada saramjonlikka o`rganish mumkin.
5. Sinfda o`qish jarayonida o`rtoqlarga yordam uyushtirish. O`rtoqlarga o`zaro yordam, sinfda ulgurmovchilikni, ikki yillikni va maktabni tashlab ketish hollarining oldini olishga yordam beradi. Shu bilan birga sinfda o`rtoqlik do`stlik va bir jamoa bo`lib shakllanishiga olib keladi.
6. Sinf o`quvchilari bilan alohida bo`lishi va yaxshi hamkorlik.
Sinf rahbari ta`lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o`zi emas, balki shu srshflarda dars beruvchi boshqa o`qituvchilar bilan hamkorlikda hal etadi. O`quv ishlarida sinf rahbarining va shu sinfda ishlaydigan boshqa o`qituvchilarning bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi, o`quvchilarga nisbatan yagona talabni amalga oshirish va o`quvchilarning bir-biriga o`zaro yordamlari ta`lim -tarbiya sifatini oshiradi.

3. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari


Sinf tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi. Ma’rifiy tarkibiy qismda: oʻquv dasturlaridan tashqari, oʻquvchilarning etik, estetik, ruhiy tushunchalarni, fantexnika, xalq xoʻjaligi, dunyo voqealarini boyitib, kengaytirib borishdan iborat ishlar amalga oshiriladi.
Baholovchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarda atrof-muhitga muayyan munosabatda boʻlish, undagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizning bahosi, ahamiyati va qadr-qimmati, mehnat kishilari va Vatanimiz himoyachilarining shon-shuhrati, ona Vatanimizning, ulugʻ xalqimizning shuhrati haqidagi tegishli tushunchalarni hosil qilish va mustahkam qaror toptirishdan iborat sifatlar roʻyobga chiqariladi.
Yoʻnaltiruvchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarning mavjud hayot haqidagi bilim va tushunchalari toʻgʻri, maqsadga muvofiq yoʻnaltirilib, teranlashtirilib, ularning hayotiy tajribasi, axloqi, boʻlgʻusi turmush yoʻlini toʻgʻri tanlashdek hayotiy faoliyatlari, unda tutgan mavqelari faollashtirilib, boshqarilib boriladi. Oʻqituvchi-tarbiyachi tarbiyaviy soatning mavzuini belgilab, unga tegishli material toʻplayotganda oʻquvchilarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini, sinfning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini, mahalliy shart-sharoitni albatta e’tiborga olishi kerak. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri sinf tarbiyaviy soatlari boʻlib uni tashkil etish pedagogning quyidagi yoʻnalishlar asosida olib boriladigan ishlaridan iborat:
a) sinf tarbiyaviy soatlarning mazmunini aniqlash;
b) tashkiliy jihozlash ishlari;
v) sinf tarbiyaviy soatlari turkumini rejalashtirish.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodga maqsadga muvofiq ta’sir koʻrsatishda sinf tarbiyaviy soatlari ish mazmunini aniqlash va rejalashtirish mavzularni fasllarga qarab, bayram, tarixiy sana hamda voqealar, tinchlik, doʻstlik , mehnat, oila, baxt, kasb tanlash, tabiatni sevish, vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosi, insoniylik, axloqiylik singari tarbiyaviy muammolar asosida tasniflash katta muvaffaqiyatning garovi ekanligini koʻrsatmoqda.
“Inson va insoniy munosabatlar”. Bunda jamiyatimizdagi insoniy munosabatlar, jonajon maktabi, oʻqituvchilari oʻz ota-onasi qarindosh-urugʻi, doʻstlari va boshqa kishilarga, jamoat mulkiga, ona Vatan boyliklariga munosabat, yurish-turish madaniyati, muomalasi, rostgʻoʻylik, halollik, mehnatga ongli munosabatda boʻlish.
“Fan va turmush”. Bunda moddiy olam haqidagi haqiqatni, qarashlarni shakllantirish, fan texnika yangiliklari, bilim manbayi boʻlgan kitobga munosabat, uni oʻqish qoidasi, turmush, madaniyat, bugungi kun turmush tarzi kabi masalalarga e’tibor berish.
“Goʻzallik olamida”. Bunda goʻzallikning mohiyati, goʻzallikni his qilish, nafosat va etika tushunchalari, hayotda insonning kiyinishda, turmushda, mehnatda, axloqda, muomala va nutq madaniyatida, kuy va qoʻshiqlarda, she’riyatda, raqs va tasviriy san’atda, haykaltaroshlik va me’morchilikda, zamonaviy ishlab chiqarish kabi sohalarda goʻzallik tushunchalariga e’tibor berishi.
“Davlat mustaqilligi va inson huquqi haqida nimalarni bilasiz?” Bunda davlat mustaqilligi, uning ma’nosi va mohiyati, mustaqil davlat siyosati va iqtisodiyotining mazmuni, tashqi dunyo mamlakatlari bilan doʻstona aloqalar, elchixonalar vujudga keltirish, milliy mustaqillik imkoniyatlari, vatandoshlar bilan ishbilarmonlik doirasida aloqalar oʻrnatish, dunyo siyosiy voqealariga, huquq darajalari, oʻz haq-huquqi uchun kurash, ona Vatannimizga, xalqimizga mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod, dunyoviy gʻalabalarimizga munosabat kabilarga e’tibor berish.
“Sogʻ tanda – so gʻlom aql”. Bunda oʻquvchining kundalik faoliyat tartibi, uyida oʻquvchining oʻz burchagi boʻlishi, yosh va oʻziga xos xususiyatlariga qarab gigiyenik qoidalarga rioya qilish, jinsiy tarbiya, gigiyena - inson goʻzalligi, madaniyati va salomatligi garovi ekanligi kabilarga e’tibor berish.
“Ekologik tarbiya”da bolalarda tabiatning yer osti va yer usti boyliklariga, tabiatga nisbatan javobgarlik, Ularni hozirgi va kelajak avlod uchun avaylab asrash, koʻpaytirish hamda muhofaza qilish his-tuygʻularini, tushunchalarini tarkib toptirish kabilarga e’tibor berish lozim.
Sinf tarbiyaviy soatlarini tashkil qilish unga oʻquvchilarni ruhan tayyorgarlikdan boshlanadi, ular sinf tarbiyaviy soatlarini intizorlik bilan kutishlariga harakat qilish lozim. Koʻriladigan masalalar nechogʻli muhokama va munozarabop boʻlishi hamda u koʻngildagidek oʻtkazilishi darkor. Avvalo muhokama qilinadigan mavzu, uning mazmuni, uni oʻtkazish vaqti, tartibi va ushbu mavzuga oid materiallarni topish lozim.
Tarbiyaviy soatlar uchun maktab oʻquvchilari va oʻqitivchi tarbiyachilarga moʻljallangan hamda ommabop gazeta va jurnallar, pedagogikaga oid va bolalar tarbiyasiga doir badiiy adabiyot namunalari, kinolavha, kinofilm, diafilm va radio eshittirish va telekoʻrsatuvlardan, tarbiya mavzusiga yoʻnaltirilgan va shu kungi oʻquvchilar uchun dolbzarb, hayotiy materiallardan tanlab olishlari kerak. Shundagina sinf oʻquvchilarining qaynoq ijodiy faoliyati ta’minlangan boʻladi. Bunday vaqtlarda oʻquv-texnika vositalari, koʻrgazmali qurollar va didaktik materiallardan unumli foydalanish esa soʻzsiz sinf tarbiyaviy soatlarini yanada ijobiy natijalarga olib keladi. Sinf tarbiyaviy soati tarbiyaviy ishning ajralmas qismi boʻlib oʻquvchilar uchun ham, sinf rahbari uchun ham amaliy-ijodiy ishdir. Sinf tarbiyaviy soatlarida tanlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga eng avvalo oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi lozim. Mashgʻulot jarayonida ustoz oʻz maqsadini oʻquvchilari ongiga yetkaza oladigan, ularning qalbini toʻlqinlantira oladigan, ta’sirchan va ifodali bayon qila oladigan nutqqa ega boʻlishi, turli pedagogik ta’sirlar orqali singdira oladigan boʻlishi lozim. Sinf tarbiyaviy soatlari uchun tanlangan mavzuning maqsadiga mos keladigan kuy va qoʻshiqning yangrashi, badiiy oʻqish, she’rxonlik, oʻz ijodiy ishlaridan namunalar koʻrsatish, muhokama qilinayotgan masalaga nisbatan oʻquvchilarning oʻz mustaqil fikrlarini bayon qilashlariga keng yoʻl berish, hayotiy muhim masalalar haqida aniq va toʻgʻri xulosalar chiqarishlariga yoʻnaltirib borish lozim. Bu esa oʻquvchilarni oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilishga odatlantirib, ularda faollikni kuchaytiradi.
Sinf rahbarining faoliyati ko'p qirrali va sermazmundir. U o'zi rahbarlik qilayotgan sinf o'quvchilarini tarbiyalash bilaii bir qatorda o'quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi. O'quvchilaming ayrim hatti harakatlariga bu hatti-harakatlar nomoyon bo'lishlarining tashkil etishi tajribalarini o'rganish va tahlil qilish asosida o'quvchilarni o'rganishda amal qilishi Iozim bo'lgan talablarni shunday ifodalamoq mumkin.
Bolalarni o'rganish ularga tarbiya va ta'lim berish sifatini oshirishga bo'ysindirmog'i Iozim. O'quvchilarni muntazam tarzda o'rganish asosida boshlang'ich jamoaga hamda alohida o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishining yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo'ladi.
O'quvchilaming individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini qayd qilib borish bilangina chcklanib qolish noto'g'ri bo'lur edi. Bu o'rganish asosida o'quvchilaming o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, bular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni tashkil etish muhimdir. O'z o'quvchilarini yaxshi o'rganish demak, tashqi tomoniga emas, balki ular hulq atvor sabablarini o'rganishga e'tibor bermoq darkor.

Download 310,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish