9-3 Ppss-19 Bajardi: Jo`raxolova Dilshoda Ulug`bekovna


Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy- metodologik asoslari



Download 154,5 Kb.
bet26/31
Sana01.01.2022
Hajmi154,5 Kb.
#297595
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Ijtimoiy ped. Seminar mashg`ulot

Oilaviy munosabatlarni tadqiq etishning nazariy- metodologik asoslari.
Oila psixologiyasining asosiy metodlariga quyidagilar kiradi:
– Kuzatish metodi. Oilaviy munosabatlarni kuzatish deb oilaviy va turmush vaziyatlarida odamlarning tashqi xulq-atvorini idrok etish va muntazam qayd etib borishga bog’liq faoliyatga aytiladi. Odatda tadqiqot o’tkazayotgan psixologning kuzatayotganligini oila a’zolari bilmasliklari, sezmasliklari kerak. Kuzatuv natijalarini qayd etish aniq ko’rgan-kechirganlarni qanday bo’lsa shundayligicha yozib borish yoki esda saqlab qolib, keyin hech bir sub’ektiv xulosa yoki tahlilsiz daftariga belgilab borish tarzida kechadi.

– Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi. Oila muhitida yoki hayotiy sharoitlarda ro’y bergan voqea-hodisalarni qayd etish unga kompleks yondashuvni talab etadi. Bunda o’rganayotgan shaxs testlar o’tkazishi, oila a’zolarining biografik ma’lumotlarini tahlil etishi yoki aniq maqsadli so’rov o’tkazishi mumkin.

– So’rov metodi. Odatda psixolog bir xonadonga kirib, hammada birdan so’rov o’tkaza olmaydi, u kim bilan, qachon va qanday maqsadda so’rov o’tkazishi lozimligini aniq bilishi va oldindan tanlovni belgilab qo’ygan bo’lishi lozim. Odamlar tanlab olingach, so’rovnomaga kiritilgan har bir savolning ifodalanishiga e’tiborni qaraaatish lozim. CHunki bir shaxsga juda oson va aniqday tuyulgan savol boshqa bir shaxs uchun qiyin, noqulay, mavhum bo’lib tuyulishi mumkin. Masalan, savolning mazmunini tushunishda uyda o’tirgan beka bilan oila a’zosi bo’lgan pedagog ayol o’rtasida farq bo’lishi mumkin. So’rov odatda bevosita yuzma-yuz ko’rishib o’tkazilishi, telefon orqali yoki pochta orqali yuborilgan yozma savolnoma tarzida o’tkazilishi mumkin. Oila psixologiyasida so’rovnomalar tarqatish orqali odamlarning fikrlari, munosabatlarini aniqlash keng tarqalgan.

– Eksperiment. Ushbu usul yordamida bir omil ta’sirining boshqa bir omil yoki holatning kelib chiqishiga turtki bo’lishini aniqlash mumkin. Odatda oilaviy munosabatlar dinamikasini o’rganishda, u yoki bu hodisalar yoki omillar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda eksperiment usulidan foydalaniladi. Bunda bir necha xonadon eksperimental, ya’ni sinov o’tkazilayotgan guruh hisoblansa, boshqalari nazorat guruhi sifatida saqlanadi, eksperimentdan so’ng, olingan natijalar ikkala guruh misolida qiyoslanadi. CHunki bunday taqqoslash o’tkazilmasa, eksperiment o’tkazilgan guruhdagi o’zgarishlarning salmog’ini qayd etish mushkul bo’ladi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi olimlari 2006 yilda mamlakatimizning ayrim xududlarida tanlab olingan guruhlarda o’ziga xos eksperiment o’tkazishgan: mahallada “Oila universitetlari” yoki “Ota-onalar universitetlari” tashkil etib, eksperiment oldidan universitet tinglovchilarining qator masalalarda oilaviy ustanovkalarini qayd etganlar, so’ngra aniq dastur asosida 6 oy mobaynida mashg’ulotlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlardan so’ng yana o’sha so’rovnoma orqali ular fikrlari o’rganilib, natijalari monitoring qilinganda, targ’ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi qayd etilgan. Bu ham o’ziga xos eksperiment bo’lib, muayyan maqsad va natijani ko’zlaydi.

– Statistik metodlar. Matematik statistikaning qator usullari empirik izlanishlar davomida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarning qay darajada ilmiy jihatdan asoslanganligini isbotldash maqsadida qo’llaniladi. Ayniqsa, bir hodisa yoki holatning bioshqa bir holat yoki hodisaning oqibati, sababi ekanligini isbot etish uchun statistik metodlarni qo’llash barcha tadqiqotlarning talablaridan biridir. Masalan, oila a’zolarining biror qadriyatlarga nisbatan munosabatlarida yaqinlik, o’xshashlik borligini isbotlash uchun korelyatsion metodlardan foydalaniladi. Masalan, Spirmenning yoki Kendallning korrelyatsiya koeffitsientlarini hisoblash usullari bunday sharoitlarda juda qo’l keladi. yoki olingan empirik raqamlarning ishonchliligi va matematik jihatdan to’g’riligini isbotlash maqsadida tadqiqotchilar Styudentning t – mezonini qo’llaydilar. Bunday yondashuv olimning mehnati asoslangan, ma’lumotlari ishonchli ekanligini tasdiqlaydi.


Download 154,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish