9-2 BIO S-19 guruh talabasi Mamadaliyeva Malikaning "Zoogeografiya fanidan" mustaqil ish uchun yozgan Taqdimoti Buxoro 2021 MAVZU: ZOOGEOGRAFIYADA FAUNA TUSHUNCHASI. FAUNA TARKIBI Rеja: 1.Fauna haqida tushuncha 3.Fauna tarkibi Fauna tushunchasi Fauna (lot. fauna — oʻrmon va dalalar xudosi, rim mifologiyasida hayvonlar podasi qomiysi) — muayyan hududda yoki akvatoriyada yashovchi xayvon turlari majmui. F. hayvonlarning turli guruhidan tashkil topgan boʻlib, biror xudud faunistik kompleksining tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga keladi. Tundra, tayga, oʻrmon, dasht, yarim choʻl, choʻl, pantropik va boshqa faunistik komplekslar bor. Muayyan F.ni tashkil etgan faunistik komplekslar miqdori turlicha boʻlishi mumkin. Har bir hududning oʻz avtoxtonlari va immigrantlari bor. F. tarkibini oʻrganish natijasida undagi turlar boyligi aniqlanadi. Shunga koʻra, butun Yer shari yoki uning ayrim hududlari faunistik rnlashtiriladi. Fanda F. turli sistematik kategoriyalardagi (mas, biror hududdagi qushlar F.si, qoʻngʻizlar F.si va h.k.), maʼlum davrga oid (mas, miotsen davri F.si va boshqalar) yoki maʼlum geologik qatlamga mansub hayvonlarni ifodalash uchun "F." terminidan foydalaniladi. Hayvonot dunyosining sistematik tarkibi toʻgʻrisidagi yirik asarlar ham "F." deb ataladi (mas, Oʻzbekiston F.si va boshqalar). Faunani geografik tahlil qilish uning tarkibiga kiruvchi turlarni tarqalish tipini belgilab beradi. Ammo bu ma`lumotlar faunani o`rganish uchun kamlik qiladi. Turlarni kelib chiqish ehtimoli, tur qanday qilib fauna tarkibiga kirganligini ham aniqlash kerak. Bu savolga faunaning tarixiy (genetik) tahlil qilish orqali javob olish mumkun. Buning uchun tur arealinigina emas, guruh arealini ham o`rganish lozim. Arealni o`rganish chogida quyidagicha savollar tug`iladi. Fauna
Faunani o`rganish va taqqoslash asosida muhim zoogeografik xulosalar chiqariladi. Faunaning eng muhim xususiyatlaridan biri uning qo`shni hududlar faunasi va uzoqda joylashgan faunalar bilan aloqasidir. Faunaning o`ziga xosligi ham muhim belgidir shuningdek endemik tur va urug`lar miqdori ham faunani belgisi hisoblanadi. Fauna tarkibida endemik turkum va oilalarni bo`lishi uzoq vaqt davomida izolyatsiya -alohidalashgan holda rivojlanish bo`lganligini bildiradi. Faunadagi endemik turlar va endemik kenja turlarni bo`lishi faunaning nisbatan yosh ekanligi uning boshqa faunalar bilan alohida bo`lishini bildiradi.
Fauna
Avstraliya oblasti faunasi qadimiy va o`ziga hos fauna hisoblanadi. Bu yerda sutemizuvchilarni 8 ta endemik oilasi (xaltalilar) va qushlarning 3 ta endemik oilasi, umurtqali hayvonlarni ko`pchilik endemik urug`lariga mansub hayvonlar yashaydi. Shuningdek, Neotropika oblasti faunasi ham o`ziga xos hisoblanadi. Janubiy Amerika hududida sutemizuvchilarni 12 ta, qushlarni 26 ta endemik oilasi, reptiliya, amfibiya va hasharotlarni juda ko`p endemik urug`lariga kiruvchi turlari hayot kechiradi. Golarktika faunustik olamida umurtqali hayvonlarni bir necha endemik oilasiga mansub turlari bor.
Fauna Fauna
Do'stlaringiz bilan baham: |