9. 1-mavzu: Soliq majburiyatini bajarish Reja



Download 131 Kb.
bet2/5
Sana18.01.2022
Hajmi131 Kb.
#386058
1   2   3   4   5
Bog'liq
9.1- soliq majburiyati slayd

Tayanch so’z va iboralar: Soliq solish maqsadlarida hisobga olish va hisob hujjatlari, Soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi, Soliq hisobotiga o’zgartirishlar kiritish tartibi, Soliq hisobotini saqlash muddati












Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati (SK 86-modda.)

Soliq to‘lovchi o‘zining soliq majburiyatini mustaqil ravishda bajaradi.

Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. O‘zga shaxs o‘zi tomonidan soliq to‘lovchi uchun to‘langan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas.

Soliq majburiyati soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda bajarilishi kerak.

Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi.

Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat 24 qadar bajarilishi kerak.

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli.


Soliq majburiyatini bajarish muddati Soliq kodeksining 97 — 102-moddalarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.

Soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini to‘lash to‘g‘risida talabnoma yuborilishi uchun asos bo‘ladi.

Soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq organlari ushbu majburiyatning majburiy tartibda bajarilishi yuzasidan Soliq kodeksining 15-bobida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishi va (yoki) uning bajarilishini ta’minlashga doir Soliq kodeksining 13-bobida nazarda tutilgan choralarni qo‘llashi shart.





















Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini o‘tkazishga, tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuborishga yoki soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan muddat soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati hisoblanadi.

Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati, natijalariga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi.

Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bog‘liq bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir bo‘lgan paytdan e’tiboran besh yilni tashkil etadi.

Soliq kodeksi 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda da’vo qilish muddati soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan soliq stavkasi, to‘lanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qo‘llanilishi va (yoki) soliqni to‘lash muddati o‘zgarishi bilan bog‘liq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi.

Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatining o‘tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib turiladi, uziladi va qayta tiklanadi.










pul mablag‘larini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘idan budjet tizimiga tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘iga o‘tkazishga doir topshiriqnoma bankka taqdim etilgan paytdan e’tiboran – soliq to‘lovchining hisobvarag‘ida to‘lov kunida yetarlicha pul qoldig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda;



bankda hisobvaraq ochmasdan tegishli g‘aznachilik hisobvarag‘iga budjet tizimiga o‘tkazish uchun bank kassasiga naqd pul mablag‘lari topshirilgan paytdan e’tiboran. Bunday qoida soliqni to‘lash uchun pul mablag‘lari yetarlicha bo‘lgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar tomonidan soliqni to‘lashda qo‘llaniladi;


bank yoki aloqa bo‘limiga budjet tizimiga o‘tkazish uchun naqd pul mablag‘lari kiritilgan kundan e’tiboran. Bunday qoida soliqni to‘lash uchun pul mablag‘lari yetarlicha bo‘lgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar tomonidan soliqni to‘lashda qo‘llaniladi;



g‘aznachilikda shaxsiy hisobvarag‘i ochilgan yuridik shaxsning shaxsiy hisobvarag‘ida tegishli pul mablag‘larini budjet tizimiga o‘tkazishga doir operatsiya aks ettirilgan paytdan e’tiboran;




ortiqcha to‘langan summalarni yoki ortiqcha undirilgan soliqlar, penyalar, jarimalar summalarini tegishli soliq turi bo‘yicha majburiyatning bajarilishi hisobiga hisobga olish to‘g‘risida soliq organi tomonidan qaror chiqarilgan kundan e’tiboran;



soliqni hisoblab chiqarish va soliq to‘lovchining pul mablag‘laridan ushlab qolishga doir majburiyat Soliq kodeksiga muvofiq soliq agentiga yuklatilgan bo‘lsa, soliq summalari soliq agenti tomonidan ushlab qolingan kundan e’tiboran.


Download 131 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish