Ishning tuzilishi kirish, 2 ta asosiy bob, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.
I BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING YOZMA NUTQINI RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI
1.1. IMLO MASHQLARI VA YOZMA ISHLARDA YOZUVGA
O‗RGATISHNING KREATIV USULLARI
Ma`lumki, kreativ atamasi yunoncha so`z bo`lib, ijodkorlik ma`nosini ifodalaydi. Kreativ yondashuv tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarda maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantirish maqsadida o`tkaziladi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yozma nutqini rivojlantirish hamda xatolar ustida ishlashda o`ziga xos uslub, ijodiy yondashish kreativlik vujudga keltiradi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yozma nutqini rivojlantirish savod o‗rgatish davrida yozuvga o‗rgatish bilan boshlanadi. Umumiy o‘rta ta'limning Davlat ta'lim standarti (DTS) va o‘quv dasturining ―Boshlang‘ich ta'lim‖ yo‘nalishi talabiga ko‘ra, 1 - 4-sinflarda husnixat mashg‘ulotlari o‘tiladi. Dasturga ko‘ra, 1-sinfda yozuvga o‘rgatish uchun 70 soat ajratilgan, bu sinfda husnixatga o‘rgatish savod o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar husnixatning gigiyenik talablariga rioya qilishlari, harflarni grafik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat-savod o‘rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita ―Yozuv daftarlari‖dagi materiallar asosida o‘rgatiladi. 1-sinfda o‘quv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo‘lib, u bir necha davrlarga bo‘linadi va bir necha vazifalarni o‘z ichiga oladi. Bolalar o‘qituvchining so‘zini tinglaydilar, ayrim matnlarni ko‘chirib yozadilar, so‘z va bo‘g‘inlarni tahlil qiladilar. O‘quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozuvga qiziqish va muhabbat uyg‘otish uchun, birinchi navbatda, o‘qituvchining o‘zi chiroyli yozishi lozim, bu sohada o‘quvchilarning taqlidchanligini unutmaslik lozim. Savod o‗rgatish jarayonida o‗quvchilar o‗qishga o‗rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o‗quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim: analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq, o‗qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o‗qishga o‗rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya‘ni o‗qish darsida
9
o‗quvchilar harfni o‗zlashtiradilar, matnni o‗qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so‗zni yozadilar.
1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to‗g‗ri tutish, turli qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va hokazo.
Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti va usti ilmoqli elementlar chizish.
Bosh va kichik harflarni alohida yozish.
Harf birikmalarini, bo‗g‗inni yozish, harflarni to‗g‗ri yozish malakasini hosil
qilish uchun so‗z yozish.
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish. Dastur talablari bo‗yicha 1-sinf o‗quvchilari «Alifbe» kitobiga ilova tariqasida chiqarilgan «Yozuv daftari»dan foydalanishlari lozim. «Yozuv daftari» sifatli qog‗ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko‗rinib turadigan bo‗lishi lozim. Daftardagi qiya chiziqlar oralig‗i
Do'stlaringiz bilan baham: |