9 – mavzu: O’qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati. Reja: 1



Download 333,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.04.2022
Hajmi333,56 Kb.
#561152
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 - mavzu

 “Ta’limning 
yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. 
O‘zining qadr qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq 
maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”.
(“Tarixiy 


xotirasiz kelajak yo‘q” “Muloqot” jurnali, 1998 yil, 5-son). O‘qituvchining vazifasi va 
burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, 
demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya 
mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini 
anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning sub’ekti sifatida 
e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan 
o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini 
tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni 
samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil 
qildirish o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. 
O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan o‘qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid 
qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida 
o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar 
o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar 
bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z-o‘zini 
tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim 
usulidir. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam 
olishda, jamoat ishlarida, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu 
usullar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi. 
O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash 
metodlaridan foydalanishi mumkin: 
- o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qilish; 
- o‘z-o‘zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida); 
- izohlash (o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi); 
- munozara (o‘quvchilarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og‘zaki 
ta’sir o‘tkazish);
Ixtiyoriylik.
Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini 
qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani 
yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil 
fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik 
ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi 
garovidir. Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini 
ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imkoniyatlar yaratilgan, 
ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon
bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga 
xizmat qiluvchi ichki va tashqi sub’ektiv va ob’ektiv omillar ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi 
sub’ektiv omillar asosida o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy 
munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv omillar esa shaxsning hayot 
kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. 
Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli ob’ektiv sharoitlar bilan qanchalik 
mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi 
muvaffaqiyatga erishadi. O‘qituvchi tarbiya jarayonining ko‘p qirraliligini, uni tashkil etish 
va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik 
xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim 
ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak. 


Tarbiyaning uzluksizligi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq muddat davom 
etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy 
sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr 
talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat 
qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan 
tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida 
insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada 
muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri tarbiya 
berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu 
— o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. 
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-
birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb 
etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan 
tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim. 
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyati yetakchi o‘rin egallasa 
ham, o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim 
muassasalarida ma’lum muddatgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida 
bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har xil 
tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida 
o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim 
muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va 
maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular 
o‘qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.
Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja 
tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’minlashning asosiy yo‘lidir. 
O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi – ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy 
ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» g‘oyalariga tayanadi. Uning mazmunini o‘quvchilarni o‘qishga, ilmga ijobiy 
munosabatni tarbiyalash egallashi kerak.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. O‘qituvchi 
o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o‘quvchilar mexnatining mashaqqati, 
charchoq va hordiq haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-
onalar bilan ishlash bo‘limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar 
beriladi. Mohir o‘qituvchi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. Tarbiyaviy ish 
amaliyotida xulq me’yorlaridan chetga chiqqan o‘quvchilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi 
«qiyin» o‘quvchilar. Ular bilan tarbiyaviy faoliyat olib borish – bu alohida e’tiborni, sabr-
toqat va mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi bunday 
o‘quvchilarni pedagogikjihatdan o‘rganish dasturini tuzishda quyidagi jihatlarga e’tibor 
berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqishi; oilada umumiy rivojlanish darajasi; 
axloqan tarbiyalanganlik darajasi. Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 
tarbiyaviy ishlar rejasi tayyorlanadi: 
1. O‘quvchi olamining hayotiy yo‘nalishlarini diqqat bilan o‘rganish. 
2. Xarakteri va xulqidagi og‘ishganlik sabablarini o‘rganish. 
3. Ijobiy yo‘nalishga, o‘zgarishga ta’sir etuvchi hayotiy ko‘rinishlarni
tanlash. 


4. Muloqotni o‘smirning «psixologik hudud»idan izlash. 
5. O‘quvchilar xulqida namoyon bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar ustidan
doimiy nazorat o‘rnatish. 
Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar xulqida, ularning 
o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. 
Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon 
tarbiya natijalarini o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab 
bo‘lmaydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan 
baholanadi. 
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda
vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng 
ko‘lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har 
bir o‘quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, 
qiziqarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. 
Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir 
tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.

Document Outline

  • Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari

Download 333,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish