9- ma’ruza. Mоdda va matеriallarning yonish-p


Yo’riqnoma o’tkazuvchining F. I. SH



Download 2,01 Mb.
bet26/55
Sana25.06.2022
Hajmi2,01 Mb.
#704734
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
9-MARUZA. MОDDA VA MATЕRIALLARNING YONISH-PОRTLASH ХAVFI TAVSIFI.

Yo’riqnoma o’tkazuvchining F. I. SH.

Imzolar:

ma i o ih й О
ri ul
О °

ai ma ihc
гП ^
CT1 N
ri a ot >H о

1

2

3

4

5

6

7
























Yong’in xavfsizligining kirish yo’riqnomasini o’tmagan shaxslar, ishga qo’yilmaydilar.
Ish joyidagi birlamchi yong’inga qarshi yo’riqnoma korxonaga (tashkilotga) barcha ishga qabul qilinganlar, bir bo’linmadan boshqasiga o’tkazilganlar, xizmat safari bilan kelganlar, ishlab chiqarish ta’limiga yoki amaliyotga kelgan o’quvchilar va talabalar bilan, o’zi uchun yangi bo’lgan ishlarni bajarayotgan xodimlar, shuningdek, ishlab turgan korxonaning hududida qurilish-montaj ishlarini bajarayotgan quruvchilar bilan o’tkaziladi.
Ishga kirganlar, ish joyida birlamchi yong’inga qarshi yo’riqnoma o’tish jarayonida quyidagilar bilan tanishgan bo’lishlari kerak:

  • korxonada o’rnatilgan yong’inga qarshi rejimning amaldagi yo’riqnomalari va umumiy qoidalari bilan;

  • alohida ehtiyotkorlik (chekish, ochiq olovning qo’llanilishi va sh.k. taqiqlangan) choralari zarur bo’lgan, yong’inga eng xavfli, ishlab chiqarish uchastkalari va joylari bilan;

  • ishchi xodimlarning ob’yektdagi yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha majburiyatlari bilan;

  • yong’in yoki yonish sodir bo’lganda birlamchi yong’in o’chirish, aloqa vositalari, ishlash tartibi bilan;

  • ishchi va xizmatchilarning yong’inga qarshi rejimni va yong’in xavfsizligi qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi bilan.

Barcha ishchilar, ish joyida boshlang’ich yo’riqnoma va bilimlari tekshiruvdan o’tgandan keyin, birinchi 2-5 smena davomida (stajiga, tajribasiga va ishning xarakteriga bog’liq holda) usta yoki brigadirning kuzatuvi ostida ishlaydilar, shundan keyin mustaqil ishlashga ruxsat rasmiylashtiriladi.
Mustaqil ishlashga ruxsatnoma sana va yo’riqnoma o’tkazuvchining imzosi bilan qayd qilinadi. Ish joyida yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomani qayd qilish jurnalini rasmiylashtirish, sexning (bo’limning) muhandis-texnik xodimlari tarkibidan, mas’ul shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Bu jurnalni ko’ngilli yong’in o’chirish drujinasi (DPD) boshlig’i yuritishi mumkin. Jurnalning ko’rinishi quyida keltirilgan.
Boshlang’ich, qayta va rejadan tashqari yong’inga qarshi yo’riqnomalarni
ro’yxatga olish DAFTARI

эТ/r

Yo’riqnomaning sanasi

Yo’riqnoma
oluvchining
F.I.SH.

Yo’riqnoma
mavzusi

Yo’riqnoma oluvchining kasbi yoki mansabi

Yo’riqnoma
o’tkazuvchining
lavozimi,
F.I.SH.

- i- i
q a h s й ^ eg ^

1

2

3

4

5

6

7













































Sexda (bo’limda) yong’in xavfsizligi masalalari bo’yicha bilimlar saviyasini tekshirish va oshirish maqsadida har olti oydan keyin barcha xodimlar takroriy yo’riqnoma o’tadilar. U individual ravishda yoki bir xil kasbli xodimlarga guruhlab o’tkazilishi mumkin
Yong’in xavfsizligi bo’yicha takroriy yo’riqnoma muhandis texnik xodimlar tarkibidan rahbar tomonidan o’tkaziladi. Yo’riqnoma o’tkazilganligi to’g’risida ma’lumotlar, yo’riqnomalarni ro’yxatga olish daftariga kiritilishi kerak.
Rejadan tashqari yo’riqnoma, tarkibi bosh muhandis tomonidan IIV yong’in xavfsizligi bo’linmasi boshlig’i bilan birgalikda belgilanadigan, alohida xodimlar bilan qo’yidagi hollarda o’tkaziladi:

  • texnologik jarayonning sxemasi yoki rejimi o’zgarganda, bir turdagi uskunaning yoki materiallarning boshqasiga almashtirilganida;

  • ishlarni xavfsiz bajarish bo’yicha yangi yoki qayta ishlangan yo’riqnomalarni amalga kiritishda;

  • ishchi xodimlar tomonidan xavfsizlik texnikasi yoki yong’in xavfsizligi qoidalari buzilishida, korxonada yoki sexda ro’y bergan avariya yoki yong’indan (yonishdan) keyin;

  • shu korxonaga o’xshash ishlab chiqarishlarda ro’y bergan avariya yoki yong’in haqida axborot materiallari kelganda;

  • nazorat qiluvchi organlar yoki yuqori tashkilot talabi bo’yicha. Rejadan tashqari yo’riqnoma bevosita rahbar (muhandis-texnik xodimlar tarkibidan bo’lgan) tomonidan o’tkaziladi.

Rejadan tashqari yo’riqnomaning hajmi va mazmuni, har bir aniq holda, uni o’tkazishning zarurligini keltirib chiqargan sabablar va holatlarga bog’liq ravishda belgilanadi. Rejadan tashqari yo’riqnomani daftarga qayd qilishda, uni o’tkazishni keltirib chiqargan sababi ko’rsatiladi.
Joriy yo’riqnomadan yozma ruxsat bo’yicha bajariladigan ishlarni (gazdan xavfli, payvandlash va boshqa olovli ishlarni va h.k.) o’tkazish uchun yo’llangan xodimlar o’tadilar. Uning maqsadi - xodimlarni topshirilgan ishni bajarishda rioya qilinishi zarur bo’lgan yong’in xavfsizligi choralari bilan tanishtirish. Joriy yo’riqnoma ishlarni bajarish uchun mas’ul tomonidan, ularni boshlashdan oldin o’tkaziladi va payvandlash va boshqa olovli ishlarni o’tkazishga ruxsatnomada qayd qilinadi.
Yong’in-texnik minimumi
Yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlar yong’in va portlash xavfi yuqori bo’lgan sexlarda va uchastkalarda ishga jalb etilgan ishchi va xizmatchilar bilan o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotlar yiliga kamida bir marta, 8-14 soat hajmida, o’tkaziladi.
Yong’in-texnik minimumi bo’yicha mashg’ulotlarni yong’in xavfsizligi xizmatining yuqori tayyorgarlikka ega xodimlari korxona (tashkilot) muhandis- texnik xodimlarini jalb qilgan holda o’tkazadilar. Yong’in-texnik minimumi dasturlari korxonada (tashkilotda) ishlab chiqiladi.
Yong’in -texnik minimumi dasturiga quyidagi mavzularni kiritish maqsadga muvofiq:
Ob’yektdagi yong’in xavfsizligi choralari. Ishlab chiqarishning qisqacha tavsifi va texnologik jarayonning yong’inga xavfi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, oraliq va yordamchi mahsulotlarning, tayyor mahsulotning yong’inga xavfli xususiyatlari. Yong’inlar sabablari (yondirish manbalari): uchqun, ochiq olov, chekish, elektr jihozining nosozligini, asboblardan va elektr isitish priborlaridan foydalanish qoidalarini buzish, amaldagi yo’riqnomalar, texnologik reglamentlar me’yorlarini va h.k. buzish. Yong’inni ogohlantirish (oldini olish) choralari.
Korxona hududlarini, shu jumladan yo’llar, yong’inga qarshi oraliqlar, binolar, inshootlar, suv manbalariga kirib borish yo’llarini tutish. Kuchlanishli va yoritish elektr uskunalariga, shamollatish tizimlariga, isitish qurilmalariga umumiy talablar.
Yong’in xavfsizligi masalalari bo’yicha qonun, yo’riqnomalar va buyruqlar. Yong’inga qarshi qoidalarning va ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining buzilishlarini ko’rganda ishchi va xizmatchilarning harakatlari. Ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalarining tashkil qilinishi va ishlash tartibi. Ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari a’zolari uchun belgilangan imtiyoz va rag’batlantirishlar. Umumzavod va sexlarning yong’in- texnik komissiyalari, ularning xizmat vazifasi va ish yo’nalishlari. Korxonaning yong’in xavfsizligini mustahkamlashda jamoat tashkilotlarning roli.
Ish joylarida yong’in xavfsizligi choralari. Sexda (laboratoriya, ustaxona) o’rnatilgan agregat va qurilmalarning yong’in xavfsizligi tavsiflari. Ishlab chiqarishda qo’llaniladigan moddalarning va apparatlarning ish rejimlarining yong’in xavfi xususiyatlari. Portlash xavfiga ega changlar. Yo’riqnoma olayotgan shaxsning sexda va ish joyida yong’inga qarshi tartib. Me’yoridagi ekspluatatsiya sharoitida yong’inga-portlashga xavfli aralashmalar hosil bo’lishi mumkin bo’lgan apparatlar, sig’imlar va rezervuarlar. Apparatlarda, quvur o’tkazgichlarda (bosim, harorat, suyuqlik sathining, dinamik ta’sirlarning, korroziyaning va h.k.) zichsizliklar, shikastlanishlar va avariyalarning hosil bo’lish xarakterli sabablari. Chegaraviy ish rejimini belgilovchi nazorat-o’lchash qurilmalari. Apparatlarni to’xtatishga va ekspluatatsiya qilish uchun ishga tushirishga tayyorlash qoidalari. Maxsus himoya qurilmalarini - olov to’sqichlar, gidravlik zatvorlar, apparatlarni yonmaydigan gazlar va ingibitorlar bilan himoyalash tizimi, havo muhiti xavfsizligini nazorat qilish uchun avtomatik gaz tahlil qiluvchilar, avariyali shamollatgichlar, suyuqliklarni avariya holatlarida to’kib yuborish va gazlarni chiqarib yuborish tizimining xizmat vazifasi va ekspluatatsiya qilish qoidalari. Yong’in xavfi paydo bo’lganda xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning harakatlari - apparatlarni o’chirish va to’xtatish, elektr kuchlanishni tushirish ketma-ketligi va tartibi, liniyalarda surma klapanlarni o’zgartirish tartibi va ketma-ketligi. Apparat va quvur o’tkazgichlar materialini korroziyadan himoya qilish. Gidravlik zarblardan va harorat kuchlanishlaridan himoya qilish. Qurilmalarda bo’lishi mumkin bo’lgan yondirish manbalari: ochiq olov manbalari bo’lgan apparatlar;
ishlab chiqarish sharoitlarida o’z-o’zidan yonib ketish haroratidan yuqori qizdirilgan mahsulotlar; apparatlar va quvurlarning yuqori qizdirilgan yuzlari; artish matolarining, ishchi kiyim, pirofor birikmalar va qatlamlarning, peroksid va boshqa kuchli oksidlovchi moddalarning o’z-o’zidan yonib ketishlari; qattiq jismlarning urilishida uchqunlar; elektr uskunalarining nosozligida va shikastlanishida uchqunlar va elektr yoylar, statik elektrning elektrsizlanishi. Olovli ta’mirlash ishlarini bajarishdagi xavf. Yondirish manbalarining xavfli ta’siridan yoki uning paydo bo’lishidan himoya choralari. Sexning statsionar yong’in o’chirish vositalarini va apparatlarining qizib ketishidan himoya tizimining tuzilishi va ishga tushirish qoidalari. Sex bo’limining ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari (jangovar hisob) ishlashi va mashqlari tartibi.
Yong’in haqida xabar berish qoidasi. Ob’yektda va sexda mavjud bo’lgan aloqa va signalizatsiya vositalari (avtomatik va qo’l bilan harakatga keltiriladigan). Yong’in haqida xabar beruvchi avtomatik tizimlar. Issiqlik, yorug’lik va tutundan harakatga keluvchi xabarlovchilar (moslamalar). Telefon aloqasi apparatlarining, elektrik yong’in signalizatsiyasi xabarlovchilarining, yong’in xavfi haqida tovushli signallarini berish uchun moslamalarning eng yaqin joylashgan joyi. Ushbu vositalardan yong’in sodir bo’lganda foydalanish qoidalari, yong’in haqida telefon orqali xabar berish tartibi.
Yong’inga qarshi uskunalar, ashyo va anjomlar.
Ularni saqlash va yong’inda foydalanish. Ob’yektda mavjud bo’lgan yong’in o’chirish vositalari, yong’inga qarshi uskunalar, ashyo va anjomlarning (yong’in o’chirgichlar, ichki yong’in kranlari, suvli bochkalar, qumli qutilar, kigiz, toshpaxtali mato, statsionar yong’in o’chirish qurilmalari) nomlari, xizmat vazifasi va joylashgan o’rni.
Sprinkler va drencher yong’in o’chirish qurilmalari, yong’in signalizatsiyasi to’g’risida umumiy tushunchalar. Yong’in o’chirish maxsus qurilmalari (karbonat kislotali, ko’pikli va boshqalar). Ob’yektda mavjud bo’lgan yong’in o’chirish vositalarini yozgi va qishki sharoitlarda saqlashning o’ziga xos xususiyatlari. Yong’in o’chirishda yong’inga qarshi asbob-uskunalar, yong’in o’chirgich vositalaridan foydalanish qoidalari. Olov o’chirish vositalaridan, yong’inga qarshi ashyo va anjomlardan va yong’in o’chirish uchun uskunalardan foydalanish qoidalari.
Yong’inda ishlash tartibi. Ob’yekt hududida yoki binoda tutun, yonish yoki yong’inni ko’rganda MTX, ishchi va xizmatchilarning ishlash tartibi. Yong’in haqida yong’in xavfsizligi xodimlariga, gazdan qutqarish va boshqa avariya xizmatlariga xabar berish tartibi. Yong’in o’chirish bo’linmalari va ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalarini kutib olishni tashkillashtirish. Zarur bo’lganda, texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatgichlarni o’chirib qo’yish. Yong’inni, ob’yektda mavjud bo’lgan yong’in o’chirish vositalari bilan o’chirish; statsionar yong’in o’chirish qurilmalarini ishga tushirish tartibi. Odamlar va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish. Jangovar hisob ro’yxati bo’yicha sex bo’limidagi ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari a’zolarining majburiyatlari. Yong’in o’chirish bo’linmalari kelgandan keyin ishchi va xizmatchilarning ish tartibi (yong’inni o’chirish rahbarining farmoyishi bo’yicha, yong’in o’chirish yenglari liniyalarini tortishda yordam ko’rsatish, moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish va boshqa ishlarni bajarish).
O’qiyotganlarning ixtisoslashtirilishini hisobga olib, yong’in-texnik minimumi 2-mavzusining mazmunini o’zgartirish maqsadga muvofiqdir. Yong’in- texnika minimumi mavzularini o’rganishda, ob’yektda yong’inlarning eng katta o’ziga xos holatlari haqida aytib berish maqsadga muvofiqdir. Materialni yaxshi o’zlashtirib olish uchun o’quv eksponatlaridan, fotosuratlardan va plakatlardan, maketlardan yoki ishlab chiqarish qurilmalarining alohida yong’inga xavfli tugunlaridan imkoni boricha keng foydalanish kerak. Ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari a’zolarining huquq va majburiyatlarini batafsil tushuntirish, shuningdek, ishchilar va xizmatchilar bilan, ularning majburiyatlarini jangovar hisoblar ro’yxati bo’yicha o’rganish kerak.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish