9- amaliy mashg‘ulot Gidrodinamik transformatorning asosiy parametrlarini aniqlash



Download 43,08 Kb.
bet1/2
Sana07.12.2022
Hajmi43,08 Kb.
#880292
  1   2
Bog'liq
9-amaliy mashg\'ulot


9- amaliy mashg‘ulot
Gidrodinamik transformatorning asosiy parametrlarini aniqlash


9.1-rasm. Gidrodinamik transformatorning sxemasi: 1-nasos g’ildiragi; 2-yetaklovchi val; 3-trubina g’ildiragi; 4-yetaklanuvchi val; 5-reaktor; 6-korpus
Nasos g‘ildiragi 1 yetaklovchi val 2 ga qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan.
Burovchi momentni kattaligi bo‘yicha, ayrim xollarda qiymati bo‘yicha o‘zgartirib beradigan gidrouzatma gidrotransformator deb ataladi.
Gidrotransformatorlar konstruksiyasining juda ko‘p turlari mavjud: ishchi g‘ildiraklarning shakli bo‘yicha, turbina g‘ildiraklarining pog‘onalarining soni, ishchi bo‘shliqlarning soni bo‘yicha farqlanadigan. Konstruksiyasining turidan qat’iy nazar xar bir gidrotransformator gidromuftaning barcha xususiyatlariga ega bo‘ladi va xar ikki mashina rejimida ishlay oladi.
Oddiy transformator bir pog‘onali turbina 2, reaktor 3 va nasos g‘ildiragi 1 dan tashkil topadi (1 – rasm). Bunday gidrotransformator uch g‘ildirakli deb ataladi. Bunday gidrotransformator sxemasi 2 – rasmda keltirilgan. Gidrotransformator yetaklovchi vali 2 bilan nasos g‘ildiragi 1, turbina g‘ildiragi 3 esa yetaklanuvchi val 4 bilan qattiq bog‘langan. Reaktor 5 gidrortransformator korpusi 6 ga qotirilgan va qo‘zgolmas bo‘ladi. Ishchi suyuqlikning aylanish yo‘nalishini xisobga olgan xolda reaktor nasosdan so‘ng yoki oldin o‘rnatilishi mumkin.
Gidrortransformatorning aylanish doirasidagi suyuqlik oqimi gidromuftadagi qonunlarga bo‘ysunadi. Reaktor kuraklarining suyuqlik oqmiga qo‘shimcha ta’siri natijasida gidrotransformatorda momentning o‘zgarishi xosil bo‘ladi. Gidrotransformator konstruksiyasidan kelib chiqib, nasos g‘ildiragidan kelayotgan suyuqlik oqimining yo‘nalishini yoki tezligini o‘zgartirishi mumkin. Bu turbina g‘ildiragi kuraklariga tushadigan suyuqlik bosimini o‘zgartiradi va o‘z navbatida gidrotransformatordan uzatiladigan moment xam o‘zgaradi. Reaktorda xosil bo‘ladigan moment gidrotransformatorning qo‘zg‘olmas korpusiga uzatiladi. Agar reaktorni erkin aylanadigan qilinsa, gidrotransformator gidromuftaga aylanadi. Bu xolda odatda reaktor korpusga erkin yo‘l muftasi bilan tutashtiriladi.
Gidrotransformator chiquvchi validagi quvvat:

Gidrotransformator chiquvchi validagi burovchi moment:

Gidrotransformator ishchi g‘ildiraklarda shakllangan xarakat yuzaga kelgandagi moment balansi quyidagiga teng bo‘ladi:

yoki


bu yerda MT – turbina g‘ildiragidagi burovchi moment
MN – nasos g‘ildiragigidagi burovchi moment
MR – reaktordagi burovchi moment.
Gidrotransformatorning berilgan ish rejimida unga qo‘yilgan burovchi momentni o‘zgartirishi transformatsiya koeffitsienti bilan xarakterlanadi:

Kc koeffitsientining maksimal qiymati gidrotransformator turiga bog‘lik bo‘lib 2 – 5 oralig‘ida bo‘ladi. Bundan kelib chiqqan xolda, gidrotransformator yetaklanuvchi valdagi MT momentni MN momentga nisbatan kuchaytirib borib, o‘zi dvigatelni yuklaydi va reduktor funksiyasini bajaradi. Gidrotransformatorning foydali ish koeffitsienti:

Gidrotransformator xarakteristikalari gidromufta xarakteristikalari kabi bo‘lib, momentlar bog‘liqligi va FIK nasos g‘ildiragining aylanishlar chastotasining doimiy qiymatidagi bog‘liqligidan iborat bo‘ladi. Gidrotransformator xarakteristikasidan (3 – rasm) ikkita aloxida maydonni ajratib olish mumkin: a – maydonida MT˃MN (kc ˃ 1) va MR musbat qiymatga ega. MT pasaya boshlanganda nT chastota ko‘tariladi va reaktor ta’siri pasayadi. a maydon chegarasida reaktor oqimga ta’sir o‘tkazmaydi, shuning uchun MR=0 va kc=1. b maydonda gidrotransformator uzatayotgan moment qiymati kamayadi (kc˂1). MT ning juda kichik qiymatlarida gidrotransformator tezlashtiruvchi uzatma sifatida ishlashi mumkin.
Ijobiy xarakteristikalariga qaramay, gidrotransformatorlar transport vositalarida keng qo‘llanmayapti. Gidrotransformatorlarnig asosiy kamchiliklari xarakteristikalarining qattiq emasligi, kattagabarit o‘lchamlari va transformatsiyaning katta qiymatldaridagi FIK kichikligi.
Gidrotransformatorni loyixalash juda katta qiyinchiliklarga ega, shuning uchun ko‘p xollarda ularni loyixalamaydilar, balki ma’lum bo‘lganlari ichidan ko‘rsatkichlari yain keladiganini topib, tajriba yo‘li bilan xarakteristikalarini kerakli tomonga o‘zgartiradilar. Iqtisod tamoillaridan kelib chiqqan xolda, gidrotransformatorni qayta ishlash (takomillashtirish) kichiklashtirilgan modellarda amalga oshiriladi.
Gidrotransformatorning tajriba modelini ekspluatatsiya sharoitlarida qayta ishlangandan so‘ng, uni dvigatelga moslash va tanlash razmerlarini qaytadan xisoblash yo‘li bilan tanlanadi.
Buning uchun (9.1) va (9.2) formulalarini qo‘llab ulardan quyidagini topamiz:
(9.3)
(9.4)
Masalan, =500 mm bo‘lgan gidrotransformator quvvati 50kVt, aylanishlar soni 1000 ayl/min bo‘lgan dvigatel bilan birgalikda ishlaydi. Quvvati 75 kVt va aylanishlar soni 1500 ayl/min bo‘lgan dvigatel bilan birga ishlaydigan gidrotransformator diametrini aniqlang.
(9.4) tenglamadan quyidagilarni olamiz:

Yangi transformatorning barcha o‘lchamlari yangi gidrotransformatorning o‘lchamlarini model transformator diametri D ga moslab o‘xshashlik koeffitsientini qo‘llab xisoblab chiqiladi.
Agar dvigatel v a gidrotransformator o‘rtasida reduktor o‘rnatilishi talabetilsp, dvigatelga keltirilgan g‘ildirak momenti quyidagiga teng bo‘ladi:

bu yerda – reduktorning uzatishlar soni.


Download 43,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish