10-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon!" shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi. Barcha oʻquvchilar va oʻqituvchilar birgalikda madhiyani kuyladilar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Babanov tomonidan 10-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi bilan muborakbod etildi hamda Vatanimiz madhiyasining yaratilish tarixi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi Qonuni boʻyicha ma’lumotlar berildi. Davlatimiz madhiyasi ijro etilgan tasvirlar namoyish etildi.
Barcha sinflarda birinchi darslar Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari: B.Babanov
Do'stlaringiz bilan baham: |