8-SINF “TARIX “ FANIDAN III CHORAK UCHUN ICHKI MONITORING TEST
1. Buxoro amirligida amirdan keyingi ikkinchi shaxs qaysi lavozim egasi edi?
A) Qo'shbegi B) Devonbegi
C) Otaliq D) Mehtar
2. Amirlikda ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan qaysi lavozim oldingi mavqeyini yo‘qotdi?
A) Qo'shbegi B) Devonbegi
C) Otaliq D) Mehtar
3. Mangi`t amirlari davrida Buxoro amiri saroyida xizmat qiluvchi nechta amaldorlik lavozimi joriy etildi va shulardan nechtasi yuqori davlat lavozimlari sanalgan?
A) 100 ga yaqin, 30 ga yaqini
B) 300 ga yaqin, 30 ga yaqini
C) 200 ga yaqin, 30 ga yaqini
D) 400 ga yaqin, 40 ga yaqini
4. Buxoro amirligi ma`muriy jihatdan nimalarga bo`lingan?
A) viloyatlarga B) tumalarga
C) viloyat va tumanlarga D) viloyat va bekliklarga
5. Muntazam qo‘shin tuzish ishini qaysi hukmdor boshlab bergan?
A) Amir Shohmurod B) Amir Nasrullo
C) Amir Haydar D) Amir Muzaffar
6. Buxoro amirligida muntazam qo‘shin qanday atalgan?
A) Askariya B) Qora cherik
D) Navkariya D) Qilquyruq
7. Buxoro amirligida urushda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajargani uchun qanday yerlar berilgan?
A) tanho B) suyurg`ol C) mulki hur D) tiyul
8. Mo‘g‘uliston, O’rta Osiyo hamda Eronning XIII asrdagi tarixiga bag’ishlagan asar qaysi?
A) “Tarixi Iskandariy” B) “Tarixi Jahonkushoy”
C) “Fathnomayi sultoniy” D) “Tarixi arba ulus”
9. Elbarsxon qachon Xorazm taxtiga o’tqaziladi?
A) 1512-yil B) 1510-yil C) 1519-yil D) 1514-yil
10. XIX asrda Xiva xonligi hududuni to’g’ri joylashtiring.
1. G‘arbda 2. Janubda 3. Shimolda
a) Atrek daryosi b) Orol dengizi havzasi
c) Kaspiy dengizi
A) 1-a, 2-b, 3-c. B) 1-c, 2-a, 3-b.
C) 1-c, 2-b, 3-a. D) 1-b, 2-c, 3-a.
11. Yaponiyada kimning hukmdorlikdavri «ma`rifatli boshqaruv»nomini oldi?
A)Meyzdi B)Oda Nabunaga C) Toyotomi Xidayosi D)YosmuneTokugava
12. Qachondan boshlab Xitoyda Sin imperiyasining istilochilik qudrati zaiflashdi? A)XVIII asrning boshlaridan B)XVIII asrning o`rtalaridan C) XVIII asrning oxirlaridan D)XIX asrning boshlaridan
13.Qachon Xitoy bandargohlarini tashqi savdo uchun yopiq deb e`lon qildi? A)1756-yil B)1757-yil C)1758-yil D)1759-yil
14. Qachon Hindiston Buyuk Britaniyaning mulki deb e`lon qilindi? A)1856-yilda B)1857-yilda C) 1858-yilda D)1859-yilda
15. LotinAmerikasi davlatlarida mustaqillik uchun kurash qachon boshlangan? A)1805-yil B)1807-yil C)1810-yil D)1812-yil
16.Meksikada ozodlik kurashining qahramonlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang 1.Xose Morelos 2.Simon Bolivar3.Xose SanMartin 4. Migel Idalgo 5.Sukre A)1,3 B)2,4 C)1,4 D)3,5
17.Qachon Migel Idalgo dehqonlarning eng kambag`al tabaqalariga mansub bo`lgan hindular bilan mulatlarni mustaqillik uchun kurashga va o`zlaridan tortib olingan yerlarni qaytarishga chaqirdi? A)1805-yil B)1807-yil C)1810-yil D)1812-yil
18.Migel Idalgo quldorlarga qanday talab qo`ydi?
A)hamma qullarni 10 kunlik muddatda ozod qilib yuborishni B)barcha yerlarni dehqonlarga bo`lib berishni C)qullarni qullikdan ozod qilishva maoshli ish bilan ta`minlashni D)B va C
19.Qachon Meksika mustaqillikka erishdi?
A)1821-yilda B)1824-yilda C)1822-yilda D)1828-yilda
20. AQSH da kimlar qulchilikni bekor qilish uchun kurash olib bordilar? 1.ishchilar 2.ziyolilar 3.fermerlar 4.quldorlar
A)1,2,3 B)1,3,4 C)1,2,3,4 D)1,2,4
JAVOBLAR
A
C
B
C
C
D
A
B
A
B
A
C
B
C
C
C
C
A
A
A
Do'stlaringiz bilan baham: |