37. Quyida berilgan voqealardan bir yilda sodir bo’lganini aniqlang.
A) Subxonqulixon Xivadagi tarafdorlari xizmatidan foydalanib, xonlikni Buxoro xonligi tasarrufiga oldi; Vilgelm III o‘z qo‘shini bilan Londonga kirib keldi va Angliya taxtiga o‘tqazildi.
B) Abulg‘oziy Bahodirxon hokimiyatni o‘g’li Anushaxonga topshirdi; Aleksey Mixaylovichning o‘g’li Pyotr I nomi bilan Rossiya taxtiga o‘tirdi.
C) Muhammad Rahimxon I Marvni Buxorodan qaytarib oldi; Argentina mustaqillikka erishdi.
D) Imomqulixon Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi; Tokugava Iayasu xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi.
38. Quyidagi Buxoro hukmdorlari va ularning hukmronlik davrida Rossiyadan Buxoroga yuborilgan elchilar mos ravishda berilgan javobni toping.
1) Abdullaxon II; 2) Abulfayzxon; 3) Imomqulixon;
a) Ivan Xoxlov; b) Florio Beneveni; c) Antoniy Jenkinson;
d) V. A. Perovskiy.
A) 1-b, 2-c, 3-d B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-d, 3-c D) 1-c, 2-d, 3-a
39. Zahiriddin Muhammad Bobur 1500-yilda qaysi hukmdor qo‘shinlarini mag’lub etib Samarqand taxtini egallagan?
A) Xusravshoh B) Sulton Ali Mirzo
C) Muhammad Shayboniyxon D) Boysung‘ir Mirzo
Do'stlaringiz bilan baham: |