1. S.M.Duxovskoy qaysi yillarda Turkiston general-gubernatori bo’ldi?
1898-1901
2. “Turkiston o’lkasi boshqa o’lkalarga nisbatan tarixiy o’tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e’tibor berilishini talab qiladi” so’zlari kimga tegishli?
Duxovskoy
3. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II qachon “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ni tasdiqlaydi?
1865-yil 6-avgust
4. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ning bandlari xato berilgan javobni toping.
boshqaruv xalq qo’liga o’tadi
5. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra boshqaruv kimlar qo’liga o’tadi?
harbiy zobitlar
6. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so’ng Aleksandr II tasdiqlagan “Turkiston viloyatini idora qilish to’g’risidagi Muvaqqat Nizom”ga ko’ra viloyat bo’limlarga bo’linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o’zida kim hisoblangan?
harbiy komendant
7. “O’lkada eng kichik boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo’lida bo’lgan” so’zlari kimga tegishli?
Palen
8. Qaysi yillarda senator Palen Turkiston o’lkasini podsho topshirig’I bilan taftish qilgan?
1908-1910
9. Mahalliy aholi vakillariga ruslar tomonidan boshqaruvning eng quyi bosqichlaridagi lavozimlar berilgan.Bular qaysilar? 1.volost boshliqlari(mingboshilar) 2.qishloq oqsoqollari 3.ovul boshliqlari 4.qozi 5.biy va ularning yordamchilari 6.yoshulli 7.qishloq oqsoqoli 8.hokim 9.uyezd boshlig’i
1,2,3,4,5
10. Volost boshliqlarini ko’rsating.
mingboshi
11. Rus hukumatining o’lkadagi katta vakolatlarga ega bo’lgan ijrochi organini aniqlang.
general-gubernatorlik devoni
12. Quyidagi xato javobni toping.
uchastkalarni uchastka pristanlari boshqargan
13. Turkistonda rus yuqori organlari nazoratida bo’lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi…..saqlanib qolgan.
boshqaruv organlari va soliq tizimi
14. Rossiya imperiyasining dastlab boshqaruv sohasida katta o’zgarishlar qilmagan sabablarni aniqlang.
A va B
15. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi quyi boshqaruvni saqlab qolishi sabablari xato berilgan javobni ko’rsating.
boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi kadrlarning yetarliligi
16. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida o’troq aholi ….ga birlashtirilgan.
oqsoqoliklarga
17. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida chorvador aholi ….ga birlashtirilgan.
B va C
18. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida tashkil qilingan har bir oqsoqollik ….dan iborat bo’lgan.
100-200 xonadon
19. 1867-yilgi “Nizom” loyihasiga asosida tashkil qilingan har bir ovul ….dan iborat bo’lgan.
100-200 o’tov
20. Rossiya imperiyasining markaziy rayonlaridan O’rta Osiyoga aholi ko’chirib kelib joylashtirildi.Bundan maqsad……….
mahalliy aholini ruslashtirish
21. “Shahar nizomi” qachon va qayerda joriy qilingan?
1877-Toshkent
22. 1877-yilda joriy qilingan “Shahar nizomi”ga ko’ra shahar boshqaruvi…..ga o’tgan.
Duma
23. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
shaharning 80 ming aholisidan 21 ta deputat, 3900 nafari asosan ruslardan iborat aholidan 47 deputat qatnashgan
24. Yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” qachon va qaysi rus imperatori tomonidan tasdiqlandi?
1886-yil 12-iyul-Aleksandr III
25. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ni qabul qilishdan asosiy maqsad……
A va B
26. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Zarafshon okrugi qaysi viloyatga aylantirildi?
Samarqand
27. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Samarqand viloyati tarkibiga kiritilgan uyezdlarni ko’rsating. 1.Xo’jand 2.Jizzax 3.Kattaqo’rg’on 4.Samarqand 5.Andijon 6.Namangan 7.Toshkent
1,2,3,4
28. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Amudaryo bo’limining bir qismi qaysi viloyatga o’tkazildi?
Sirdaryo
29. 1886-yil 12-iyulda Aleksandr III tomonidan qabul qilingan yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq Qurama uyezdi qanday uyezdga aylantirildi?
Toshkent
30. Turkiston general-gubernatorligining umumiy maydoni qancha bo’lgan?
1,7 mln kv.km
31. Turkiston general-gubernatorligining aholisi qancha bo’lgan?
5,2 mln
32. Turkistondagi o’zbeklar va tub aholining 1897-yildagi sonini aniqlang.
5 mln
33. Turkistondagi o’zbeklar va tub aholining 1911-yildagi sonini aniqlang.
6 mln
34. Turkistondagi rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo’shib hisoblaganda 1897-yildagi sonini aniqlang.
197 ming
35. Turkistondagi rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo’shib hisoblaganda 1911-yildagi sonini aniqlang.
400 ming
36. 1886-yildagi “Nizom”ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora……bilan to’ldirilgan.
Turkiston general-gubernatorligining Kengashi
37. Turkiston general-gubernatorligining Kengashi doimiy a’zolari xato berilgan javobni toping.
Turkiston uyezdi pristavi
38. Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi qayerda ta’sis etilgan?
Buxoro
39. Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi-shaharning o’zini o’zi boshqarish organi bu……
Duma
40. Tumanlarga teng (tumandan katta, viloyatdan kichik) ma’muriy-hududiy bo’linma bu….
uyezd
41. Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat bo’linma bu….
volost
42. Qal’a yoki tumandagi barcha qo’shinlar qo’mandoni….
komendant
43. Aholi yashash joyi nazoratchisi bu….
uchastka pristavi