8-sinf jahon tarixi


-Xiva xonligining tugatilishi (39)



Download 0,61 Mb.
bet35/80
Sana12.01.2022
Hajmi0,61 Mb.
#335890
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
Bog'liq
9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan

37-Xiva xonligining tugatilishi (39)

Testlar


1. XIX asrning 80-yillarida Xiva xonligining qaysi tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi? 1.Pitnak 2.Taxta 3.Hazorasp 4.Xiva 5.Yangi Urganch 6.Chorjo’y 7.Ko’hna Urganch
A) 4,5,6,7
B) 1,3,5,7
C) ,1,2,4,6,7
D) 1,2,3,4
2. Xiva xonligida Matyoqub pishiq rahnamoligida qachon dehqonlar qo’zg’aloni bo’lib o’tdi?
A) 1904-yil
B) 1902-yil
C) 1900-yil
D) 1901-yil
3. Matyoqub Pishiq qo’zg’aloni bo’lib o’tgan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) Bog’ot
B) Urganch
C) Hazorasp
D) Xonqa
4. Qachon Pitnak, Hazorazsp, Yangi Urganch, Ko’hna Urganch tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi?
A) XIX asrning 80-yillari
B) XIX asrning 60-yillari
C) XX asr boshlari
D) XIX asrning 70-yillari
5. Xiva xonligida qachondan arzimas sabablar tufayli qo’zg’alonlar bo’lib turgan?
A) XIX asrning 80-yillari
B) XIX asrning 60-yillari
C) XX asr boshlari
D) XIX asrning 70-yillari
6. Xiva xonligida 1906-yilda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlagan hududlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) Bog’ot
B) Xonqa
C) Hazorasp
D) Yangi Urganch
7. Xiva xonligida qurg’oqchilik va hosilsizlik yillarni aniqlang.
A) 1914-1915
B) 1912-1913
C) 1908-1909
D) 1910-1911
8. Xiva xonligida qaysi yillarda dehqonlar g’alayonlari keng tus oldi?
A) 1910-1917
B) 1911-1917
C) 1912-1917
D) 1909-1917-yillar
9. Xiva xonligida qachon va qayerdagi qo’zg’alonlarda doimiy qo’zg’alonlar natijasida xalq o’qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o’rganib olgan edi?
A) 1912-Hazorasp, Xonqa
B) 1913-Hazorasp, Xonqa
C) 1913-Xonqa, Yangi Urganch
D) 1912-Xonqa, Ko’hna Urganch
10. Asfandiyorxon 1912-yilgi qo’zg’alonni bostirish uchun yuborgan o’zining 1000 kishilik eng sara qo’shini qayerda mag’lubiyatga uchratildi?
A) Alieli va G’azovot o’rtasida
B) Alieli va Toshhovuz o’rtasida
C) Xiva va Xonqa o’rtasida
D) G’azovot va Toshovuz o’rtasida
11. Xiva xonligida 1912-yilgi xalq norozilik chiqishlari qanday yangi omilni namoyon qildi?
A) A va B
B) qo’zg’alonchilar harbiy bilimga ega kishilar mavjudligi
C) qo’zg’alonchilar urush olib boorish taktikasini o’zlashtirgan edilar
D) qo’zg’alonchilar o’qotar aslahalar bilan qurollandi
12. Yosh xivaliklarning Yosh buxoroliklardan farqli jihati bu….
A) Yosh Xivaliklar o’zining yangi zamonaviy qurol-aslahalariga ega edi
B) Yosh xivaliklarda aholining turli qatlamlari-dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ziyolilar va mayday mulkdorlarning bo’lishi
C) Yosh Xivaliklarni Xiva xoni qo’llab-quvvatladi, Yosh buxoroliklarni Buxoro amiri qo’llab-quvvatlamadi
D) Yosh xivaliklar o’zining mukammal dasturiga ega edi
13. Yosh Xivaliklarning tarkibi xato berilgan javobni aniqlang.
A) yirik mulkdorlar va bank egalari
B) savdogarlar, ziyolilar
C) mayda mulkdorlar
D) dehqonlar, hunarmandlar
14. Yosh Xivaliklar rahbarlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) B.Salimov
B) P.Yusupov
C) Manuilov
D) Bekjon Rahmonov
15. Yosh Xivaliklar rahbarlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) T.Risqulov
B) Nazir Sholikorov
C) Jumaniyoz Sultonmurodov
D) P.Yusupov
16. Xiva xoni qachon “Islohotlar loyihasi”ni qabul qildi?
A) 1912-yil
B) 1910-yil
C) 1911-yil
D) 1909-yil
17. “Islohotlar loyihasi” qaysi davlatda qabul qilingan?
A) Xiva
B) Hindiston
C) Buxoro
D) Afg’oniston
18. Xiva xonligida qabul qilingan “Islohotlar loyihasi”ning bandlari xato berilgan javobni aniqlang.
A) loyiha takliflari islohotlar orqali Xiva davlati mustaqilligini tiklashga qaratilgan edi
B) loyihada xon devoni saqlab qolinib, faqat amaldorlar davlat ta’minotiga o’tkazilshi mo’ljallangan edi
C) loyiha boshqaruv tizimini tartibga solishni nazarda tutar edi
D) loyihada eskicha milliy maktablarni tashkil qilish g’oyasi ham ilgari surilgan edi
19. Xiva xoni Asfandiyorxon hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1864-1910
B) 1909-1917
C) 1918-1920
D) 1910-1918
20. Asfandiyorxon 1913-yilda qaysi bosh vazirni o’ldiradi?
A) N.Sholikorov
B) P.Yusupov
C) Islomxo’ja
D) B.Salimov
21. Asfandiyorxonning yerlarni yangidan o’lchash va yangi soliqlarni joriy qilishga qarshi qayerda qo’zg’alonlar bo’lib o’tdi?
A) Mang’it va Xo’jayli
B) Xiva va Xonqa
C) Chimboy va Xo’jayli
D) Chorjo’y va Xo’jayli
22. Islomxo’ja qachon o’ldirildi?
A) 1912-yil
B) 1911-yil
C) 1914-yil
D) 1913-yil
23. Qaysi voqeadan so’ng Asfandiyorxon asosiy tayanchi podsho hukumatidan mahrum bo’lib, bir qancha vaqt yakkalanib qoldi?
A) Rossiyadagi 1917-yil fevral voqealaridan so’ng
B) Rossiyadagi 1917-yil oktyabr voqealaridan so’ng
C) Rossiyaning I-jahon urushi frontlaridagi mag’lubiyatlaridan so’ng
D) Rossiyaning 1918-yil 3-martda urushdan chiqishidan keyin
24. Asfandiyorxon qachon Yosh Xivaliklar tuzgan manifestni imzoladi?
A) 1917-yil 13-aprel
B) 1917-yil 5-aprel
C) 1918-yil 5-aprel
D) 1917-yil 26-aprel
25. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko’ra xon hokimiyatini cheklagan deputatlar palatasini aniqlang.
A) Nozirlar Kengashi
B) Kengash
C) Millat Majlisi
D) Majlis
26. Asfandiyorxon imzolagan manifestga ko’ra vazirlar kengashini aniqlang.
A) Millat Majlisi
B) Kengash
C) Nozirlar Kengashi
D) Majlis
27. Yosh Xivaliklarning Asfandiyorxondan talab qilgan islohotlar xato berilgan javobni aniqlang.
A) suv taqsimotini isloh qilish
B) temiryo’llar va pochta-telegraf tizimining qurilishi
C) davlat mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat uchun iqtisodiyot vazirligini tuzish
D) xonlikning butun hududlarida yangi usul maktablarini tashkil qilish uchun qo’mita tuzish
28. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasi qachon bo’lib o’tdi?
A) 1917-yil 13-aprel
B) 1917-yil 5-aprel
C) 1918-yil 5-aprel
D) 1917-yil 26-aprel
29. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasida qancha xivalik deputatlar ishtirok etishdi?
A) 20 ta
B) 25 ta
C) 30 ta
D) 7 ta
30. Xiva xonligida Majlisning I-sessiyasida turkmanlardan qancha vakil ishtirok etdi?
A) 30 ta
B) 7 ta
C) 20 ta
D) 25 ta
31. Xiva xoni Asfandiyorxon boshchiligidagi konservativ kuchlar necha oy o’tmasdan Majlisni tarqatib yubordi, Yosh Xivaliklarning rahnamolarini hibsga oldi?
A) 1 oy
B) 4 oy
C) 2 oy
D) 3 oy
32. Junaidxon kim edi?
A) Xiva xonligining yasovulboshisi
B) Xiva xonligining devonbegisi
C) turkmanlarning e’tiborli vakillaridan biri, Majlisda o’rin olgan deputat
D) turkman urug’laridan birining sardori
33. Junaidxon qachon 1,5 ming kishilik otliq otryad bilan Xivani egalladi?
A) 1918-yil may
B) 1918-yil yanvar
C) 1918-yil fevral
D) 1918-yil aprel
34. Junaidxon Asfandiyorxonni o’ldirib, uning o’rniga kimni xon qilib ko’tardi?
A) Said Muhammad
B) Said Olimxon
C) Said Abdulla
D) Islomxo’ja
35. Xiva xonligiga qarshi kommunistik partiya qayerda tuzilib, to’ntarishga tayyorgarlik ko’ra boshladi?
A) Chorjo’y
B) Darganata
C) Petro Aleksandrovsk
D) Toshovuz
36. Xiva xonligi qachon quladi?
A) 1920-yil 27-aprel
B) 1920-yil 2-may
C) 1920-yil 2-fevral
D) 1920-yil 2-sentyabr
37. XXSR qachon tuzildi?
A) 1920-yil 2-sentyabr
B) 1920-yil 2-may
C) 1920-yil 27-aprel
D) 1920-yil 2-fevral
38. Hukumatning muhim voqea munosabati bilan xalqqa qilgan yozma murojati, qonun kuchiga teng hujjat bu…..
A) konservator
B) xartiya
C) tezis
D) manifest
39. Lotincha-eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va o’zgarishlarga qarshi turuvchilar bu…..
A) tezis
B) xartiya
C) konservator
D) manifest


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish