Bog'liq 9-sinf O’zbekiston tarixi fanidan mavzulashtirilgan
22-Soliq va majburiyatlar_Xalq qo'zg'olonlari (23)
Savollar va javobi
1. Qoraqalpoqlardan olinadigan yer solig’i bu…..
solg’ut
2. Qoraqalpoqlardan ruhoniylar foydasiga olinadigan soliq bu……
ushr
3. Urush paytlarida qoraqalpoqlar qanday soliq to’laganlar?
qozon puli
4. XIX asrning II-yarmida qoraqalpoqlarda aholidan 40 bosh qoramol uchun pul hisobida qancha miqdorda zakot olingan?
9 so’m
5. Qoraqalpoqlarda chorvachilik bilan shug’ullangan har bir oila chorva mollarining qancha qismini zakot solig’i tariqasida to’lashgan?
1/40
6. Qoraqalpoqlar qatnashgan ariq qazish majburiyati necha kun davom etgan?
12 kun
7. Qoraqalpoqlarning har bir jamoasi Xiva xonligiga qancha askar yetkazib berishi shart bo’lgan?
1000 tadan-2000 tagacha
8. Qoraqalpoqlarda askar yetkazib bera olmagan jamoalardan qancha miqdorda pul yig’ilgan?
180 ming so’mdan 250 ming so’mgacha
9. 1845-1855-yillarda hukmaronlik qilgan Xiva xonini aniqlang.
Muhammad Aminxon
10. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi Ernazarbiy qo’zg’aloni qachon boshlangan?
1855-yil
11. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi qo’zg’aloni rahbari Ernazarbiy qaysi qabiladan bo’lgan?
qo’ldovli
12. Ernazarbiy Rossiya ta’sirida bo’lgan qozoq urug’ boshliqlaridan kimni xon qilib ko’tarish va natijada imperiya tobeligiga o’tishga intildi?
Zarliq
13. Xiva taxtiga 1856-yilda kim o’tirgan?
Said Muhammad
14. Ernazarbiy qo’zg’alonini bostirish uchun otlangan Xiva sarkardasi kim?
Muhammadniyoz
15. 1858-1859-yillarda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’targan qo’zg’alon markazini aniqlang.
Qo’ng’irot
16. 1858-1859-yillarda qoraqalpoqlarning Xiva xonligiga qarshi ko’targan qo’zg’alonini qaysi sarkarda bostirgan?
Otamurod
17. Bobo Go’klan qo’zg’aloni qaysi yillari bo’lib o’tgan?
1881-1891-yillar
18. Ernazarbiyning o’zi qurdirgan qo’rg’oni qaysi?
Qozoqdaryo
19. Bobo Go’klan qo’zg’aloni qaysi volostlarda bo’lib o’tgan?
Biybozor va Nukus
20. Qoraqalpoq dehqonlarining ahvoli og’irlashuvi oqibatida 1900-yilda qaysi bekliklarda qo’zg’alon bo’lib o’tdi?
Nukus va Qo’ng’irot
21. Qachonga kelib qoraqalpoqlar deyarli o’troq turmush kechira boshladilar?
XIX asrning 70-yillari
22. Qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikala qirg’og’ini o’zlashtirib, qaysi ekinlarni ekishgan? 1.sholi 2.bug’doy 3.arpa 4.paxta 5.makkajo’xori 6.tariq 7.javdar 8.kanop
1,2,3,4
23. Ernazarbiy qo’zg’alonidan ajralgan bir guruh qo’zg’alonchilar qaysi qal’adan panoh topishgan?
Oqmachit