25-Fransiyada Birinchi imperiya va uning halokati (36)
1. Quyidagi tarixiy voqealarning sodir bo'lgan yili noto'g'ri berilgan?
A) 1802-yilda Napoleon Bonapart o'zini umrbod konsul deb e'lon qildi
B) 1805-yilda Prussiya poytaxti Berlin Napoleon tomonidan egallandi
C) 1807-yilda Fransiya Rossiya bilan Tilzit shartnomasini imzoladi
D) 1799-yilda Napoleon Bonapart Fransiyaning Birinchi konsuliga aylandi
2. 1804-yilda Napoleon Bonapart Fransiya ...idan o'zini imperator deb e'lon qilinishini talab qildi.
A) Deputatlar palatasidan
B) Senatidan
C) Direktoriyasidan
D) Milliy konventdan
3. 1804-yilda Fransiyada tashkil topgan Napoleon Bonapart monarxiyasi kimga yoki nimaga tayanar edi? 1.dvoryanlarga 2.milliy burjuaziya 3.qo'shin 4.davlat amaldorlari 5.katta yer egalari 6.cherkov
A) 2, 3, 4
B) 1, 2, 3, 5, 6
C) 4, 5, 6
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6
4. 1805-yilda ...
A) Napoleon katta qo'shin bilan Ispaniyaga bostirib kirdi
B) Tilzit shartnomasi imzolandi
C) Kontinental qamal e'lon qilindi
D) Napoleon Venani egalladi
5. 1806-yilda ...
A) Napoleon Berlinni egalladi
B) Kontinental qamal e'lon qilindi
C) Napoleon katta qo'shin bilan Ispaniyaga bostirib kirdi
D) Tilzit shartnomasi imzolandi
6. 1807-yilda ...
A) Tilzit shartnomasi imzolandi
B) Napoleon katta qo'shin bilan Ispaniyaga bostirib kirdi
C) Napoleon Berlinni egalladi
D) Kontinental qamal e'lon qilindi
7. Napoleon Bonapart qaysi shaharda Britaniyaga nisbatan qit'a qamali e'lon qilingani haqida dekretni imzoladi?
A) Berlinda
B) Myunxenda
C) Venada
D) Magdelbaxda
8. Napoleon Bonapart tomonidan qit'a qamali qaysi davlatga nisbatan e'lon qilingan edi?
A) Buyuk Britaniyaga
B) Rossiyaga
C) Prussiyaga
D) Ispaniyaga
9. Rossiya qaysi shartnomani imzolab, Fransiyaning g'alabalarini tan olishga va qit'a qamaliga qo'shilishga majbur bo'lgan edi?
A) Vena
B) Tilzit
C) Leypsig
D) Syurix
10. Deyarli barcha Yevropa davlatlarini bo'ysundirgan Napoleon Bonapart qaysi davlatlarni bo'ysundira olmagan edi?
A) Prussiya va Avstriya
B) Ispaniya va Prussiya
C) Ispaniya va Italiya
D) Britaniya va Rossiya
11. Rossiya qit'a qamaliga qo'shilgan bo'lsada qaysi davlat kemalarida Britaniyaga yuborishda davom etgan edi?
A) Portugaliya
B) Ispaniya
C) Gollandiya
D) AQSH
12. Napoleon Bonapart qachon Rossiyaga katta qo'shin bilan bostirib kirgan edi?
A) 1812-yil 7-sentabrda
B) 1812-yilda 24-avgustda
C) 1812-yilda 24-iyunda
D) 1812-yilda 24-iyulda
13. Har ikkala tomondan katta talafotlar bo'lgan Borodino jangi qachon bo'lib o'tgan edi?
A) 1812-yil 7-sentabrda
B) 1812-yilda 24-avgustda
C) 1812-yilda 24-iyulda
D) 1812-yilda 24-iyunda
14. Jahon tarixida "Xalqlar jangi" sifatida qolgan Fransiya va ittifoqchi davlatlar o'rtasidagi jang qachon va qayerda bo'lib o'tgan edi?
A) 1815-yil 18-iyunda, Vaterloo qishlog'ida
B) 1813-yil dekabrda, Ipr yaqinida
C) 1814-yil 12-avgustda, Vena ostonasida
D) 1813-yil oktabrda, Leypsig ostonasida
15. 1814-yilda Napoleon taxtdan voz kechganidan keyin qayerga surgun qilingan edi?
A) Elba oroli
B) Gibraltar yarim oroli
C) Korsika oroli
D) Muqaddas Elena oroli
16. Napoleon taxtdan voz kechganidan keyin Fransiya qaysi sulola hokimiyatga qaytarilgan edi?
A) Burbon
B) Anju
C) Valua
D) Kapeting
17. 1815-yilda Fransiyada kim qirol sifatida toj kiydirilgan edi?
A) Karl X
B) Lyudovik XVI
C) Lui Filip Orleanskiy
D) Lyudovik XVIII
18. Napoleon Bonapart qaysi orolda tug'ilgan edi?
A) Sardiniya oroli
B) Muqaddas Elena oroli
C) Korsika oroli
D) Elba oroli
19. Napoleon Bonapart va ittifoqchi qo'shinlar o'rtasidagi Vaterloo jangi qachon bo'lib o'tgan edi?
A) 1815-yil 18-iyunda
B) 1813-yil oktabrda
C) 1815-yil dekabrda
D) 1814-yil 12-avgustda
20. Napoleon Bonapart butunlay tor-mor qilingan Vaterloo qishlog'i hozirda qayerda joylashgan?
A) Belgiyada
B) Fransiyada
C) Gollandiyada
D) Ispaniyada
21. Vaterloo jangida mag'lub bo'lgan Napoleon Bonapart qayerga surgun qilingan edi?
A) Sardiniya oroli
B) Elba oroli
C) Korsika oroli
D) Muqaddas Elena oroli
22. Fransiyaning "Buyuk qo'shini" Rossiyaga bostirib kirganidan 9 yil o'tib ...
A) Napoleon Bonapart vafot etdi
B) Fransiyada Restavratsiya davri boshlandi
C) Lyudovik XVIII vafot etdi
D) Vaterloo jangi bo'lib o'tdi
23. 1814-yilda Venada ochilgan kongressning asosiy maqsadi nima edi?
A) Yevropani g'oliblar manfaati yo'lida qayta taqsimlash
B) Shimoliy Germaniya ittifoqini tuzish
C) Fransiyada qaysi sulola taxtga kelishini hal qilish
D) Fransiyaning mustamlakalarini bo'lib olish
24. Quyidagi davlatlardan qay biri Vena kongressida ishtirok etmagan?
A) Shvetsiya
B) Rossiya
C) Italiya
D) Prussiya
25. Vena kongressida qaysi davlatning maqsadi Fransiyaning zaiflashuviga erishish, o'zining va mustamlakalar bosib olishdagi ustunligini saqlab qolish edi?
A) Italiya
B) Rossiya
C) Britaniya
D) Ispaniya
26. Vena kongressida Britaniya qaysi hududlarni qo'lga kiritgan edi? 1.Malta oroli 2.Krit oroli 3.Kapa yeri 4.Seylon oroli 5.Kanadaning bir qismi
A) 1, 3, 5
B) 1, 2, 3, 4
C) 2, 3, 5
D) 1, 3, 4
27. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Polshaning katta qismiga egalik qilib olgan davlatni aniqlang.
A) Prussiya
B) Britaniya
C) Rossiya
D) Ispaniya
28. 300 dan ortiq mayda davlatlarda tashkil topgan Germaniya o'rnida 39 davlatdan iborat Germaniya ittifoqi tuzilgan bo'lib, unda qaysi davlat yetakchi edi?
A) Saksoniya
B) Prussiya
C) Avstriya
D) Ispaniya
29. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Reyn viloyati va Vestfaliya qaysi davlatga qo'shib berilgan edi?
A) Rossiya
B) Prussiya
C) Britaniya
D) Ispaniya
30. Vena kongressidan keyin qaysi davlat Shimoliy Italiyada mustahkamlanib olgan edi?
A) Rossiya
B) Prussiya
C) Italiya
D) Ispaniya
31. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, Belgiya qaysi davlatga qo'shib berilgan edi?
A) Germaniya
B) Portugaliya
C) Gollandiya
D) Shvetsiya
32. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, qaysi davlatning mustaqilligi tiklanib, abadiy betaraf davlat bo'lib qolgan edi?
A) Prussiya
B) Shveytsariya
C) Avstriya
D) Shvetsiya
33. Qaysi voqeadan keyin Fransiya ikkinchi darajali davlatga tushib qoldi?
A) Iyul monarxiyasi ag'darilgandan keyin
B) Burbonlar sulolasi taxtgan ketganidan keyin
C) Birinchi Respublika qulaganidan keyin
D) Vena kongressidan keyin
34. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra, Fransiyaga qancha kontributsiya to'lash majburiyati yuklatilgan edi?
A) 500 mln frank
B) 300 mln frank
C) 400 mln frank
D) 700 mln frank
35. Vena kongressi nafaqat Yevropa xaritasini o'zgartirib tashladi, balki yana boshqa masala haqida deklaratsiya qabul qilgan edi?
A) hamma javob to'g'ri
B) negr qullar savdosini taqiqlash to'g'risida
C) Muqaddas Ittifoq tuzish haqida
D) Liberiya davlatini tashkil etish to'g'risida
36. Vena kongressi ahdlashuvlariga ko'ra Muqaddas ittifoq tuzgan davlatlarni aniqlang.
A) Rossiya, Avstriya, Britaniya
B) Rossiya, Shvetsiya, Prussiya
C) Rossiya, Avstriya, Prussiya
D) Rossiya, Italiya, Ispaniya
Do'stlaringiz bilan baham: |