22-XVI-XVIII asrlarda Usmonli turklar imperiyasi (19)
1. XVI asrda Usmonli imperiyasi ma'muriy jihatdan qanday bo'lingan edi?
A) imperiya-viloyat-noiblik
B) imperiya-viloyat-sanjoq
C) imperiya-viloyat-qasaba
D) imperiya-viloyat-qishloq
2. Usmonli turk imperiyasida viloyatlarni kimlar boshqargan edi?
A) hadiv
B) noib
C) amir
D) vali
3. Usmonli turk imperiyasining tayanchi bu - uning ...edi.
A) floti
B) dini
C) ma'muriy boshqaruvi
D) qo'shini
4. Usmonli turk imperiyasida otliq askar sipohilar zaruriyat tug'ilganda kim boshchiligida belgilangan joyga yetib kelishlari kerak edi?
A) vali
B) sanjoqbey
C) amir
D) qo'mondon
5. Usmonli turk imperiyasining doimiy qo'shini nima deb atalar edi?
A) keshik
B) musallam
C) yanichar
D) sipohi
6. XVI asrda Usmonli turk imperiyasining Osiyodagi asosiy raqibi qaysi davlat edi?
A) Qrim xonligi
B) Hindiston
C) Eron
D) Shayboniylar davlati
7. Usmonli turk imperiyasi sultoni Sulton Salim qachon Ismoil Safaviy qo'shinlarini yengdi?
A) 1513-yilda
B) 1517-yilda
C) 1515-yilda
D) 1514-yilda
8. XVI asrda qaysi davlat safaviylar ittifoqchisi bo'lib, Usmonli turk imperiyasiga qarshi kurashgan edi?
A) Hindiston
B) Misr
C) Shayboniylar davlati
D) Qrim xonligi
9. Sulton Salim istilolarini ketma-ketlikda joylashtiring.
A) Suriya - Eron - Qohira
B) Falastin - Suriya - Qohira
C) Suriya - Falastin - Qohira
D) Eron - Falastin - Suriya
10. Sulton Salim 1517-yilda ...
A) Shoh Ismoil qo'shinlarini tor-mor qildi
B) Qohirani bosib oldi
C) Qalandar qo'zg'olonini bostirdi
D) Shayx Jalol qo'zg'olonini bostirdi
11. Quyidagi qaysi imperiya dunyoning uch qit'asida - Osiyo, Yevropa va Afrikada joylashgan edi?
A) Mo'g'ullar imperiyasi
B) Safaviylar imperiyasi
C) Usmonli turk imperiyasi
D) Boburiylar imperiyasi
12. 1519-yilda Usmonli turk imperiyasida kim boshchiligida qo'zg'olon bo'lib o'tgan edi?
A) shayx Jalol
B) Husayn
C) Muhammad Ali
D) Qalandar
13. XVI asr o'rtalarida Usmonli turk imperiyasida qishloq xo'jaligi nima sababdan inqirozga yuz tutgan edi?
A) dehqonlarning ibtidoiy mehnat qurollaridan foydalanishi
B) muttasil hashar ishlari va soliqlarning ko'pligi
C) ko'p yillar davomida qurg'oqchilik sodir bo'lishi
D) dehqonlarning xonavayron bo'lishi va qochib ketishlari
14. 1610-yilda Turkiyada chiqarilgan maxsus farmon qanday nomlangan edi?
A) "Adolat farmoni"
B) "Yer farmoni"
C) "Sulton farmoni"
D) "Asl farmon"
15. Qachon Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi "Muqaddas Liga" tuzgan edilar?
A) 1681-yilda
B) 1682-yilda
C) 1683-yilda
D) 1684-yilda
16. Qachon Turkiya avvalgidek hujumkor qudratga ega bo'lmay qolgan edi?
A) XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida
B) XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida
C) XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida
D) XV asr oxiri - XVI asr boshlarida
17. XVII- XVIII asrlarda Turkiyada qaysi davlat savdogarlari uchun faqatgina 3 foiz miqdorda boj o'rnatilgan edi?
A) Rossiya
B) Angliya
C) Germaniya
D) Fransiya
18. XVIII asrda Turkiya qaysi davlat bilan bir necha bor urushgan edi?
A) Rossiya
B) Germaniya
C) Angliya
D) Fransiya
19. "Ittifoq, birlashma" degan ma'noni bildiruvchi atamani aniqlang.
A) respublika
B) uniya
C) liga
D) federatsiya