34-XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davrda Usmonli turklar imperiyasi (22)
1. XIX asrning 70-yillarigacha bo`lgan davrda Usmonli turklar imperiyasida hukumatning kundalik ishlarini kim boshqargan?
A) Bosh kotib
B) Buyuk vazir
C) Kotib
D) Vazir
2. Usmonli turklar imperiyasida qaysi tabaqadan boshqa barcha davlat xizmatchilari sulton quli hisoblangan?
A) qarindoshlaridan boshqa
B) vazirlardan boshqa
C) zodagonlardan boshqa
D) ruhoniylardan boshqa
3. "Sharq masalasi" bilan atalgan xalqaro vaziyat qaysi davrdan boshlandi?
A) XVII asr o'rtasiga kelib
B) XVIII asr oxiriga kelib
C) XVIII asr o'rtasiga kelib
D) XVII asr oxiriga kelib
4. "Sharq masalasi" bilan atalgan xalqaro vaziyat qaysi davlatlar ishtirok etan? 1.AQSh 2.Buyuk Britaniya 3.Fransiya 4.Germaniya 5.Avstriya 6.Vengriya 7.Rossiya 8.Polsha
A) 4, 5, 6, 8
B) 1, 2, 3, 4
C) 2, 3, 4, 6
D) 2, 3, 5, 7
5. Usmonli turklar davlatini qaysi davlatlar saqlab qolishga intildilar?
A) Buyuk Britaniya va Fransiya
B) Avstriya va Germaniya
C) AQSh va Buyuk Britaniya
D) Rossiya va Germaniya
6. Rossiya Usmonli turklar imperiyasining qaysi hududlarini egallashga intilgan? 1.Bolqonda mustahkamlanishga 2.Qizil dengizni 3.Boltiq dengizini 4.Qora dengizning Bosfor bo'g'ozi 5.Anqara shahrini 6.Qora dengizning Dardanell bo'g'ozi 7.Istanbul shahrini 8.O'rtayer dengizining shimoliy qismi
A) 2, 3, 5, 8, 6
B) 1, 4, 6, 7
C) 2, 4, 6, 8
D) 1, 2, 3, 5, 7
7. Qaysi davlat Bolqonning Rossiya ta'sirida qolishiga qarshi edi va o'zi Bolqonda mustahkamlanishga intilgan?
A) Buyuk Britaniya
B) Avstriya
C) Fransiya
D) Prussiya
8. Qachon va qaysi shaharda buyuk davlatlar o'rtasida Gretsiyaga muhtoriyat berish huquqi imzolandi?
A) 1829-yil Adrionopolda
B) 1827-yil Londonda
C) 1829-yil Vashingtonda
D) 1827-yil Parijda
9. Qaysi davlatlar o'rtasida Gretsiyaga muhtoriyat berish huquqi imzolandi?
A) Rossiya, Avstriya, Fransiya va Germaniya
B) Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya
C) AQSh, Rossiya va Germaniya
D) Buyuk Britaniya, AQSh va Germaniya
10. 1828-1829 yillardagi Rossiya-Turkiya urushi qaysi shartnoma imzolanishi bilan yakunlandi?
A) Adrionopol tinchlik shartnomasi
B) London tinchlik shartnomasi
C) Kuchukqaynarji tinchlik shartnomasi
D) Parij tinchlik shartnomasi
11. 1829-yilgi Adrionopol tinchlik shartnomasiga ko'ra Rossiyaga qaysi hudud berildi?
A) Bosfor bo'g'ozi
B) Dardanell bo'g'ozi
C) Qora dengiz sharqiy qismi
D) Boltiq dengizining bir qismi
12. Fransiya Jazoirni qachon bosib oldi?
A) 1830-yilda
B) 1831-yilda
C) 1828-yilda
D) 1826-yilda
13. "Sharq masalasi" ning keskinlashuvida Sulton hukumatining ketma-ket muvaffaqqiyatsizligi kimning bosh ko'tarishiga sabab bo'ldi?
A) Chekka joylardagi dehqonlarning
B) Misr hukmdori Muhammad Yoqubning
C) Misr hukmdori Muhammad Alining
D) Suriya qiroli Abu Bakrning
14. Muhammad Ali qachon sulton qo'shinini tor-mor etib, Istanbulga yo'l oldi?
A) 1832-yilda
B) 1834-yilda
C) 1830-yilda
D) 1831-yilda
15. "Sharq masalasi" ning keskinlashuvida Sulton hukumatining ketma-ket muvaffaqqiyatsizligi Misr hukmdori Muhammad Alining bosh ko'tarishiga sabab bo'lib, bunda Rossiya ...
A) Sultonni halokatdan saqlab qolib, 1834-yilda Gibraltar bo'g'oziga kirdi
B) Muhammad Alini qo'llab-quvvatladi
C) Muhammad Alini qo'llab-quvvatladi va rejalashtirgan hududlarini bosob oldi
D) Sultonni halokatdan saqlab qolib, 1833-yilda Bosfor bo'g'oziga kirdi
16. Misr hukmdori Muhammad Ali sultonga qarshi yurishi natijasida ...
A) Sultondan 1839-yilda o'z qo'l ostidagi hududlarni boshqarishni meros qoldirishni talab etdi
B) Misr va Sudanni boshqarish huquqini qo'lga kiritdi
C) Barcha javoblar to'g'ri
D) Buyuk Britnaiya va Fransiya uni qo'llab-quvvatladi
17. 1853-yilda Sharq urushini keltirib chiqargan sababni aniqlang.
A) Bolqon uchun Avstriya va Rossiya o'rtasidagi raqobat
B) Barcha javoblar to'g'ri
C) Rossiyaning Turkiyaga qaram o'lkalarda mustahkamlanib olishiga urunishi
D) Buyuk davlatlarning Turkiyani Rossiyaga qarshi gij-gijlashlari
18. Rossiya va Turkiya o'rtasidagi Sharq urushi Rossiya tarixiga qanday nom bilan kirgan?
A) Qrim urushi
B) Sharqiy urush
C) janubiy urush
D) Ulug' vatan urushi
19. Sharq urushida Rossiya podshohi sultondan nimani talab etdi?
A) Kavkazorti hududini zudlik bilan berishni talab etdi
B) Barcha javoblar to'g'ri
C) Konsessiyalar ochish va yirik miqdorda kontributsiya to'lash
D) O'lkadagi provaslav xalqlarining homiysi ekanligini tan olishini talab etdi
20. Qachon mustamlakachi buyuk davlatlar Turkiyada uning siyosatini belgilashga imkon beruvchi iqtisodiy va siyosiy mavqega ega bo'lib qoldilar?
A) XIX asrning 50-yillariga kelib
B) XIX asrning 70-yillariga kelib
C) XIX asrning 60-yillariga kelib
D) XIX asrning 40-yillariga kelib
21. Turkiya XIX asrning 70-yillarida chet davlatlardan qarzi qanchani tashkil etdi?
A) 4,4 mlrd frankni
B) 3,0 mlrd funt-sterling
C) 2,4 mlrd frankni
D) 1,8 mlrd dollarni
22. Konsessiya bu ...
A) (inglizcha - ruxsatnoma) - Oliy qonunga tenglashtirilgan muhim qaror
B) (lotincha - ruxsat berish, yon berish) - davlat korxonalarini muayyan muddatga chet el kapitaliga berish haqida shartnoma
C) (yunoncha - foydalanish huquqi) - milliy resurslardan foydalanish huquqi
D) (yunoncha - tanho sotaman) - iqtisodiyotning bir turida yakka hokimlik
Do'stlaringiz bilan baham: |