8-sinf II chorak uchun ona tilidan test.
Tuzdi: Raximova X.
M/b yig’ilishida ko’rib chiqildi.
M/b raisi: Mamayeva N.
“Ko’zini yog’ bosgan” iborasining ma’nosi to’g’ri izohlangan qatorni toping.
Ko’rmay qolgan B) mag’rurlangan C) qaysarlik qilgan D) bilib bilmaganga olgan
Siz (1) ahmoq (2) odam (3) emassiz (4) kechirasiz. Mazkur gapda vergul qaysi raqamlar o’rniga qo’yilsa, suhbatdosh haqorat qilingan bo’ladi?
2,3 B) 3,4 C) 2,4 D) 1,2,3
Qaratqich –qaralmish o’zaro qaysi birikish usulida birikadi?
Bitishuv B) boshqaruv C) moslashuv D) har uchala usulda birika oladi
So’z birikmasidagi hokim so’z qaysi so’z turkumida ekanligiga ko’ra, so’z birikmalari qanday turlarga bo’linadi?
Otli, fe’lli so’z birikmalariga B) otli, ravishli, fe’lli, sifatli, olmoshli so’z biriklmalariga
C)otli, fe’lli, sifatli, modal so’zli so’z birikmlariga D) otli, fe’lli, ravishli, modal so’zli
5. Bitishuv aloqasini hosil qiluvchi vositalar qaysi javobda berilgan?
A) zamon, shaxs-son qo’shimchalari B) ohang va tartib
C) ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalari D) Mayl, shaxs-son qo’shimchalari
6. Boshqaruv aloqasi qaysi javobda berilgan?
A) Urush haqida so’zladi, xat oldi, yer haydatdi. B) O’g’li bilan qizi, ekin ekildi, ota va bola
C) turmush haqidagi gaplar, xat olindi, katta tanaffus
D) O’zi to’g’risida mish-mishlar, xususiy ferma
7. Fe’lning vazifa shakllaridan qay biri birikmali murakkab kesimni yuzaga keltiradi?
A) ravishdosh B) sifatdosh C) sof fe’l D) harakat nomi
8. Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg’on yomon. Ushbu gapdagi kesim bo’lib kelgan sifatlarni toping.
A) yaxshidir B) yaxshidir, yomon C) yomon D) yaxshidir, achchiq, yomon
9. O’z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kurashadi. Shu gapda nechta so’z birikmasi mavjud?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
10. Boshqaruv usuli bilan birikkan so’z birikmasini aniqlang.
A) Suv ichmoq, talabalar bilan gaplashmoq B) bahor fasli, xat yozmoq
C) qo’l qo’ymoq, quloq solmoq D) ishdan keldi, rostdan gapirdi
11. Moslashuv yo’li bilan hosil bo’lgan so’z birikmasini ko’rsating.
A) olma va anor B) yashil o’rmon C) navbatchining vazifasi D) opasi bilan ko’rishmoq
12. Qaysi qatorda ibora bilan ifodalangan kesim berilgan?
A) Ammamning zardali ovozini eshitib, damim ichimga tushib ketdi.
B) Qolaversa, doktorlarga ham qiyin.
C) O’sha yulduz seniki.
D) Faridaning onasi, uning har bir harakatini kuzatdi.
13. Shart mayli shaklidagi mustaqil kesim qatnashgan gapni belgilang.
A) Mehnat qilsang, baxting ochiladi.
B) Tuyog’iga ursang, shoxi zirqiraydi.
C) Havo bulut bo’lsa ham, yomg’ir yog’madi.
D) Toshkentga borsam, Mustaqillik maydonini ko’rsam.
14. Qaysi javobda so’roq gap so’roq yuklamasi yordamida hosil bo’lmagan?
A) Imtihondan qanday baho olding? B) Bugun imtihon bo’ldimi?
C) Imtihonga tayyorlanmasdan yaxshi baho olib bo’ladimi?
D) O’qimasdan yaxshi baho oldingmi?
15. Moslashuv yo’li bilan birikkan so’z qatorini belgilang.
A) tinchlik bitimi B) mag’rur xalq C) mahallaning oqsoqoli D) to’g’ri talaffuz
16. Bitishuv yo’li bilan birikkan so’z birikmalari qaysi qatorda berilgan?
A) Buyuk kelajak B) Kitobning qudrati C) shoir vatani D) maqsadga erishmoq
17. Qaysi qatorda gap berilgan?
A) Baxt qushi B) ijodiy fikr C) Barkamol avlod D) havo issiq
18. Qaysi qatorda buyruq gap berilgan?
A) Oddiylik – donolik alomatidir. B) U siz bilan ketsin.
C) Iste’dodli adib ko’p asarlar yozdi. D) Gullagan vodiy go’zal.
19. Boshqaruv yo’li bilan birikkan so’z birikmasini toping.
A) buyuk baxt B) tinchlik haqida suhbat C) so’nggi qo’ng’iroq D) baxt kaliti
20. Qaysi gapning kesimi tarkibida bog’lama qo’llangan?
A) Hunarni qadrlamagan och qoladi. B) Serjahlda aql bo’lmaydi.
C) Ehtimol, uyda hech kim qolmagandir. D) Hayot eng yaxshi murabbiydir.
21. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelganda, umumlashtiruvchi so’zdan oldin qanday tinish belgi qo’yiladi?
22. Biz bu ishni, so’zsiz, bajaramiz. Ushbu gapda kirish so’z vazifasini qaysi so’z bajarmoqda?
23. Ikkinchi darajali bo’laklarning qaysi biri o’zi izohlayotgan bo’lakga asosan boshqaruv yo’li bilan bog’lanadi?
24. Egasi qatnashmagan gaplarning qaysi birida harakat nomi murakkab kesim hosil qiladi?
25. “Salomlashmoq” qaysi nisbatda?
Do'stlaringiz bilan baham: |