Har so‘zi o‘rniga hech so‘zi qo‘yilsa, olmoshning qaysi turi hosil bo‘ladi?
A) Gumon. B) O‘zlik. C) So‘roq. D) Bo‘lishsizlik.
O‘timli fe’lni aniqlang.
A) Esdi. B) Supurdi. C) Sovimadi. D) Chopmadi
Ajratilgan hol berilgan gapni toping.
A) Onam hovlidan- ishkom tagidan- yo‘qolgan uzukni izladi.
B) Maktubni faqat menga keltirib bering.
C) Bizning, olimlarning , o‘zimizga loyiq nufuzimiz bo‘lishi kerak.
D) Xonaga shoshilib, Dilbar opa, tarbiyachimiz kirib keldi.
Tufayli ko‘makchisi qanday hol tarkibida bo‘ladi?
A) Sabab holi. B) Ravish holi.
C) Maqsad holi D) Miqdor —daraja holi.
Rejasiz ish - qolihsiz g‘isht. -Mazkur gap qanday gap bo‘laklaridan tuzilgan?
A) Ega, to‘ldiruvchi, kesim B) Ega, kesim.
C) Ega, aniqlovchi, kesim D) Aniqlovchi, ega, aniqlovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |