Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta`lim beruvchi
|
Ta`lim oluvchi
|
1- bosqich
Tayyorgarlik qismi
(10 daqiqa)
|
O`quvchilarni saflantiraman, Navbatchi davomatini qabul qilaman,O`quvchilar bilan salomlashaman, Uyga berilgan vazifani so`rayman, Yangi mavzu bilan tanishtiraman, Turgan joyda burilishlar (o`nga , chapga ,ortga ) To`g`riga yurish , sekin yugurish , harakatda mavzuga mos maxsus mashiqlar bajartiraman . Har xel tezlikda yugurishlar , asta – sekin yurishga o`tib nafasni rostlash uchun yengil mashqlar bajartiraman . Bir qatordan to`rt qatorga saflantirib . Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajartiraman. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajartiraman.
|
O`quvchilar safga bo`yma-bo`y turadilar,Navbatchi davomat topshiradi, Yangi mavzu bilan tanishadilar,
Burilish vaqtida oyoq harakatlariga e`tibor berish,To`rt qatorga saflanib URM bajaradilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
(30 daqiqa)
|
Nazariy: Nazariy: Voleybol maydonida o`yinchilarning harakatlari:.
Amaliy:Voleybol. To`pni pastdan to`g‘ri o`yinga kiritish va kiritilgan to`pni qabul qilib, ikkinchi, uchinchi zonaga to`g‘ri uzatib berish. To`pni ikki qo`llab pastdan qabul qilish Ikki tomonlama o`quv-mashg‘ulot o`yini.
To`pni o`yinga kiritish. To`pni o`yinga kiritish muhim texnik usul hisoblanib, nafaqat o`yin boshlashga va ochkoni yutib olishga imkon beradi.
To`pni o`yinga kiritish pastdan va yuqoridan, shuningdek, to`g‘ri va yonbosh turib to`pni o`yinga kiritishga bo`linadi. Ko`pchilik o`yinchilar to`pni o`yinga kiritishni aylantirib va aylantirmasdan bajaradilar. To`pning uchish tezligi uning qanday uzatilishiga bog‘liq. Pastdan uzatganda to`p sekin uchadi, yuqoridan esa tez uchadi.
P astdan to`pni o`yinga kiritish. To`pni o`yinga kiritishni bajarishda, o`yinchi to`rga yuzi bilan turishi eng qulay holat hisoblanadi. Oyoqlar yelka kengligida va biroz bukilgan holda qo`yiladi. Bitta oyoq maydonchada oldinga qo`yilgan. To`p tirsakdan bukilgan qo`lda bo`lib, taxminan bel balandligida bo`ladi. Zarba beruvchi qo`l siltash uchun orqaga uzatiladi, so`ngra yuqoriga otilgan to`p pasayishi vaqtida past-orqa tomoniga zarba beriladi. Zarba berish vaqtida panjalar zichlashtirilgan, barmoqlar siqilgan. Gavda og‘irligi orqada turgan oyoqdan oldinda turgan oyoqqa o`tkaziladi. To`pning uchish yo`nalishi va balandligi panjaning to`pga qanday tegishiga bog‘liq bo`ladi. To`pni oshirishni musht bilan ham bajarish mumkin .
|
Do'stlaringiz bilan baham: |