Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta`lim beruvchi
|
Ta`lim oluvchi
|
1- bosqich
Tayyorgarlik qismi
(10 daqiqa)
|
O`quvchilarni saflantiraman, Navbatchi davomatini qabul qilaman,O`quvchilar bilan salomlashaman, Uyga berilgan vazifani so`rayman, Yangi mavzu bilan tanishtiraman, Turgan joyda burilishlar (o`nga , chapga ,ortga ) To`g`riga yurish , sekin yugurish , harakatda mavzuga mos maxsus mashiqlar bajartiraman . Har xel tezlikda yugurishlar , asta – sekin yurishga o`tib nafasni rostlash uchun yengil mashqlar bajartiraman . Bir qatordan to`rt qatorga saflantirib . Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajartiraman. Dars mavzusiga qarab maxsus mashqlar bajartiraman.
|
O`quvchilar safga bo`yma-bo`y turadilar,Navbatchi davomat topshiradi, Yangi mavzu bilan tanishadilar,
Burilish vaqtida oyoq harakatlariga e`tibor berish,To`rt qatorga saflanib URM bajaradilar
|
2-bosqich
Asosiy qism
(30 daqiqa)
|
Mavzu: Nazariy: Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati.
Amaliy:Gimnastika. Muvozanatni saqlash mashqlari 2-3 qadam yugurib borib oyoqda siltanib, boshqasida depsinib, kerishib sakrab tushish; (bu mashqlarni gimnastik o‘rindiqda ham bajarish mumkin).
Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og‘irlik markazining tayanch maydoni ustida joylashishidir.
Tayanch maydoni qanchalik katta bo‘lsa, muvozanat shunchalik turg‘un bo‘ladi.
Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun kata ahamiyatga ega, chunki ulami bajarayotganda bel hamda butun gavda muskullarining tonusi ancha ortadi.
Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda (gimnastika o‘rindig‘ida, xodada), turgan joyda va harakatda bajariladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida maxsus muvozanat saqlash mashqlari ko‘pincha balandroq tayanch joyda bajariladi.
Turgan joyda bajariladigan mashqlarga; kichik tayanchda oyoq uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo‘l, oyoq, gavda harakatlari bilan bajariladigan mashqlar (masalan, bir oyoqda shuningdek ikki oyoqda burilishlar, sakrab burilishlar (bir va ikki
oyoqda o‘tirishlar) kiradi.
Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan balandroq holatdan pastroq holatga (shu jumladan, yotish holatiga ham) o‘tish, o‘tirgan holatdan siltanib o‘tish mashqlari bajarilishi mumkin.
Harakatda bajariladigan mashqlarga quyidagilar: yurishning barcha turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, yelka qadam bilan oldinga yurish) yugurish va raqs qadamlari bilan harakat qilishlar kiradi.
Mazkur mashqlar gmhining ko‘proq qismini qo‘l va gavdaning harakatlari, to‘xtashlar, engashishlar, burilishlar va hokazolar bilan yurishlar tashkil qiladi.
T o ‘ siqlami oshib o ‘ tish, yuklami birj oy dan ikkinchi j oy ga ko ‘ tarib o‘tish va ikki kishi bo‘lib almashib o‘tish va aralash tayanishlarda harakat qilish katta ahmiyatga ega. Xodada (yakkacho‘pda) muvozanat saqlash mashqlami bajarganda arg‘amchilar, tayoqchalar (sakrab o‘tish yoki ostidan o‘rmalab o‘tish uchun), to‘ldirma to‘plar
(ular ustidan xatlab o‘tish uchun) va hokazolar to‘siq bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ko‘tarib o‘tish uchun yuk sifatida toidirma to‘plardan foydalaniladi. Yaxshi tayyorgarlikka ega boigan guruhlardan sherigini ko‘tarib o‘tish mumkin.
Balandroq tayanch joyda ikki kishi boiib almashib o‘tishning ikki asosiy usuli bor.
|
Jismoniy tarbiyaning mamlakat sohasida gimnastika yetakchi
o`rinni egallaydi. Uning vosita va usullarining keng doirasi deyarli barcha insonlami: bolalar va o`smirlar, kata yoshlilar va qariyalar, ayollar va erkaklar, sogiom kishilar va bemorlami qamrab olishga imkon beradi. Gimnastika har taraflama jismoniy rivojlanish va
insonning harakat qobiliyatlarini takomillashtirishni ta’minlab, uni
mehnatga va Vatan himoyasiga tayyorlaydi. Ayniqsa, o`sib borayotgan
avlodning jismoniy takomillashuvida gimnastikaning ahamiyati kattadir. Gimnastika bilan muntazam shug‘ullanish boshlang‘ich jismoniy tarbiya masalalarini yanada muvaffaqiyatli hal qiladi, jismoniy fazilat va qobilyatlaming rivojlanishi uchun mustahkam asos soladi, kelishgan gavda va qaddi-qomatni shakllantiradi,
yurak qon-tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish a’zolari va inson
organizmining boshqa tizimlari bir marom va tartibda ishlashiga
imkon yaratadi. Gimnastikaning alohida ahamiyati uning ilm olish
imkoniyatlarining o`z ichiga olganligidadir.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |