8-sinf i-chorak №9 Sana



Download 2,2 Mb.
bet14/141
Sana16.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#497126
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141
Bog'liq
8-sinf dars konispekt

To’pni olib yurish:
a — oyoq yuzining o'rtasi bilan,
b - oyoq yuzining
tashqi qismi bilan,
c — oyoq kaftining ichki tomoni bilan,
d - oyoq uchi bilan
Oyoq yuzining o’rta qismi bilan va oyoq uchi bilan to’p olib ketilayotganda asosan to’g’ri chiziqli harakat qilinadi. Oyoq yuzining ichki qismi bilan to’p olib yurish yoy bo`ylab harakatlanish imkonini beradi. Oyoq kaftining ichki tomoni bilan to’p olib yurishda harakat yo’nalishini keskin o’zgartirish mumkin. Oyoq yuzining tashqi qismi bilan to’p olib yurishni universal usul deb hisoblasa bo’ladi. Bu usul to’g’ri chiziqli harakat qilish, yoy bo`ylab harakatlanish va yo’nalishni o’zgartirish imkonini beradi.
Sakrab borayotgan to’pni olib yurishda oyoq yuzining o’rta qismi bilan yoki son bilan zarba berib boriladi. Bu ikki usulda to’pni yerga tushirmay olib yurish mumkin. Bosh bilan to’p olib yurish. Bu usulni qo’llaganda o’yinchi turli yo’nalishlarda harakatlar qiladi va ketma-ket bosh bilan to`pni yerga tushirmay olib yuradi. Asosan peshona bilan zarba beriladi. To’p oldinga shunday kuch va traektoriya bilan yo`naltiriladiki, uning ketidan yetib borib bosh bilan zarba berishga ulgurish kerak.

O`yin oldidan darvoza tanlash va to`pni o`yinga kiritish yuzasidan qur’a tashlanadi. To`p maydon markaziga qo`yiladi va hakamning ishorasi bilan u o`yinga kiritiladi. To`pni dastlab o`yinga kiritishda, ikkala jamoa o`yinchilari o`z maydonlarida bo`ladilar. Gol kiritilgandan keyin, to`p o`tkazib yuborgan jamoa o`yinni markazdan boshlaydi. Tanaffusdan keyin jamoalar o`rin almashadilar. O`yinni avval boshlamagan jamoaboshlaydi.
Tortishuvli“ to`p. Bunda hakam qoidalarda ko`zda tutilmagan sabab bilan o`yinni to`xtatadi. So`ngra to`pni ikki o`yinchi orasida tepaga otadi.
O`yindan tashqari holat. Bunda raqib jamoaning hujumchisi to`pdan avval darvoza oldida paydo bo`ladi. Buning uchun jarima sifatida erkin to`p belgilanadi.
Raqibni ta’qib qilish. Bunda o`yinchi jo`rttaga raqib va to`p orasiga kirib oladi, gavdasi bilan unga xalaqit beradi, shu bilan sherigiga to`pni egallashiga imkon beradi. Jazo—o`sha joydan to`ptepishdir.
Jarima yoki erkin to`p tepish. Agar o`yinchi raqibni tepsa, yiqitsa, chalib yiqitsa, unga sakrasa, turtsa, qo`li bilan ursa yoki urmoqchi bo`lsa, orqadan itarsa, ushlasa yoki to`pni qo`l bilan o`ynasa, jarima to`pi belgilanadi. Agar o`yinchi bunday holatni o`z jarima maydonida sodir etsa, 11 metrli jarima belgilanadi, boshqa paytda erkin to`p tepiladi.
11 metrli zarb. U darvozadan 11 metr naridan tepiladi. Darvozabon va to`p tepuvchidan tashqari barcha o`yinchilar chetda turadilar (9 metr narida). Zarb berilmaguncha darvozabon o`rnidan jilmaydi. Zarb berayotgan o`yinchi to`pni faqat darvozaga tepadi. To`p darvozabondan qaytadigan bo`lsa, to`p tepgan o`yinchi uni takror tepmaydi.
To`p tashlash. Bu ish to`p chetga chiqib ketsa, o`yinchi uni yon chiziqdan o`yinga kiritadi. U to`pni ikki qo`llab boshi uzra irg`itadi. To`p tashlagan o`yinchi unga qayta tegmaydi. To`p o`z darvozasi tomon tashlansa, burchakdan to`p tepiladi.
Burchakdan to`p tepish. Himoyalanayotgan jamoa o`yinchisi to`pni chiziqdan chiqarib yuborsa, burchakdan to`p tepish belgilanadi. Jamoa o`yinchilari 9 metr uzoqda turadilar. Burchakdan to`p tepganda u darvozaga kirsa, gol hisoblanadi.
To`pni darvoza oldidan o`yinga kiritish. Bunda to`p hujumchi jamoa o`yinchisidan tashqariga chiqib ketsa, to`p darvoza oldidan o`yinga kiritiladi. O`yinchilar jarima maydonchasidan tashqaridaturadilar.


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish