8-sinf I-blok 2-variant 2017-2018 o’quv yili IV-chorak
Она тили
1. Shaxsi noma’lum gaplar kesimining eng muhim belgisini aniqlang.
A) tarkibida egalik qoshimchasining yo`qligi
B) egani aniqlash imkoniyatining borligi
C) kesimning o`zlik nisbatda bo`lishi
D) kesimning ot bilan ifodalanishi
2. Ega otlashgan so`z bilan ifodalanmagan gapni belgilang.
A) O`qigan o`qdan o`zar. B) Yaxshilar ko`paysin.
C) O`qish jafolidir. D) Bilgan bilganin ishlar.
3. Ham vositali, ham vositasiz to`ldiruvchi qatnashgan javobni belgilang.
A) Bu kitobni ukam uchun oldim.
B) Yaxshini maqtasang yarashur.
C) Qiy-chuv bilan ularni yengib bo`lmaydi.
D) Birni birov beradi, ko`pni-mehnat.
4. So`z-gap qatnashgan javobni belgilang.
A) Men sizga bajonidil yordam beraman. B) Komila o`z “marhamat”ini ayamadi.
C) Bir tanaga sig`may qolaman D) Xush kelibsiz, aziz mehmonlar!
Goh-gohida jonim bilan men.
5. Bog`lamalarning vazifasi nima?
A) fe’lga qo`shilib, ularni kesim sifatida shakllantirish
B) fe’lning mayl va zamonini ifodalash
C) fe’l bo`lmagan so`zlar bilan qo`shilib, kesimni shakllantirish
D) murakkab ot kesimning asosiy ma’nosini ifodalash
6. Ahmadjon aka o`z hayotida esda qoladigan hech nima ko`rmadi. Ushbu gapda tobe bog`lanishlar soni nechta?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
7. “Ilhomning vaqti yo`q, selday keladi” deya yozgan ijodkorning qaysi asarida tishlarini irjaytirgan yo`lbars haqida ham so`z boradi?
A) “Mirzo Ulug`bek” B) “Nil va Rim” C) “Monolog” D) “Jaloliddin Manguberdi”
8. A.Navoiyning “Mehr va Suhayl” hikoyatida nilufar rangiga urg`u berilgan. Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug`bek” tragediyasida baxt shahri qaysi rangda deyilgan?
A) zumrad B) moviy C) feruza D) kumush
9.Qaysi asarda “la’nati bo`yinturuq” haqida so`z boradi?
A)”Ufq”da B) “Chinor”da C) “Qutadg`u bilig”da D) “Mirzo Ulug`bek”da
10. “Shafqatsiz realizm” ko`rinishlarini adabiyotimizga kim, qachon olib kirgan?
A) S.Ahmad 60-yillarda B) A.Muxtor 50-yillarda
C) S.Ahmad 80-yillarda D) A.Muxtor 60-yillarda
11. Shovulladi tun bo`yi shamol. Ushbu gapda qaysi bo`lak(lar) odatdagi o`rnidan avval keltirilgan?
12. So`zlovchi ko`z ongida biror voqea-hodisani,narsa-buyum yoki davrni jonli gavdalantirishga xizmat qiladigantasviriy vosita nima?____________________________________________________
13.Sayohatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. Ushbu gapda zanjir qaysi bo`lak atrofida hosil bo`lgan?_________________________________________
14.S.Ahmadning “qizil imperiya” nayranglari tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri bo`yab-bejamasdan, haqqoniy ko`rsatilgan asari__________________________________
15. Sakkiz jildlik “Tibo oilasi” romani muallifi kim?_________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |