8-sinf Fizika Sana:“A” 201 y. “B” 201 y. “V” 201 y. Darsning mavzusi



Download 7,54 Mb.
bet92/122
Sana14.08.2021
Hajmi7,54 Mb.
#147465
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122
Bog'liq
8-sinf-fizika-fanidan-konspekt

II.Dars turi: Maruza

III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar, qismlarga ajraluvchi elektomagnit rele

IV. Darsning xronologik tuzilishi:




Dars bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10

3

Yangi mavzuni tushuntirish

15

4

Darsni mustaxkamlash

10

5

O’quvchilarni baxolash

5

6

Uyga vazifa.

2


Darsning borishi

1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.

2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash

3.Yangi mavzuning bayoni:

Elektromagnit rele tashqi ta'sir (signal) bo'yicha avtomatik ravishda elektr zanjirni uzib-ulab turadigan qurilmadir.

157- rasmda eng sodda rele sxemasi tasvirlangan. Relening asosiy qismi elektromagnit (1) dan iborat. Kalit ulanib, elektromagnit chulg'amidan tok o'tganida elektromagnit o'zagi magnitlanadi va yakor (2) ni o'ziga tortadi. Bu bilan yakor ishclii zanjirii kontakt (3) ni ulaydi.

Ish zanjiriga turli elektr iste'molchilar - elektr dvigatellar, elektr lampalar va boshqa elektr asboblari ulanishi mumkin. Rele zanjiri uzilganda prujina (4) yakor (2) ni yuqoriga tortadi va ish zanjiri uziladi. Ish zanjiriga dvigatel (5) ulangan.

«Rele» so'zi fransuzcha bo'lib, «almashtirib qo 'shish» degan ma'noni bildiradi. Bu nom bilan Fransiyada aloqa bo'limlari atalgan. Aloqa bo'limlarida aloqa aravalarining charchagan otlari yangilariga almashtirib turilgan.

Elektromagnit rele yakori (2) ning tortilishi uchun elektromagnitli zanjirga kicliik kuclilanislili, masalan, 1,5-4,5 V kuchlanishli manba ulanadi. Bunda yakorning elektromagnitga tortilishi uchun chulg'amdan kuchsiz tok o'tkazilishi kifoya. Ish zanjiri esa katta kuchlanishli, masalan, 220-5000 V kuchlanishli elektr tarmoqqa ulangan bo'lib, undan katta tok o'tadi. Rele kicliik kuchlanishli zanjir yordamida katta kuchlanishli zanjirlarni ulab-uzishga imkon beradi.






Elektromagnit rele texnikaning barcha sohalarida, ayniqsa, avtomatika sohasida keng qo'llaniladi.

1. Katta binolarda yong'in haqida xabar beruvchi qurilmaning ishlasliini ко'rib chiqaylik.

Xonaning shipiga o'rnatilgan termoelement yong'in sodir bo'lishi bilan qiziydi va unda tok hosil bo'ladi. Termoelement relega ulangan bo'lib, termoelement hosil qilgan tok rele kontaktlarini ulaydi. Shu zahoti sirena lampoch- kalari yonadi va yong'in o'chiruvchi nasoslar dvigatellari ishga tushadi yoki yong'in o'chirish idorasiga xabar beradi.

2. Metroga kirishdagi o'tish joyida fotoelementli elektromagnit rele qo'llaniladi. Agar o'tish joyidan jeton tashlamasdan o'tmoqchi bo'lsangiz, ikki chekkadan kuraklar chiqadi va yo'lingizni to'sib qo'yadi. Sizning jeton tashlamasdan o'tayotganingizni kuraklar qanday sezadi?

Agar e'tibor bergan bo'lsangiz, o'tish joyining bir tomonidagi darchadan nur dastasi chiqib, ikkinchi tomondagi darcha ichiga tushib turadi. Yorug'lik nuri fotoelementga tushib turganida unda uzluksiz tok hosil bo'lib turadi va relening yakori elektromagnitga tortilgan holatda bo'ladi. Yakorning bu tortilib rishi ishclii zanjirni uzuq holatda ushlab turadi.

Agar ikki darcha orasidan odam o'tsa, nur dastasi to'siladi va shu zahoti fotoelementda tok hosil bo'lishi to'xtaydi. Darhol yakor elektromagnitdan uzoqlashadi va ishchi zanjir ulanadi. Ishchi zanjirga maxsus mexanizmlar o'rnatilgan bo'lib, undan tok o'tishi bilan o'tish joyidagi kuraklarni harakatga keltiradi va ular yo'lni to'sib qo'yadi. Agar ikki darcha orasidan odam o'tsa, nur dastasi to'siladi va shu zahoti fotoelementda tok hosil bo'lishi to'xtaydi. Darhol yakor elektromagnitdan uzoqlashadi va ishchi zanjir ulanadi. Ishchi zanjirga maxsus mexanizmlar o'rnatilgan bo'lib, undan tok o'tishi bilan o'tish joyidagi kuraklarni harakatga keltiradi va ular yo'lni to'sib qo'yadi.

Odam o'tish joyidan orqaga qaytishi bilan darcha- lardan nur dastasi fotoelementga tushib, yana yakor elektromagnitga tortiladi va ishclii zanjirni uzadi. Shu zahoti kuraklar o'z joyiga qaytadi va yo'l ochiladi. Jeton tashlamasdan yana bir bor o'tishga harakat qilinsa, kuraklar yana yo'lni to'sib qo'yadi.

Agar o'tish joyiga o'rnatilgan maxsus teshikka jetonni tashlasangiz, u shu zahoti ishclii zanjirini boshqa bir joyidan uzadi. Bu holatda darchalar orasidagi nur dastasini kesib o'tsangiz ham kuraklar harakatga kel- maydi va yo'lingiz to'silmaydi.

Metroning o'tish joyida uzuvclii rele qo'llaniladi. 3. Ko'p qavatli binolarga eltuvclii liftlarda ham fotoelementli rele qo'llaniladi. Lift eshigining pastki qismida bir darchadan nur dastasi chiqib, ikkinchi darchaga tushadi. Lift eshigi yopilayotgan paytda odam o'tayotgan bo'lsa, nur dastasi to'siladi. Shu zahoti esliik yopilishdan to'xtaydi va orqaga qaytadi. Bu bilan liftga kirayotgan yoki undan chiqayotgan odamni eshik qisib qolisliining oldi olinadi.

Liftda qo'llaniladigan relening islilash prinsipi metroning o'tish joyiga qo'yil- gan relenikidan farqi shundaki, metroning o'tish joyida nur dastasi to'silsa, yo'l bekiladi. Liftda esa nur dastasi to'silsa, esliik ochiladi. Metroning o'tish joyida uzuvclii rele qo'llaniladigan bo'lsa, liftda ulovclii rele qo'llaniladi.



Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish