Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini uyg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars uslubi: Aralash
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Davomad aniqlash. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzuni takrorlash: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Magnit maydondagi tokli o'tkazgichga kuch ta'sir etadi. Uni o'rganish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik.
163- a rasmda tasvirlangan zanjirni va qurilmani yig'aylik. Unda egiluvchan AB o'tkazgich shtativga osib qo'yilgan. O'tkazgich uclilari zanjirga ulangan. AB o'tkazgich magnit qutblari orasiga qo'yilgan, ya'ni magnit maydonga joylashtirilgan.
Zanjir ulanganda o'tkazgich harakatga keladi, ya'ni o'tkazgich magnitga tortiladi (163- b rasm). Agar magnit tortib olinsa, tokli o'tkazgich o'z holatiga qaytadi. Magnitning qutblari almashtirilsa, o'tkazgich magnitdan itariladi. Agar zanjirda tokning yo'nalislii o'zgartirilsa, o'tkazgich magnitga tortiladi.
Demak, magnit kuch chiziqlarining yo'nalislii, o'tkazgichdagi tokning yo'nalislii va o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuclining yo'nalislii o'zaro bog'liq ekan.
Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchining yo'nalisliini chap qo'l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin (164- rasm).
Chap qo'lning kaftini unga magnit kuch chiziqlari kiradigan qilib tutib, to'rt barmoq tokning yo'nalishi bo'yicha tutib turilsa, 90°ga kerilgan bosh barmoq o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchning yo'nalishini ko'rsatadi.
165-rasmda tasvirlangan zanjirni va qurilmani yig'ib, tokli ramkani magnit maydonga joylashtiraylik. Elektr zanjir ulansa, ramka buriladi va magnit kuch chiziqlariga perpendikular turib qoladi.
Agar tokning yo'nalislii o'zgartirilsa, ramka 180° ga buriladi. Magnit maydonda tokli ramkaning burilishi xossasidan elektr o'lchov asboblarida foydalaniladi.166-rasmda eng oddiy ampermetrning tuzilishi tasvirlangan. Bunda (1) magnitda (2) qutb uchliklari mahkamlangan. Harakatlanuvchi qism - ramka (3) aluminiy karkasdan iborat, unga ingiclika mis sim o'ralgan. Ramka qo'zg'almas (4) o'zak atrofida erkin aylana oladi. Ramka (5) o'qqabiriktirilgan. Chulg'amdagi (6) simning uclilari zanjirga ulanadi. Ramkaning o'z holicha aylanisliiga (7) spiral qarsliilik qiladi.
Ramka chulg'amlaridan tok o'tganda, magnit maydon ta'sirida ramka magnit qutblariga perpendikular holatga o'tishga harakat qiladi. Ramkaning 90° ga burilisliiga spiral (7) qarsliilik qiladi. Zanjirdagi tok qancha katta bo'lsa, o'q (5) ga mahkamlangan strelka (8) shuncha katta burchakka buriladi. Strelka darajalangan shkala (9) da tok kucliining tegislili qiymatini ko'rsatadi. Zanjirdagi tok uzilganda spiral ta'sirida ramka dastlabki holatiga, strelka esa 0 qiymatga qaytadi. Voltmetrning ishlash prinsipi ham ampermetrga o'xshashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |