Vilka va rozetkani ulash Ko'chadagi simyog'ochdan xonadon elektr zanjiriga ulangan simlardan biri neytral, ikkinchisida esa kuchlanish mavjud. Kuclilanislili sim bilan neytral sim orasidagi kuchlanish 220 V ga teng bo'ladi. Xonadon elektr zanjiriga ulangan bu ikkita sim xonadonning barcha qismida o'zaro yonma-yon va parallel bo'ladi (100- rasm). Bu simlar hech bir joyda bir-biriga bevosita ulanib qolmagan bo'lishi kerak.
Xonadondagi barcha elektr asboblarning bitta simi zanjirning kuclilanislili simiga, ikkincliisi esa neytral simga ulanadi. Elektr asboblar xonadon elektr zanjiriga to'g'ridan to'g'ri emas, balki vilka va rozetka orqali ulanadi. Elektr asbobdan chiqqan shnur ichida bir-biridan izolatsiyalangan ikkita o'tkazgich (sim) mavjud. Slinur uchi vilkaga ulangan. Ko'p hollarda vilka va shnur birgalikda bo'ladi. Ayrim hollarda vilka slinurga vintlar yordamida malikamlanadi (105- rasm). Buning uchun shnurdagi liar bir o'tkazgich uchidan 10—15 mm uzunlikdagi izolatsiyasi tozalanadi. So'ngra izolatsiyadan tozalangan o'tkazgichlar uclii halqa qilib buraladi va vintlar yordamida vilkaga malikamlanadi.
Imkoni bo'lsa halqa shaklida buralgan o'tkazgichlar uchi kavsharlagich bilan kavsharlab qo'yilishi lozim.
Rozetkani ulashdan awal xonadondagi elektr simlar tarmoqdan uzilishi shart. Bu ish elektr liisoblagichda amalga oshiriladi. Rozetkani ulashga kirisliish uchun o'tkazgiclilarning uchlari izolatsiyadan tozalab, halqa shakliga keltiriladi. So'ngra vintlar halqa icliiga kirgizilib, rozetkaga buraladi (106- rasm). O'tkazgiclilarga ulangan rozetka tegishli joyga malikamlab qo'yiladi.
Ba'zi hollarda elektr asboblari rozetkaga uzaytirgich orqali ulanadi. Uzaytirgiclining bir uchi vilkali bo'lsa, ikkinclii uclii rozetka vazifasini o'taydi. Uzaytirgiclining ikkinchi uclii bir emas, balki bir nechta rozetkali bo'lishi mumkin (107- rasm).
Kimyo darslaridan ma'lumki, modda atom va molekulalari bir-biri bilan uch xil bog'lanishda bo'ladi: metall bog'lanish, kovalent bog'lanish va ionli bog'lanish.
Ionli bog'lanishga misol qilib osh tuzi — natriy xlorid (NaCl)ni keltirish mumkin. Natriy (Na) atomida 11 ta elektron bo'lib, ulardan 1 tasi tashqi elektron qobig'ida bo'ladi. Xlor (CI) atomida esa 17 ta elektron bo'lib, ulardan 7 tasi tashqi elektron qobiqda aylanadi.
Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi barcha elementlarning alohida olingan atomi elektr neytraldir. Chunki, atom yadrosidagi musbat zaryadli protonlar nechta bo'lsa, shu atom yadrosining atrofida aylanib yurgan manfiy zaryadli elektronlar soni ham shuncha bo'ladi. Shunga o'xshash Na va CI atomlari alohida olinganda elektr neytraldir.
Xlor atomining tashqi elektron qobig'i to'lishi uchun 1 ta elektron yetishmaydi. Xlor va natriy atomlari bir-biriga yaqinlashganda elektronlar almashishi yuz beradi. Xlor atomi natriy atomining tashqi elektron qobig'idan 1 ta elektronni tortib oladi. Natijada xlor atomi manfiy zaryadli xlor ioniga (CI"), natriy atomi esa musbat zaryadli natriy ioniga (Na+) aylanib qoladi. Bu jarayonni quyidagi tengliklar bilan ifodalash mumkin:
Na - e = Na+ CI + e = CI- Turli ishoraga ega bo'lgan natriy va xlor ionlari bir-biri bilan Kulon kuchi bilan tor- tishishib, NaCl kristall panjarasini hosil qiladi.