TRANSFORMATORLAR
I1U1 I2U2
132. GES generatorining rotori 125 ayl/min chastota bilan aylanmoqda. Necha juft qutb bo'lganda, 50 Hz chastotali o'zgaruvchan tok hosil bo'ladi?
133. Agar o'zgaruvchan tok generatorining aylanish tezligini ikki marta kamaytirib, juft qutblar soni ikki marta orttirilsa, tokning chastotasi qanday o'zgaradi?
134. Transformator qanday asbob?
135. Berilgan jumlaning mazmuniga mos ravishda gapni davom ettiring. Elektr zanjirda transformator: 1) to'g'rilagich sifatida ishlatiladi; 2) o'zgaruvchan tok chastotasini o'zgartirish uchun ishlatiladi; 3) o'zgaruvchan tok kuchlanishini o'zgartirish uchun ishlatiladi; 4) o'zgaruvchan tok kuchini o'zgartirish uchun ishlatiladi.
136. Transformatorning ishlashi ... ga asoslangan. Nuqtalar o'rniga quyidagilardan to'g'risini tanlab qo'ying.
137. Transformatorning transformatsiya koeffitsienti ifodasini toping.
138. Transformatorning birinchi chulg'amiga 220 V kuchlanish berildi. Agar transformatsiyalash koeffitsienti 0,8 bo'lsa, ikkinchi chulg'amdagi kuchlanish qanday bo'ladi (V)?
139. Transformatorning birlamchi chulg'amiga 220 V kuchlanish berilgan. Birlamchi chulg’amdagi o'ramlar soni 400. Ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni 200. Ikkilamchi chulg'amdagi kuchlanish qanday (V)?
140. Transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi o'ramlar soni 990 ta, kirishidagi kuchlanish 220 V, chiqishidagi kuchlanish 330 V bo'lsa, birlamchi chulg'amdagi o'ramlar soni qanday?
141. Transformatorning birlamchi chulg'ami 40 o'ramdan iborat. Kuchlanishni 220 dan 22000 V gacha orttirish uchun transformatorning ikkilamchi chulg'amidagi o'ramlar soni nechta bo'lishi kerak?
142. Transformatorning birlamchi chulg'amiga 220 V kuchlanish berilgan. Ikkilamchi chulg'amdagi kuchlanish 10 V. Agar ikkilamchi chulg’amdagi o'ramlar soni 100 ta bo’lsa, birlamchi chulg'amdagi o'ramlar soni qanday?
143. Transformatorning birlamchi chulg'amida 840 ta o'ram bor. Transformatsiya koeffitsienti 4,2 ga teng bo'lsa, ikkinchi chulg'amda nechta o'ram bor?
144. Birinchi chulg'amida 600 ta o'rami bo'lgan transformator 220 V kuchlanishni 880 V gacha ko'tarib berayapti. Transformatsiyalash koeffitsientini va ikkinchi chulg'amdagi o'ramlar sonini aniqlang.
145. Birlamchi chulg'amida 900 ta o'rami bo'lgan transformator kuchlanishni 220 V dan 660 V gacha oshiradi. Transformatsiyalash koeffitsienti va ikkilamchi chulg'amdagi o'ramlar soni topilsin.
146. Pasaytiruvchi transformatorning ikkilamchi chulg'ami zanjiridagi kuchlanish 80 V va tok kuchi 2 A. Kuchlanish 160 V bo'lgan birlamchi chulg'amdagi tok kuchi necha amper? Isrofni hisobga olmang.
147. Ishlayotgan transformator ikkinchi chulg'amidan olinayotgan tok oshishi bilan birinchi chulg'amga ketma-ket ulangan ampermetr ko'rsatishi qanday o'zgaradi?
148. Transformatorning birlamchi chulg'amidagi kuchlanish 200 V, tok kuchi 0,5 A, ikkinchi chulg'amida - 38 V va 2,5 A bo'lsa, transformatorning FIK necha foiz?
149. Kuchaytiruvchi transformatorda qaysi chulg'amdagi simning kesimi katta bo'lishi kerak? A) ikkilamchi. B) birlamchi. C) ikkalasiniki. D) sim kesimi yuzining ahamiyati yo'q. E) TJY.
150. Transformator salt ishlaganda, 1 W quvvat iste'mol qiladi. Agar transformatorga 400 W quvvat qabul qiluvchi asbob ulansa, uning FIK i 98% ga teng bo'ladi. Transformator chulg’amlarini qizdirishga necha vatt quvvat sarflanadi?
151. Pasaytiruvchi transformatorning birlamchi chulg'ami 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan. Transformatorning ikkilamchi chulg'ami uchlaridagi kuchlanish 20 V, chulg'amning qarshiligi 1 , undan o'tayotgan tok kuchi 2 A bo'lsa, transformatorning transformatsiya koeffitsienti qanday?
152. Pasaytiruvchi transformator chiqishidagi kuchlanish 30 V. Unga har biri 0,8 A tok iste'mol qiladigan 100 ta lampochka ulangan. Agar transformatorning FIK 96% bo'lsa, uning kirishidagi quvvati qanday (kW)?
Do'stlaringiz bilan baham: |