8-sinf 4-chorak uchun baza toklarning o'zaro ta'siri. Magnit maydon



Download 0,71 Mb.
bet2/5
Sana13.07.2022
Hajmi0,71 Mb.
#785706
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 sinf 4-chorak uchun BAZA savollari

Amper kuchi

To'g'ri tok maydonining magnit induksiyasi: . Tokli doiraviy o'tkazgichning markazidagi magnit induksiya: N o'ramga ega bo'lgan tokli g'altak markazidagi magnit induksiya:
Tokli yassi konturning magnit momenti: .
Tokli yassi konturga ta'sir etuvchi kuch momenti:
Ikkita parallel, cheksiz uzun tokli o'tkazgichlarning l uzunligiga to'g'ri keladigan o'zaro ta'sir kuchi:
24. Muhitdagi cheksiz to'g'ri I tokning o'zidan r masofada hosil qiladigan magnit maydon induksiyasining ifodasini ko'rsating.
25. To'g'ri uzun o'tkazgichdan 2 A tok o'tmoqda. Undan 1 sm masofadagi magnit maydon kuchlanganligi necha A/m ga teng?
26. 15 A tok o'tayotgan cheksiz uzun to'g'ri o'tkazgichdan hayoda 10 sm masofada joylashgan nuqtadagi magnit maydon induksiyasi topilsin. ( о=4 *10-7 T*m)
27. Tokli to'g'ri o'tkazgichdan kuzatilayotgan nuqtagacha bo'lgan masofa 2 marta ortganda, magnit maydon induksiyasi qanday o'zgaradi?
28. O'ramlar soni 600, uzunligi 1 m bo'lgan solenoiddan 2 A tok o'tmoqda. Uning ichidagi magnit maydon kuchlanganligi necha A/m ga teng?
29. Bir-biridan d masofada joylashgan va har biridan bir xil yo'nalishda I tok o'tayotgan ikki o'zaro parallel to'g'ri o'tkazgichlarning o'rtasidagi nuqtada magnit maydon induksiyasi qanday bo'ladi?
30. Rasmda 5 juft tok unsurlari (tokning kichik bo'lakchalari) keltirilgan. Qaysi holda ular o'zaro itarishadi?
A) B) С) D) Е) .
31. Magnit induksiyalari 0,3 va 0,4 T bo'lgan va o'zaro tik yo'nalgan ikkita bir jinsli magnit maydonlar qo'shilganda, natijaviy maydonning magnit induksiyasi necha tesla bo'ladi?
32. Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'sir kuchini ifodalaydigan formulani ko'rsating.
33. Amper qonuni formulasini ko'rsating.
34. Magnit maydon induksiyasi va o'tkazgichning uzunligi 4 martadan kamayganda bir jinsli magnit maydonda tokli to'g'ri o'tkazgichga ta'sir qiluvchi Amper kuchi qanday o'zgaradi?
35. Induksiyasi 0,1 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonda induksiya chiziqlariga parallel holatda 10 sm uzunlikdagi 0,5 A tokli to'g'ri o'tkazgich joylashtirilgan. O’tkazgichga magnit maydonning ta’sir kuchi qanday (N)?
36. Induksiyasi 0,3 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonga uzunligi 0,6 m bo'lgan 10 A tokli o'tkazgich kiritildi. Magnit maydon tomonidan shu o'tkazgichga ta'sir etishi mumkin bo'lgan eng katta va eng kichik kuchlarni aniqlang (N).
37. Induksiyasi 2 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonda uzunligi 0,2 m bo'lgan o'tkazgich joylashgan. Agar o'tkazgichdan o'tayotgan о’zgarmas tok kuchi 5A bo’lsa, magnit maydon tomonidan o'tkazgichga ta'sir etuvchi maksimal va minimal kuchlar nimaga teng bo'lishi mumkin (N)?
38. Uzunligi 20 sm bo'lgan va 10 A tok o'tayotgan o'tkazgich induksiyasi 2 mT bo’lgan magnit maydonda joylashgan. Tok va magnit induksiyasi yo'nalishlari o'zaro 30° burchak hosil qilsa, Amper kuchi qanday (mN) bo'ladi? sin30°=0,5.
39. Induksiyasi 5 T bo'lgan magnit maydonda uzunligi 20 sm bo'lgan o'tkazgich bo’lib, undan 10 A tok o’tmoqda. Agar o'tkazgich magnit induksiyasi yo'nalishi bilan 30° burchak hosil qilsa, unga maydon tomonidan necha nyuton kuch ta'sir qiladi?
40. Magnit induksiya chiziqlariga tik joylashgan tokli o'tkazgichga 2,8 N kuch ta'sir etmoqda. O'tkazgich bilan induksiya chiziqlari orasidagi burchak 30° bo'lganda, ta'sir kuchi qanday bo'ladi (N)?
41. Bir jinsli magnit maydon induksiyasi vektori va tokli to'g'ri o'tkazgich orasidagi 30° burchak 2 marta orttirilsa, o'tkazgichga ta’sir qiluvchi Amper kuchi qanday o'zgaradi?
42. Tokli o'tkazgich bilan magnit maydon induksiya chiziqlari orasidagi burchak 30° dan 90° gacha ortsa, Amper kuchi qanday o'zgaradi?
43. 2 A tokli 50 sm uzunlikdagi o'tkazgichga induksiyasi 0,1 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonda 0,05 N kuch ta'sir etadi. O'tkazgich bilan magnit induksiya vektori orasidagi burchak kosinusini toping.
44. Induksiyasi 40 mT bo'lgan magnit maydon aktiv qismining uzunligi 10 sm bo'lgan to'g'ri o'tkazgichga 60 mN kuch bilan ta'sir etmoqda. O'tkazgichdagi tok kuchi 30 A. O'tkazgich magnit maydon induksiyasi vektori bilan qanday burchak hosil qiladi?
45. Uzunligi 1,4 m bo'lgan o'tkazgich magnit induksiyasi 0,25 T bo'lgan maydonda joylashgan. Undan 12 A tok oqqanda o'tkazgichga 2,1 N kuch ta'sir qilishi uchun o'tkazgich va magnit induksiya vektori orasidagi burchak qanday bo'lishi kerak?
46. 2,5 A tokli 20 sm uzunlikdagi o'tkazgichga induksiyasi 20 T bo'lgan magnit maydonda 5 N kuch ta'sir etadi. O'tkazgich bilan magnit induksiya vektori orasidagi burchakni toping.
47. 0,3 m uzunlikdagi o'tkazgich induksiyasi 0,4 T bo'lgan magnit maydonning induksiya chiziqlariga tik ravishda joylashgan. О’tkazgichdan 1minutda 180 С zaryad oqib o'tsa, unga necha nyuton kuch ta'sir etadi?
48. Induksiyasi 0,1 T bo'lgan magnit maydon chiziqlariga tik joylashgan 1 m uzunlikdagi o'tkazgichga maydonning ta'sir kuchi 1 N ga teng. Undagi tok kuchi necha amper?
49. Induksiyasi 0,4 T bo'lgan magnit maydon chiziqlariga tik qilib joylashtirilgan 0,5 m uzunlikdagi o'tkazgichga 0,4 N kuch ta'sir qiladi. Shu o'tkazgichdagi tok kuchi necha amper?
50. Agar tokli o'tkazgichga ta'sir etayotgan magnit maydon induksiyasi 70 marta kamaysa, o'tkazgichning uzunligi 7 marta ortsa, o'tkazgichdan o'tayotgan tok kuchi necha marta o'zgarganda, Amper kuchi 10 marta kamayadi?
51. Induksiyasi 2 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonga aktiv uzunligi 0,5 m bo'lgan 5 A tokli o'tkazgich induksiya chiziqlariga tik holatda joylashtirilgan. O'tkazgichga ta'sir etayotgan Amper kuchi va og'irlik kuchi o'zaro qarama-qarshi yo'nalgan. Agar o'tkazgich muvozanatda bo'lsa, uning massasi qanday (kg)?
52. Ingichka iplarga osilgan, uzunligi L va massasi m bo’lgan o'tkazgich bir jinsli magnit maydonda turibdi. O'tkazgichdan tok o'tganida u osilgan iplar vertikal bilan α burchak hosil qilsa, magnit maydon induksiyasi qanday?
53. Uzunligi 20 sm va massasi 5 g bo'lgan gorizontal simdan 5 A tok o'tmoqda. Bu sim magnit maydonda muallaq holatda turishi uchun magnit maydon induksiyasining moduli va yo'nalishi qanday bo'lishi kerak?
5 4. Tokli o'tkazgich magnit qutblari orasida rasmda ko'rsatilgandek joylashgan. O'tkazgichga ta'sir etuvchi kuch yo'nalishi aniqlansin.
5 5. Tokli o'tkazgich magnit maydonga rasmda ko'rsatilgandek joylashtirildi. O'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchning yo'nalishini aniqlang.
5 6. Rasmda magnit maydonda joylashgan tokli o'tkazgich berilgan. Tok chizma tekisligiga tik ravishda o'quvchi tomon yo'nalgan. Amper kuchi qanday yo’nalgan?
5 7. Rasmda keltirilgan hol uchun tokli o'tkazgichga ta'sir qiluvchi Amper kuchining yo'nalishini ayting.

58. Rasmda keltirilgan hol uchun tokli o'tkazgichga ta'sir qiluvchi Amper kuchining yo'nalishini aniqlang.


5 9. Rasmdagi tokli o'tkazgichga magnit maydon tomonidan ta'sir etayotgan kuchning yo'nalishiga qarab, magnit induksiyasi vektorining yo'nalishini aniqlang. Tok rasm orqasiga yo'nalgan.
60. Qaysi holda tokli o'tkazgichga magnit maydon tomonidan ta'sir qiluvchi kuch yo'nalishi chizma tekisligida chapga yo'nalgan?

61. Uzunligi 0,1 m bo'lgan o'tkazgichdan 6 A tok o'tmoqda. Bu o'tkazgich induksiyasi 0,4 T bo'lgan bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga 30° burchak ostida joylashtirildi. O'tkazgichni Amper kuchi yo'nalishida 0,02 m masofaga ko'chirishda bajariladigan ish qanday (mJ) bo'ladi?
6 2. Taqasimon doimiy magnit qutblari ustiga rasmdagidek joylashtirilgan o'tkazgichdan tok oqqanda bu o'tkazgich qanday harakat qiladi? (Doimiy magnit qo’zg'almaydi.)
63. XBS dagi o'lchamligi kattalik birligining nomi nima?

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish