8-sinf. “ Huquq” Mavzu: “Kirish” Darsning ta’limiy maqsadi


II . O’TILGAN MAVZUNING TAHLILI: Mavzuga oid savol-javob



Download 4,07 Mb.
bet12/158
Sana24.01.2022
Hajmi4,07 Mb.
#407606
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   158
Bog'liq
8-sinf Huquq 127-bet

II . O’TILGAN MAVZUNING TAHLILI: Mavzuga oid savol-javob. (8 daqiqa)
III. YANGI MAVZU REJASI:

1. Davlat funksiyalari tushunchasi

2. Davlat funksiyalari bo’linishi.

3. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari.

IV. YANGI MAVZU BAYONI:

Davlat funktsiyasi tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanida eng muhim kategoriyalardan biri hisoblanadi. CHunki davlat funktsiyalari bilan bog’liq masalalarini o’rganish uning ma’no-mohiyati, jamiyatda tutgan o’rni va ijtimoiy vazifasini yanada chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi.

Huquqiy adabiyotlarda «Davlat funktsiyasi» tushunchasi hali yetarli darajada tadqiq etilmagani, bu borada nisbatan yagona fikrni yo’qligini ta’kidlab o’tish joiz. Biroq hamma mutaxassislar davlat funktsiyasi, uning ma’no-mohiyati, majburiyati hamda maqsad-vazifalarini ifodalashini e’tirof etadilar.

Falsafada funktsiya deganda biron-bir ob’ekt xususiyatlarini ma’lum munosabatlar tizimidagi tashqi ifodasi tushuniladi.

Funktsiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir. CHunki «funktsiya» lotin tilidan olingan bo’lib, «faoliyat» degan ma’noni anglatadi. U qo’llanish vakolatiga ko’ra proportsional ravishda o’zgarib boradi. Davlat funktsiyalarida uning mohiyati va ijtimoiy yo’naltirilganligi, maqsad va vazifalari aks etadi. SHuni aytish kerakki, funktsiya davlat tashkilotining ichida tadbiq qilinishi mumkin emas, ular jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etgan holda tadbiq qilinadi.

Davlat jamiyatning mahsuli sifatida yuzaga kelib, unga nisbatan boshqaruvchi tizimga, unda ro’y beruvchi barcha eng muhim jarayonlarga ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylandi.

Davlat hech qachon inert ko’rinishda namoyon bo’lmaydi, u doimo harakatda bo’ladi. Bu faol harakat uning yashash tarzi hisoblanadi. Bu bevosita davlatning tabiati va mohiyatidan kelib chiqadi.

Davlatning funktsiyalari - bu faoliyat yo’nalishi, biroq yo’nalishning aynan o’zi emas. Funktsiyalarni amalga oshirish faoliyati ma’lum tarixiy mazmun bilan to’ldiriladi, binobarin, amalga oshirish jarayonida ularning o’zaro nisbati (solishtirma vazni, har bir funktsiyaning boshqa tizimdagi ahamiyati) orqali yuzaga keladi.

Davlat faoliyati sohalari jamiyatda yuzaga keladigan munosabatlar kabi turli xil ko’rinishda bo’lgani sababli, davlat nazariyasi oldida uning sinfiy va umuminsoniy mohiyati hamda ijtimoiy ahamiyati aks etuvchi va konkretlashuvchi uning ichki va tashqi faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilash muammosi turadi. SHu bilan birga, davlatning funktsiyalarida faqat uning mohiyati aks etadi, deb o’ylash ham noto’g’ri bo’ladi. CHunki siyosiy hukmronlik vaziyatida, davlatni boshqarish xususiyatidan kelib chiquvchi vazifa va funktsiyalari paydo bo’ladi. Asosiy yo’nalishlarni ajratish bu umuman davlat faoliyatini (biroq uning organlari faoliyatini emas) «maydalash» demakdir. Bosh yo’nalishlar – davlat faoliyatining ijtimoiy muhim tarmoqlari bo’lib, ularni amalga oshirishga uning biror - bir alohida bo’g’inlari emas, balki barcha organlari jalb qilinadi. Aks holda jamiyatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati funktsiyalarda o’z aksini topmaydi, oxir- oqibatda esa, «davlatning funktsiyasi» kategoriyasi o’zining nazariy va amaliy ma’nosini yo’qotib, mavhum (quruq muhokamaga asoslangan) bir tushunchaga aylanadi.

Davlat funktsiyalarining asosiy belgilari, ularning davlat mohiyati va ijtimoiy vazifalari bilan bevosita bog’liqligi, ma’lum tarixiy bosqichlarda turlicha bo’ladigan, davlatning oyoqqa turish, mustahkamlanish va rivojlanish jarayonida o’zgarib boradigan vazifalarni davlat maqsadlarida hal qilishga yo’naltirilganidan iborat bo’lishi umumiy qabul qilingandir.

Davlatning har bir funktsiyasi siyosiy – predmet ta’rifiga ega bo’ladi. CHunki uning mazmuni, faoliyat predmeti nimadan iborat ekani, u yoki bu maqsadlarga erishish yo’lida qanday vositalar qo’llanishini ko’rsatadi.

Davlat uni qo’llab-quvvatlovchi shaxslarning ongliligi hamda turli sinfiy, milliy va boshqa ijtimoiy manfaatlarni hisobga ola bilishi, bunda umuminsoniy, insonparvarlik qadriyatlariga tayanishi bilan kuchli bo’ladi. Bundan boshqacha biror-bir davlatni taraqqiy etgan deb hisoblab bo’lmaydi.



Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish