Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda har qanday mehnatda majburiy bo'lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo'ysunish tamoyillarining buzilishidir. Masalan, ishga, o'qishga kech qolish; ishga yoki o'qishga sababsiz kelmaslik, yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste'mol qilgan holda kelish va boshqalar.
Fuqarolik huquqbuzarligi — insonlarning mulkiga yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarardir. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shartnomalarni, majburiyatlami bajarmaslik va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |