Gaz ta’minoti sistemalarining ishonchli va tejamkorli ishlashda gaz quvurlarining to‘g‘ri joylanish va yotqizilishining ahamiyati kattadir. Gaz quvurlarning joylanishni tanlashda qo‘ydagi shartlarni hisobga olish kerak: istemolchilargacha bo‘lgan oraliq masofani tanlash; yo‘lak kengligini va yo‘nalishini tanlash; yo‘l qatlamining ko‘rinishi; gaz quvurlari trassa yo‘nalishi bo‘yicha turli xil inshoatlar va to‘siqlar mavjudligigi; joyning relefi; gaz trassasi bo‘yicha kvartallarning joylanishi va h.k.z.
Gaz quvurlari trassalari orqali gazni etkazib berish eng qisqa yo‘lini tanlash kerakdir. Qabul qilingan gaz ta’minoti tasvirida, yo‘lakning kengligi, gaz quvuridan binogacha bo‘lgan oraliq masofalari turli xil er osti kommunikaцiya oraliq masofalari talabi kondirilgan bo‘lishi kerakdir. Er osti gaz quvurlarida avariya holati sodir bo‘lganda quvurlardan gazning chiqishi va ularning turli joylarda yig‘iluvi, ba’zi hollarda avariyaga o‘chragan joydan, uzoq masofalargacha gaz oqimi etib borishi mumkin. Gaz oqimi avariya holatida binolarning er to‘lalariga, quduqlarga va er osti kommunikaцiyasi kanallarga yig‘ilganda, portlash xavfi holati konцentraцiya hosil bo‘lishi mumkindir.
Bunday holatlarda gaz oqimining bino er tulalarida, telefon va issiklik quvurlari tunnellarida, turar joy va umum jamoa binolari bilan aloqador joylarda yig‘iluvi o‘ta xavfli hisoblanadi. Kanalizaцiya quvurlarining chuqurligi, gaz quvurlariga nisbatan pastda joylanishga qaramasdan gaz oqimi juda uzoq masofalarga kanalizaцiya quvurlari tarmoqlari orqali etib borishi mumkin. Gaz quvurlari er osti tranцiyasida birga yotqizilganda ularning o‘zaro oraliq masofalari 0,4-0,5 m. masofada bo‘lganda ruxsat etiladi. Gaz quvurlarining joylanishga turli xil to‘siqlarning ham ta’siri bo‘ladi. Bular qo‘yidagilar: daryolar, suv havzalari, turli xil jarliklar; temir yo‘li va avtomobil yo‘llari trassalari va h.k.z. Tabiiyki gaz quvurlarining joylanish trassalarini tanlashda tabiiy va suniy to‘siqlarning soni imkon darajasida kam bo‘lganligi ma’qul.
Gaz tarmoqlarining joylanishida boshqa inshoatlar bilan ular oralig‘idagi masofalar saqlanishi kerak.
43–rasm. Gaz quvurining boshqa kommunikaцiya tarmoqlari bilan birgalikda yotqizilishi. 1 -issiqlik tarmog‘i; 2-gaz quvuri; 3-suv tarmog‘i. Masalan: gaz tarmog‘i bilan boshqa kommunikaцion tarmoqlar suv tarmog‘i, issiqlik tarmog‘i, kanalizaцiya, suv yig‘uvchi kanallar va h.k.z. oraliq masofalar qurilish meyorlari va qoidalarida (QM i K) keltirilgan. (30-jadvalga qarang). Er osti gaz quvurlarning gorizantal yo‘nalish bo‘yicha turli xil inshoatlar va kommunikaцiya tarmoqlari oralig‘idagi minimal masofalar. 30-jadval
Amaliyotda turli xil er ostidan o‘tkazilgan kommunikasiya tarmoqlarini er osti kanallarida birgalikda bir kanalda joylanib yotqizilish mumkin. Masalan: tarmoqdagi gazning bosimi 0,3 MPa gacha bo‘lganda ko‘rilish meyori va qoidalarida (QMQ) suv tarmoqlari, kanalizasiya va boshqa kommunikasiyali tarmoqlari bilan birgalikda er osti transhiyalarida o‘tkazilishi mumkin.
Gaz quvurining boshqa kommunikasiya tarmoqlari bilan birgalikda yotqizilishi.
Bunday holda, gaz quvuri bilan boshqa tarmoqlar (43 - rasm) oralig‘idagi masofa gorizontal bo‘yicha 0,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Quvurdagi gazning bosimi 5000 Pa bo‘lgan kvartal ichki kollektorlarida ham birgalikda boshqa kommunikasiyalar suv tarmog‘i, elektr va aloqa kabellar bilan birgalikda yotqizilishiga ruxsat etiladi, bu holatda kollektorlarda doimiy harakatdagi bir soatda uch karra (marotaba) havo almashtirishni ta’minlovchi ventilyasiya sistemalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerakdir. Gaz ta’minoti sistemalarida gaz quvurlari ularning yotqizilishiga qarab er ostidan va er ustidan yotqizilgan bo‘ladi.