49. Buxoro amirligining harbiy harakatlari chog’ida quyidagi qaysi harbiy qurol tuyalarning egarlari ustiga mahkam qilib o’rnatilgan? A) To’p B) To’fang C) Piltamiltiq D) Sadoq
50. Quyidagi qaysi lavozim egasi Buxoro amiriligida istiqomat qiluvchi arab jamoalari masalalari bilan shug’ullangan? A) Bosh inoq B) Quyi qo’shbegi C) Parvonachi D) Otaliq
18-19-mavzu 1. Buxoro amirligi iqtisodiyotida qaysi tarmoq yetakchi bo’lgan? A) Hunarmandchilik B) Qishloq xo’jaligi C) Paxtachilik D) Qorako’lchilik
2. Quyida berilgan qaysi shaharda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurildi? A) Peterburgda B) Orenburgda C) Moskvada D) Verniyda
3. Buxoro amirligida nimaning natijasida amirlikda oddiy hunarmandchilik ishlab chiqarishi sanoat ishlab chiqarishi darajasiga ko’tarilmadi? A) Davlat hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishda ustun bo’lolmaganligi B) Buxoroning jahon bozorida faol ishtirikchi bo’lolmaganligi C) Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtojini vujudga kelmasligi D) Ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi yetakchi o’rin egallashi
4. Buxoro amirligining quyidagi qaysi shahrida hind savdogarlari yashaydigan alohida mahallalar ham bor bo’lgan? A) Buxoro B) Samarqand C) Termiz D) Qarshi
5. Buxoro amirligidagi quyidagi qaysi yer egaligi musodara qilingan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yer hisobiga vujudga keltirilar edi? A) Mulki hur B) Vaqf yerlari C) Tanho yerlari D) Amlok yerlari