8 ona tili docx



Download 259,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/58
Sana23.01.2022
Hajmi259,16 Kb.
#401902
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
8 - ona tili

vergul,  tire

yoki qavs

ishlatilishi mumkin.



Men ungaKarimga to’liq ishonaman.

Men ko’chada do’stimni – Qodirni ko’rdim.

Menga lingvistika (tilshunoslik) yoqadi.


36

TEST

1. Berilgan qaysi gapda sifatlovchi aniqlovchi

qaratqich aniqlovchiga bog’lanib kelgan?

A) Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming

qamchi

B) Yaxshi do’stning qo’li hamisha ochiq



C) Ilmdan yaxshiroq xazina bo’lmas

D) Siz o’z huquqlaringizni bilasizmi?

2. Uyushiq bo'laklarga xos bo'lmagan xususiyatni

toping.


A) bir xil sintaktik vazifani bajarib, bir xil so'roqqa

javob bo'ladi B) o'zaro teng aloqada bo'ladi

C) boshqa gap bo'laklari bilan tobe aloqada bo'ladi

D) hammasi to'g'ri

3. Uyushiq bo'laklarga xos bo'lmagan xususiyatni

toping.


A)  teng bog'lovchilar yoki tenglanish ohangi bilan

birikadi


B)  bir-biridan pauza bilan ajratiladi

C)  o'z ayrim urg'usiga ega bo'ladi

D)  ergashtiruvchi bog'lovchilar bilan birikadi

4. Uyushiq kesimni toping.

A)  Siz a'lochisiz va jamoatchisiz

B)  Siz a'lochi va jamoatchisiz

C)  Men bu masalani uqqanman va yechganman

D)  Biz harbiy uchuvchi bo'lamiz va Vatan

posbonlari bo'lamiz

5. Ega va aniqlovchi uyushgan gapni toping.

A)  Shu payt hovliga Davron aka bilan Iskandarov

kirib keldi

B)  Yosh-yosh qizchalar va o'g'il bolalar davra qurib

o'ynashdi.

C)  Bir necha qo'sh ho'kiz, ot, omoch-bo'yinturuqlar

ham shular nomiga yozdirildi

D)  Pulemyot, miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj,

bola-chaqalarning yig'isi, dod-voyi qo'shilib ketdi

6. Qaysi gapda ravish hollari uyushgan?

A)  Osmonda, daraxtlarda, tomlarda chumchuqlar

chirqillashadi

B)  Shu masalada sizni Moskvaga, Kiyevga safarga

yubordik

C)  Qush goh ko'tarilib, goh pastlab bir joyda uchib

turdi

D)  Dadasi har kuni ishga ketishda ham, ishdan



qaytishda ham uni qo'liga olar, suyar va erkalar edi

7. U kecha ertalab biznikiga kelib ketdi. Ushbu

gapda holning qaysi turlari uyushgan?

A) payt holi

B) o'rin holi

C)  ravish holi

D)  hollar uyushmagan

8. Qanday hollar uyushadi?

A)  bir xil mazmun-munosabatni bildirsa

B)  sanash ohangi bilan bog'lansa

C)  teng bog'lanib kelsa

D)  hammasi to'g'ri

9. O'n-o'n bir yoshli bola dushmanlar keltirgan

ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshidan

kechirdi.  Ushbu gapda qaysi gap bo'lagi uyushgan?

A) ega  B) to'ldiruvchi C) aniqlovchi D) hol

10.  Hulkar eshik oldida bir otasiga, bir Avazga, bir

onasiga qarab qo'yardi. Ushbu gapda to'ldiruvchilar

qaysi bog'lovchilar yordamida bog'langan?

A)  biriktiruv bog'lovchilari bilan

B) zidlov bog'lovchilari bilan

C)  ayiruv bog'lovchilari bilan

D) inkor bog'lovchilari bilan

11. Qaysi gapda ikkita turdagi aniqlovchi uyushgan?

A)  Ichkaridagi va tashqaridagi gilos hamda

o'rikning gullari.

B)  Salomatning va Akramning singillari - 6-sinfda.

C)  Qirlardagi va tog' etaklaridagi lolalar unga yoqar

D) Salomatning singil va ukalari - 6-sinf a'lochilari

12. Lolalar va binafshalar kishiga yoqadi.

Ushbu gapda qaysi gap bo'laklari uyushgan?

A) ega    B) aniqlovchi  C)  hol     D)  to'ldiruvchi

13.  Biz voqea sodir bo'lgan joyga borishimiz kerak,

hammasini o'z ko'zimiz bilan ko'rishimiz kerak va

ishonch hosil qilishimiz kerak. Ushbu gapda qaysi

gap bo'laklari uyushgan?

A) ega       B) kesim       C)  bu gap qo'shma gap

D)  bu gap qismlari uyushgan sodda gap

14. Ayiruv bog’lovchilari uyushiq egalarni

bog’lagan javobni aniqlang?

A) Savobdir jilg’aga soysan, deb aytsang.

B) Qurilishga dam g’isht dam sement yetishmaydi.

C) Yolg’on yodavlatga, yo farzandga uradi

D) U dam yig’lar, dam kular, dam uxlardi.

15.  Qushlar chax-chax sayraydi. Tagiga chizilgan

so’z qaysi turkumga mansub va qaysi gap bo’lagi

vazifasida kelyapti?

A) taqlid so’z, hol             B) undov so’z, aniqlovchi

C) taqlid so’z, aniqlovchi      D) undov so’z, hol

16.  Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan

oldin kelsa, umumlashtiruvchi so'zdan so'ng qanday

tinish belgisi ishlatiladi?

A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire  D) chiziqcha

17.  Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan

keyin kelsa, umumlashtiruvchi so'zdan oldin qanday

tinish belgisi ishlatiladi?

A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire  D) chiziqcha

18.  Bittangiz yo Shahobiddin yo siz so'zga chiqasiz

Ushbu gapda qanday tinish belgilari ishlatiladi?

A)  ikki nuqta, vergul, nuqta

B)  ikki nuqta, nuqta

C) ikki nuqta, vergul, vergul, nuqta

D) ikki nuqta, vergul

19.  Ajratilgan bo’lak kengayib gap oxirida kelsa

undan oldin … qo’yiladi.

A) ikki nuqta   B) tire  C) vergul   D)tutuq belgisi




37

20.  Yaxshi xislati bor oppoq soqoli bilan

farzandlarini ham, nevaralarini, qo'shni o'g'il-

qizlarni, ko'cha-ko'ydagi begona bolalarni xullas

barchani sizlab gapiradi. Ushbu gapda kiritmadan

oldin va keyin qanday tinish belgilari ishlatiladi?

A)  kiritmadan oldin tire, keyin vergul

B)  kiritmadan oldin vergul, keyin tire

C)  kiritmadan oldin chiziqcha, keyin vergul

D)  kiritmadan oldin ham, keyin ham tire

21.  Ajratilgan qaratqich aniqlovchini toping?

A) Biz buni uddalaymiz

B)Bizning, yoshlarning kelajagi porloq

C)Gullar terdim, chiroyli

D) U yerga, choyxonani yoniga borma.

22.  Boglovchisiz bog'langan uyushiq bo'laklar

birikib kelsa, qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?

A) vergul B) ikki nuqta C) tire  D) nuqtali vergul

23.  Qaysi gapda uyushiq to‘ldiruvchi faqat shaxs

otlari bilan ifodalangan?

A) Hulkar bir otasiga, bir Avazga, bir onasiga qarab

qo‘yardi.

B) Men onam, otam va opam bilan xayrlashib,

yo‘lga tushdim.

C) Maxdum siyrak mo‘y, oq tan, istarasi issiq bir

domla edi.

D) U dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa

kulfatlarni kattalar qatori boshidan kechirdi.

24.  Har bir odamning do‘stlari oldida burch va

mas’uliyatlari borki, ularni ado etolmasa, do‘stlari

uning do‘stligini e’tirof etmaydilar, tan olmaydilar.

Ushbu gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?

A) ega va kesim               B) faqat kesim

C) to‘ldiruvchi va kesim       D) aniqlovchi va kesim

25. Biz, vatan yoshlari, elimiz va yurtimiz uchun

xizmat qilamiz.

Berilgan gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?

A) ega va to‘ldiruvchi                B) faqat ega

C) to‘ldiruvchi va aniqlovchi     D) faqat to‘ldiruvchi

26.  Qaysi bo‘laklar doimo o‘zi izohlayotgan

bo‘lakdan keyin keladi?

A) izohlovchilar            B) tobe bo‘laklar

C) ajratilgan bo‘laklar       D) uyushiq bo‘laklar

27.  U hech kim bilan gaplashmadi - to‘nini teskari

kiyib oldi. Ushbu gapdagi ”to‘nini teskari kiyib

oldi” birikmasi qaysi qatorda to‘g‘ri tavsi

angan?


A) gapning kesimi             B) ajratilgan bo‘lak

C) qo‘shma gapning qismi     D) uyushiq bo‘lak

28.    Biz  ajdodlar  jasoratidan  ruhlanib,  bebaho

madaniy – ma’naviy  merosdan  kuch  olib,  g‘ayrat-

shijoat  va  sabr-toqat  bilan  mehnat  qilib,  ushbu

murakkab  va  shara

i  tarixiy  jarayonda  yangi  davlat



barpo  etish  yo‘lida  o‘z  qalbimizni,  tafakkurimizni,

ruhiy  dunyomizni  namoyon  etayotgan  xalqmiz.

Ushbu  gapda  qanday  gap  bo‘laklari  uyushib  kelgan

va ularning soni nechta?

A) 2 ta kesim, 5 ta to‘ldiruvchi, 2 ta hol

B) 3 ta kesim, 5 ta to‘ldiruvchi, 2 ta aniqlovchi

C) 3 ta kesim, 3 ta to‘ldiruvchi, 2 ta aniqlovchi, 2 ta

hol


D) 2 ta kesim, 5 ta to‘ldiruvchi, 3 ta aniqlovchi, 2 ta

hol


29.  Shuni bilingki, kitob bolani ham aqlan, ham

ma’nan boyitadi. Istiqlol davri bolalari g‘ayratli va

shijoatlidir. Biz mana shu shijoat va shiddatni to‘g‘ri

yo‘lga yo‘naltira olishimiz kerak. Shundagina o‘z

maqsadimizga erishamiz va farovon hayot bizga

muyassar bo‘ladi. Ushbu matnda sodda gaplar

tarkibida qaysi gap bo‘laklari uyushib kelgan?

A) hol va to‘ldiruvchi             B) hol va kesim

C) hol, to‘ldiruvchi va kesim

D) to‘ldiruvchi va kesim

30.Agar umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan

oldin kelsa va undan keyin kiritma qo'llansa,

kiritmadan oldin va keyin qanday tinish belgilari

ishlatiladi?

A)  kiritmadan oldin vergul, keyin ikki nuqta

B)  kiritmadan oldin ham, keyin ham vergul

C)  kiritmadan oldin ham, keyin ham ikki nuqta

D)  kiritmadan oldin ikki nuqta, keyin vergul

31.  Respublikamizdagi ko'plab pedagogika

institutlari II masalan II Farg'ona, Namangan,

Sirdaryo institutlari - universitetga aylandi.

Ushbu gapda II belgisi o'rniga qanday tinish

belgilari ishlatiladi?

A)  ikki nuqta, vergul    B)  vergul, ikki nuqta

C)  vergul, vergul       D)  ikki nuqta, tire

32.  Qaysi gapda ega uyushgan?

A)  Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq

koverkot shim, oyog'ida kavkazcha etik, boshida

chust do'ppi edi

B)  Bola qoshida ota-onaning so'zi bilan ishi bir

bo'lmasligi ularning o'z ildiziga o'z qo'llari bilan

urilgan boltadir

C)  Munaqqash devorlarning oltin, kumush, ko'k,

qizil, oq, pushti, sariq, qora gullari yulduzlardek

yasanib, uyga bir hayotiylik berar edi

D)  Mana shu o'yin-kulgilar, qo'shiqlar va kuylar,

yoshlar va keksalarning diliga orom va quvonch

bag'ishlagan lola sayli yaqindagina bo'lgan edi

33.  Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe'l so'z

turkumlari bilan ifodalangan?

A)  U hayajon bilan, tez-tez va bo'g'ilib so'zlar edi

B)  Podsho goh kulib, goh jiddiy o'y bilan quloq

soldi

C)  Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib



gapirib berdi

D)  Ufqqa tutashib ketgan polizlar va tokzorlar

qizg'ish, qahrabo tusda tovlanadi



38

34.  Shuni bilingki, kitob bolani ham aqlan, ham

ma'nan boyitadi. Istiqlol davri bolalari g'ayratli va

shijoatlidir. Biz mana shu shijoat va shiddatni to'g'ri

yo'lga yo'naltira olishimiz kerak. Shundagina o'z

maqsadimizga erishamiz va farovon hayot bizga

muyassar bo'ladi. Ushbu matnda sodda gaplar

tarkibida qaysi gap bo'laklari uyushib kelgan?

A)   hol va to'ldiruvchi            B)  hol va kesim

C)  hol, to'ldiruvchi va kesim

D)  to'ldiruvchi va kesim

35. Qaysi gapda uyushiq aniqlovchi qo'llangan?

A)  Ba'zilari qayroqtoshday uzunchoq va silliq edi

B)  Ko'lning atrofi o'siq tollar, qalin qamishlar bilan

o'ralgan

C)  Quyoshda ko'k, sariq, qizg'ish qum zarrachaiari

yaltirardi D)  Hulkar kulib, quvnab o'yinga tushdi

36.  Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan

niyatga - Roziyani avvalgiday go‘zal, shod ko‘rish

niyatiga - Sattor bir lahzada yetdi. Ushbu gap

haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?

A) uyushiq bo‘lakli gap

B) uyushiq va ajratilgan bo‘lakli gap

C) ajratilgan bo‘lakli gap

D) bir necha ergash gapli qo‘shma gap

37.  Qaysi gapda ham bog‘lovchisi uyushiq

kesimlarni bog‘lagan?

A) Qalam ham daftar bo‘lsin yo‘ldoshing.

B) Husayn Boyqaro hazratlari ham shoir, ham

ilmparvar edi.

C) Haftalar o‘tdi ham tugadi savdo.

D) Ishim to‘g‘rilanib ketdi ham yerim o‘zimga

qoldi.

38.  Biz, vatan yoshlari, elimiz va yurtimiz uchun



xizmat qilamiz. Berilgan gapda qaysi bo'laklar

uyushib kelgan?

A) ega va to'ldiruvchi           B)  faqat ega

C) to'ldiruvchi va aniqlovchi    D)  faqat to'ldiruvchi

39.  Quyidagi gapda na so'zi qanday gap bo'laklarini

bog'lashga xizmat qilgan? Avvalo shuki, kovush

tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok.

A) kesim B) ega C) to'ldiruvchi D) ega, to'ldiruvchi

40.  Uyushiq kesimli gapni toping.

A)  Odamga andisha kerak, lekin undan ilgariroq

insof kerak

B)  Tomog'im qurib borar, suv ichgim kelardi.

C)  Uning so'zlari sodda, samimiy, lekin aniq va

ravshan edi

D)  Oygul bilan qui Tarlon bo'ldilar yo'lga ravon

41.  Quyidagi she'rda qaysi gap bo'laklari uyushib

kelgan?

Na uyquga to'ygan va na kulguga, Ko'rsa ko'z

kuygudek kelinchak edim. (S.Zunnunova)

A) aniqlovchi

B) to'ldiruvchi

C)  kesim

D) uyushiq bo'lak yo’q

42.  Ayiruv bog‘lovchisi yordamida birikkan

uyushiq aniqlovchi qatnashgan gapni aniqlang.

A) Goh qor, goh yomg‘ir yog‘adi.

B) Bog‘imizdagi na qizil, na oq atirgullar ochildi.

C) Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib, hovli

aylanishdi.

D) Bir akamning, bir ukamning muammosi chiqib

turadi.

43.  Qaysi gapda qaratqich aniqlovchi uyushib

kelgan?

A)  Yaxshi xislati bor: oppoq soqoli bilan

farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo'shni o'g'il-

qizlarni ham - xullas, barchani sizlab gapirar edi

B)  Taram-taram olmalarni, asl nashvatilarni, po'sti

yupqa shafto- lilarni, quymoqqa o’xshash anjirlarni

aytmaysizmi?

C)  Saida kecha uning to'qimi teskari bo'lib yurgani

va hozir qildan qiyiq topayotganining sababini

fahmladi


D)  Barcha gaplarda vositasiz to'ldiruvchilar uyushib

kelgan


44.  Ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida

kelsa, undan oldin qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

A) tire  B) vergul  C) nuqtali vergul D) ikki nuqta

45.  Ayiruv bog'lovchisi bilan birikkan uyushiq

to'ldiruvchili gapni toping.

A)  Goh oyim, goh buvim kelib turadi

B)  Ortiq ishongisi kelmay, avval Avazga, so'ng

Turdiga qaradi

C)  Qizlar goh undan, goh bundan gaplashib hovli

aylanishdi

D)  Dam yig'laydi, dam otasining bo'yniga osiladi

46.  Uni qo’liga murakkab, odamni ko’p

o’ylantiradigan masala tushib qoldi. Gapda qaysi

bo’lak uyushib kelgan?

A) Ega   B) Kesim   C) Aniqlovchi   D) Hol

47.  Umumlashtiruvchi bo'lak qatnashgan qatorni

toping.

A)  U qo'l qovushtirib uning ketidan yurar va yig'lar

edi

B)  Shoshilib, sabrsizlik bilan nari-beri choy ichdi



C)  U dunyodagi eng dono, eng odil podsholardan

edi


D)  Daraxtdagi barcha sayroqi qushlar: sa'va, bulbul,

mayna va boshqalar unga jo'r bo'lishdi

48.  Ahmad va sen 

 ikkovingiz ertaga vaqtli



kelingiz.  Ushbu gapda nima uchun tire qo‘yilgan?

A) qo‘shma gap orasida shart munosabati

ifodalangani uchun

B) qo‘shma gap orasida o‘xshatish ifodalangani

uchun

C) uyushiq bo‘lakdan so‘ng umumlashtiruvchi



kelganligi uchun

D) qo‘shma gap orasida izohlash munosabati

ifodalangani uchun



39

49.  Bog'da yetilgan olma, anor, uzumlar -

hammasidan oldik. Ushbu misoldagi uyushiq

bo'laklar gapning qaysi bo'lagi hisoblanadi?

A) ega    B) to'ldiruvchi   C) aniqlovchi   D) hol

50.  Uyushiq bo'lakli gapni toping.

A)  Sabr-toqatga qodir odam xohlagan narsasiga

erishadi


B)  G'azab bilan boshlangan narsa uyat bilan tugaydi

C)  Vazmin va xushmuomala qariya hammaga

yoqadi

D)  Xotirani kuchaytirishning eng muhim sharti



asablarning sog'lom bo'lishidir

51.  Yonimizda qizlar, o'g'illar qo'shiq aytsin,

yayrasin, kulsin.

Ushbu gapda qaysi gap bo'laklari uyushib kelgan?

A) faqat ega

В

) faqat kesim



С

) to'ldiruvchi

D) bosh bo'laklar

52.  Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo’laklar

mavjud emas?

A) Salimaning baland, ammo mayin ovozi bor edi

B) Xalqqa qaradi-yu , ammo gapirmadi

C) Til bilan dil bir bo’lishi kerak

D) Bugun Anvar yoki O’tkir navbatchilik qiladi

53.  Ozoda bolalarning ruhlari toza, aqllari komil,

badanlari sihat, dimog'lari chog', o'zlari qadrli va

qimmatli bo'lurlar. Ushbu gapda qaysi gap bo'laklari

uyushgan?

A) aniqlovchi    B) to'ldiruvchi    C) hol   D) kesim

54.  Quyidagi qaysi gaplarda teng bog‘lovchilar

uyushiq bo‘laklarni bog‘lamagan?

1. Yerga  tushgan chiroq bir-ikki lopilladi-yu, avval

ko‘k, keyin qizg‘ish  alanga ko‘tarildi.

2. Bo‘taboy  tin olmay, goh bosh chayqab, goh

qoshini kerib, goh  “Ana! O‘h, o‘h-o‘h!” deb eshitdi

3. Daraxtni gullata bilishgina emas, balki udan mo‘l

hosil yetishtira bilish ham san’atdir.

4.Yorning o‘zi emas, balki guli keldi.

A) 1,4       B) 3,4       C) 1       D) 2,3

55.  Quyidagi vositalarning qaysilari uyushiq

bo'laklarni o'zaro bog'lashda qatnashadi?

1) kelishik qo'shimchalari; 2) egalik qo'shimchalari;

3) shaxs-son qo'shimchalari; 4) yordamchi

so'zlar; 5) ohang.

A) 4,5    B) 1,2,3,5   C) 2,4,5     D) 2,3,4,5

56.  Onam, opam va singlim bilan mehmonga

bordim. Gapda qaysi gap bo'lagi uyushgan?

A) ega  B) to'ldiruvchi C) hol D) aniqlovchi

57.  Quyidagi tinish belgilaridan qaysilari uyushiq

bo'laklarda ishlatiladi?

1) vergul; 2) ikki nuqta; 3) nuqtali vergul; 4) tire.

A) 1,2,3 B) 1,2  C) 1,2,3,4   D) 1,2,4

58.  Ushbu gapda qaysi bo'laklar uyushib kelgan?

Shivirg'oni deysizmi, shakarangur deysizmi,

echkiemarmi - hammasi shu bog'da o'sadi.

A) to'ldiruvchi B) ega  C) hol D) kesim

59.  Ravish holi qaysi qatorda uyushib kelgan?

A)  Madaniyatli kishini tarbiyalshda san'at va

fanning ahamiyati katta

B)  Kitob eng olis va zimiston umr yo'llarida

insonga nur bag'ishlab turuvchi sehrli chiroqdir

C)  Men ishtiyoq va hayrat bilan juda ko'p o'qidim

D)  Goho bahs munosabatlarning yomonlashuviga

va anglashilmovchiliklarga olib keladi

60.  Bahor kelsa, boshlanar bog‘da bulbul xonishi

sa’va, qumri  nag‘masi, suralay tovlanishi.

Gapdagi uyushiq  bo‘laklar  haqidagi  noto‘g‘ri

hukmni aniqlang.

A) Uyushiq aniqlanmishlar ega vazifasida bajargan.

B) Gapda ega va aniqlovchi uyushgan

C) Uyushiq egalar faqat bir turkumga oid so‘zlar

bilan ifodalangan.

D) Kesimga bevosita va bilvosita tobelangan

bo‘laklar uyushib   kelgan.

61. Uyushiq bo‘laklar gruhlanib, vergullar

yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni

anglatuvchi so‘zdan so‘ng qaysi tinish belgisi

qo‘yiladi?

A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire    D) vergul

62.  Shu yerda, jiydazor yonidagi xilvat joyda, u

menga o'z o'tmishim, to'g'rirog'i, shu yozda boshidan

kechirgan va qalbida chuqur iz qoldirgan bir voqeani

hikoya qilib beradi.

Ushbu gapda qaysi gap bo'laklari uyushgan?

A)  hol va to'ldiruvchi     B)  hol va aniqlovchi

C)  faqat aniqlovchi       D)  faqat to'ldiruvchi

63.  Uyushiq bo‘laklar va ajratilgan bo‘laklarning

o'xshash jihatlarini aniqlang.

1) bir xil so’roqqa javob bo‘lishi;

2) bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi;

3) turli tushunchalarni ifodalashi;

4) sanash ohangi bilan talaffuz qilinishi

A) 1,2   B) 2,3   C) 1,2,3   D) 1,3

64.  Quyidagi berilgan gapda qaysi tinish belgisi

qo'yiladi?

Sen aytayotgan qobiliyat uch jonivorning …

kiyikning, baliqning, lochinning ishidir.

A) vergul   B) tire   C) ikki nuqta   D) nuqtali vergul

65.  Uyushiq kesimli gapni toping.

A) Bu yer o'zi yaxshi, suv serob, lekin u qarovsiz

B)  Men bu masalani uqqan va yechganman

C)  Biz uchuvchi bo'lamiz, Vatan posboni bo'lamiz

D)   Tig' yarasi tuzaladi, lekin til yarasi tuzalmaydi

66.  Gapning uyushiq bo'laklari haqida berilgan

to'g'ri hukmni toping.

A)  Bir sodda gap tarkibida yonma-yon qator kelgan

bir necha payt holi hamma vaqt ham uyushiq hol

hisoblanadi

B)  Bir narsa-buyumning turli belgilarini bildiradigan

birdan ortiq sifatlovchilar uyushiq aniqlovchi

hisoblanmaydi




40

C)  gap tarkibida ikki va undan ortiq atov birliklari

bilan ifodalangan kesim bo'lib, kesimni shakllantiruv-

chi vositalar faqat keyingi kesim tarkibida bo'lsa,

bunday ko'p kesimli gap uyushiq kesimli gap sanaladi

D)  har xil ma'noni bildiradigan, turli shakllarda kelgan

to'ldiruvchilar uyushiq toldiruvchi hisoblanadi

67.  Yaxshi xislati bor: oppoq soqoli bilan

farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo’shni o’g’il-

qizlarni ham, xullas, barchani sizlab gapiradi. Ushbu

gap haqida berilgan to’g’ri hukmlarni aniqlang.

1) qo‘shma gap; 2) uyushiq bo’laklar qatnashgan;

3) kiritma qatnashgan; 4) umumlashtiruvchi bo’lak

qatnashgan; 5) ikki nuqta uyushiq bo’laklardan oldin

kelgani uchun qo’yilgan; 6) umumlashtiruvchi

bo’lak qatnashgan sodda gap

A) 1,3       B) 2,3,4      C) 1,2,3      D) 1,2,3,4

68.  Umumlashtiruvchi bo’lak uyushgan so’zlardan

keyin kelsa qanday tinish belgisi ishlatiladi?

A) Umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta

qo’yiladi

B) Umumlashtiruvchi so’zdan oldin ikki nuqta

qo’yiladi

C) Umumlashtiruvchi so’zdan keyin tire qo’yiladi

D) Umumlashtiruvchi so’zdan oldin tire qo’yiladi

69.  Nasiba bilan do'stlik haqida she'r yodladim.

Ushbu gap haqida berilgan qaysi hukm to'g'ri emas?

A)  ushbu gapda ikkita vositali, bitta vositasiz

to'ldiruvchi bor

B)  to'ldiruvchilar faqat ko'makchilar orqali

shakllangan

C)  to'ldiruvchi ko'makchi va kelishiklar orqali

shakllangan

D)  to'ldiruvchilar gapda yonma-yon kelsada,

uyushmagan

70.  Vatanning kun sayin obod bo’layotgani, yangi

yo’llar, muhtasham inshootlar barpo etilayotgani

yurtdoshlarimiz qalbiga faxr-iftixor baxsh etmoqda.

Ushbu gapda qaysi gap bo’laklari uyushgan?

A) ega   B) aniqlovchi  C) izohlovchi   D) hol

71.  Qaysi qatorda ot, ravish, ravishdosh bilan

ifodalangan uyushiq ravish holi qatnashgan?

A) U goh kulib, goh jiddiy o'y bilan quloq soldi

B) U hayajon bilan, tez-tez, bo'g'ilib so'zlar edi

C) U aybini bo'yniga olib, indamay kirib keldi

D)  U dam hazil bilan, dam jiddiy so'rardi

72.  Yig'tiishda hayotiy tajribasi va obro'-e'tibori

bilan tanilgan keksalar ishtirok etishdi. Ushbu gapda

qaysi bo'lak uyushib kelgan?

A) hol


B) vositasiz to'ldiruvchi

C) ega


D) vositali to'ldiruvchi

73.  Quyida berilgan gapda qaysi gap bo'laklari

uyushgan?

Olgan bilim va tajribangiz, odob-axloq, kasb-hunar

bobidagi kamolingiz faqat yaxshilikka,

bunyodkorlikka buyursin, albatta.

A)  to'ldiruvchi, kesim

B)  ega, aniqlovchi, to'ldiruvchi

C)  ega, to'ldiruvchi, hol D)  ega, aniqlovchi, kesim

74.  Shunday yashar - sokin, bezavol,

Pastakkina tandiri bilan,

Katta uyda kichkina bir chol,

Kichkina bir kampiri bilan.

She'riy parchada qaysi gap bo'lagi ajratilgan?

A) hol    B) kesim    C) to'ldiruvchi     D) aniqlovchi

75. Uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi

so’z qanday ifodalanishi mumkin? To’liq va aniq

javobni belgilang.

1) umumlashtiruvchi ma’noli so’z bilan;

2) so’z birikmasi bilan; 3) kengaygan birikmalar

bilan

A) 1,2   B) 2,3   C) 1,2,3   D) 1,3



76. Uyushiq bo’laklar haqidagi barcha to’g’ri

fikrlarni aniqlang.

1) har bir uyushiq bo’lakning o’z ayrim urg’usi

bo’ladi;  2) agar uyushiq bo’laklarning har birida

grammatik shakllar takrorlansa, bunday vaqtda

uyushiq bo’laklarning har biri sanab ko’rsatiladi;

3) agar grammatik vositaiar uyushiq bo’laklarning

oxirgisi tarkibida kelib, hammasi uchun tegishli

bo’lsa, uyushiq bo’laklarning har qaysisi

ta’kidlanadi

A) 1   B) 2,3   C) 1,2,3   D) 1,3

77.  Uyushiq bo‘laklar qaysi so‘z turkumi bilan

ifodalanganda va bog‘lovchisining o‘rniga bilanni

almashtirib bo‘lmaydi?

A) ot     B) sifat     C) ravish     D) fe’l

78.  Qaysi qatordagi gapda sanalayotgan

bo'laklarning har qaysisi takidlanmasdan, balki

sanab ko'rsatiladigan uyushiq bo'laklar qo'llangan?

A) Yam-yashil vohalarga, Badiiy lavhalarga, She'riy

sarlavhalarga Boy okansan, Farg'ona

B) Dars beraman diniy haqdan, Qur'ondan

C) U goh Toshkentga, goh Andijonga ketib, uzoq

turib qolar edi

D) Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo'lishdi

79.Uyushiq bo‘laklar haqida hukmlarning qaysi biri

to‘g‘ri?


1) uyushiq bo‘laklar bir umumiy bo‘lakka

tobelanadi;  2) uyushiq bo‘laklar bir xil sintaktik

vazifa bajaradi;  3) uyushiq bo‘laklar ko‘pincha bir

xil so‘roqqa javob bo‘ladi;  4) uyushiq bo‘laklar

o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi

yordamida bog‘lanadi;  5) gap bo‘laklari uyushish

xususiyatiga ega;  6) gap bo‘lagining bo‘lagi

uyushishi xususiyatiga ega

A) 1,3,5,6   B) 1,2,3,4   C) 1,2,3,6   D) 1,2,3,4,5,6

80.Ushbu gapda qo‘llangan uyushiq va

umumlashtiruvchi bo‘laklar gapning qaysi, bo‘lagi

hisoblanadi? Issiq bilan sovuq, qor bilan yomg‘ir,

suv bilan havo, o‘simliklar bilan hayvonlar –

bularning bari tabiatning kuchlari hisoblanadi.

A) ega     B) aniqlovchi    C) hol      D) kesim




Download 259,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish