2. Inson va uning ongi, ma’naviyati va dunyoqarashini
falsafiy tahlil qilishning ahamiyati nimadan iborat?
- Ongning muhim belgilaridan biri shuki, u tushunib etilgan bilimdir. Inson miya yordamida fikr qiladi. Ongning ma’nosi narsalarni bilish, o‘zlashtirish, uning mohiyatini ochib borishdan iborat. Ong faqat obyektiv olam in’ikosigina emas, balki insonning ichki ruhiy holatlari, kechinmalari, hissiyotlarining ham in’ikosidir. Inson tabiatining yuksak mahsuli, hayot gulidir. Insonning buyukligi - unda bebaho marvarid - aql zakovot mavjud. Aql - idrok sohibi bo‘lgan-ligi uchun u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar, voqealarni biladi, ilmu tafakkuri, dahosi, mehnati, salohiyati bilan dunyoni boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |