Zanglamas po‘latlar
Metallarni tashqi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy o„zaro ta‟sir
etishi oqibatida yemirilish jarayoni korroziya zanglash deb ataladi.
Konstruktsion materiallar ishlash davrida, ayniqsa, tajovuzkor (agressiv)
muhitda yuqori zanglamaslik xossasiga ega bo„lishi lozim. Metallar va ularning
qotishmalari ko„proq zanglaydi, chunki, ularning kimyoviy aktivligi va elektr toki
o„tkazish qobiliyati yuqori.
Korroziyabardosh-zanglamaydigan po„latlar deb havo sharoitida, daryo,
dengiz suvlarida, tuzlar eritmalarida, ishqor va ba‟zi kislotalarda (umuman tashqi
muhitda) uy hamda yuqori haroratlarda kimyoviy va elektrokimyoviy
yemirilishga-korroziyaga
qarshilik
ko„rsataoladigan
po„latlarga
aytiladi.
Zanglamas po„latlarda yemirilish nisbatan ancha sekin o„tadi. Metallarni yemirilish
jarayoni ikki xil ko„rinishda o„tadi: elektrokimyoviy va kimyoviy.
Do'stlaringiz bilan baham: |