ASBOBSOZLIK MATERIALLARI
Asbobsozlik po„latlari deganda, ko„pincha, qirqib ishlash asboblari po„latlari
tushuniladi. Vaxolanki, bu guruhga o„lchov asboblari va shtamplar uchun
ishlatiladigan po„latlar ham kiradi. Bu po„latlar o„ziga xos og„ir sharoitda ishlaydi.
Ayniqsa metall qirquvchi keskich materiallari katta bosim ostida, yuqori haroratda,
har xil tashqi muhit ta‟sirida, shiddat bilan ishqalanib yeyilish sharoitida ishlaydi.
Tez kesar po„latdan yasalgan tokarlik keskichini bir turg„unlik davrida (bir
charxlash bilan ikkinchi charxlash orasidagi vaqt) keskich oldingi yuzasidan 8 km
uzunlikdagi qirindi sirpanib o„tadi. Shtamplar bundan og„ir sharoitda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |