yeyilishga ishlaydigan detallar, o„zagining puxtaligi katta ahamiyatga ega
Bulardan ishqalanishga ishlaydigan va o„zagi puxtaligi yuqori bo„lishi talab
qilinadigan detallar yasaladi. Agar ozgina vanadiy qo„shilsa (15XФ), zarrachalar
maydalashib, plastikligi va uyushqoqligi ortadi.
Uchinchi gruppaga bunday po„latlar tarkibiga nikelь qo„shiladi. Bunday
po„latlardan zarbiy kuchlarga ishlaydigan va ko„ndalang kesimi katta hamda
murakkab shaklda bo„lgan yoki qarama-qarshi kuchlanishda (+;-) ishlaydigan
detallar yasaladi: 20XН; 12XН3A; 12X2Н4A. Nikelь o„rniga titan qo„shilsa ham
bo„ladi: 18XГT.
Agar volьfram yoki molibden qo„shilsa (12X2Н4ВA; 18X2Н4M4) toblanish
qalinligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: