8-mavzu: yosh davrlarining psixologik xususiyatlari reja


Akseleratsiya nazariyalari



Download 244 Kb.
bet6/11
Sana10.07.2022
Hajmi244 Kb.
#771026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-Mavzu Up

2.Akseleratsiya nazariyalari
O‘smirlik inson shaxsining kamol topishida alohida o‘rin egallaydi. U inson kamolotining muhim bosqichi hisoblanadi. O‘smirlik davrida g‘oyat katta axamiyatga ega bo‘lgan psixologik o‘zgarishlar ro‘y bepadi, bolaning muayyan ijtimoiy turmush sharoitida keyingi kamol topishi uchun zarur ta’lim-tarbiya ta’sirida barqaror, mustahkam iz qoldiruvchi, ijobiy xislatlar namoyon bo‘ladi. Tadrijiy ravishda izchil vujudga kelayotgan psixik o‘zgarishlar, shakllanayotgan fazilatlar va shaxsning o‘sishi, avvalo, mazkur yoshdagi o‘g‘il-qizlar faoliyatlarining (etakchi va yordamchi faoliyat turlari: o‘qish, mehnat va o‘yin kabilar nazarda tutiladi) xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. O‘smirning boshqa yosh davrlaridan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular his-tuyg‘u va irodaviy sifatlarda o‘z ifodasini topadi. O‘smir kichik maktab yoshidagi o‘quvchidan farqli ravishda hayotni ilk bor shaxs sifatida faol ilmiy bilishda ishtirok eta boshlaydi, birinchi galda faqat narsa va hodisalarning ayrim alomatlarini emas, balki ularning umumiy va ob’yektiv qonuniyatlarini anglab etish, tushunish imkoniyatiga ega bo‘lib boradi.
SHaxsning har tomonlama, uyg‘un rivojlanishiga mehnat faoliyati salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlarning sinf va maktab er uchastkasidagi mehnat fao­liyati o‘z mohiyati bilan zarur axborot va ma’lumotlar berib, murakkablashib, ularning kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shib, mehnat samarasidan, mahsulidan lazzatlanish his-tuyg‘ularini shakllantira boshlaydi.
O‘smirlik davrida ham o‘yin faoliyati ma’lum vaqtgacha shaxsning kamolotida o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Jamoa bo‘lib amalga oshiriladigan o‘yinlar va ularning keng ko‘lamda o‘tkazilishi o‘tish davrida vujudga keladigan qiyinchiliklarni engillashtirishga xizmat qiladi. O‘yin faoliyati o‘smirda yuksak axloqiy his-tuyg‘ularni vujudga keltiradi, matonatlilik, jasurlik kabi fazilatlar shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Mazkur faoliyat o‘smirning aqliy jihatdan o‘sishiga, fikr yuritishiga, o‘z his-tuyg‘usini boshqarishiga, jismoniy kamol topishiga turtki vazifasini o‘taydi. O‘yinning har xili bilan mashg‘ul bo‘lish o‘smirni fahmlashga, eslab qolishga, biror ishni amalga oshirishdan oldin uni rejalashtirishga va diqqatni bir nechta ob’yektga taqsimlashga odatlantiradi. Tiyraklik, tezkorlik, farosatlilik kabi muhim xususiyatlar, xislatlar ham o‘yin va sport mashg‘ulotlarida tarkib topadi.
O‘smir kamolotga erishgan sayin uning psixik dunyosida yangi fazilatlar va sifatlar paydo bo‘la boshlaydi, psixikasida keskin qayta qurish sodir bo‘ladi. O‘zgarishlar uning oldiga yangi talablar qo‘yadi, bu esa o‘z navbatida ko‘proq huquq va erk berilishini, eng avvalo mustaqil qarorga kelish va o‘z xulq-atvorini maqbul deb hisoblab amalga oshirishni taqozo qiladi. Psixik takomillashish, kamolotga intilish, nisbiy barqarorlik o‘smirlik davrining eng muhim xususiyatlari hisoblanadi.
Hozirgacha balog‘atga erishish va jinsiy etilishning jadallashishi to‘g‘risida bir butun ilmiy nazariya mavjud emas. SHuning uchun o‘sishdagi jadallashuv, ya’ni akseleratsiya bo‘yicha ham muayyan nazariya yaratilmagan. Ana shu boisdan har xil ilmiy asosdagi, bir-biridan farqli e’tirozli qator nazariyalar paydo bo‘lgan. Quyida akseleratsiya muammosiga oid qarashlar bilan tanishib chiqamiz.

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish