8-Mavzu. Yonuvchi suyuqliklarga qo‘yiladigan Yong‘in xavfsizligi talablari.
Reja:
1.Alangalanish va Yonish omillariga ta’sir qiluvchi omilar.
2. Suyuq va qattiq moddalarda Yong‘in xavfi ko‘rsatikichlari.
3. Yonish xosil bo‘lish
jaraYonlari
1.Alangalanish va Yonish omillariga ta’sir qiluvchi omilar.
Yong‘in xavfi tushunchasi moddaning nafaqat Yonishga moyilligi, balki ushbu modda
turgan tashqi muxitning xolatiga bog‘liq. Bundan tashqari moddaning
alangalanish xususiyati,
Yonish jarayonini intensivligi, Yonishda ajralib chiqadigan maxsulotlar hamda ushbu jaraYonni
to‘xtatishi bilan belgilanadi. Moddaning Yong‘in xavfi darajasiga baho berish uchun Yonish
jarayonining miqdorli parametrlarini bilish zarur. Lekin miqdorli parametrlari aniqlanganda o‘ziga
yarasha qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, negaki bu miqdoriy ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lib
hisoblanmaydi. Ular moddaning kelib chiqishi,
uning agregat xolati, Yonuvchi va okislitelning
konsentratsiyasi, harorati, issiqlik ajralib chiqishi va issiqlik uzatilishi va h.z. bog‘liq.
Ko‘pincha xolatlarda Yonish tavsifiga xal qiluvchi bo‘lib
haqiqiy fizik jaraYonlar va
xodisalar ta’sir qo‘rsatadi, ya’ni: massa va issiqlik uzatilish jarayoni, Yonuvchi ob’ektlarning
geometriyasi, joylashuv muhiti, aerodinamik sharoit, Yondiruvchi manbaning energiyasi va uning
ta’sir ko‘rsatish davomiyligi.
Alangalanish va Yonish omillariga ta’sir qiluvchi (yuqorida sanab o‘tilgan) sharoitlar
Yong‘in xavfini aniqlashning ko‘plab uslublarning mavjud bo‘lish sababi xisoblanadi.
Moddaning Yong‘in xavfini bitta ko‘rsatkich bilan tavsiflab bo‘lmaydi,
faqat aloxida
to‘plam ko‘rsatikichlar bilan, ya’ni Yonish jarayonini o‘sib borishidagi turli bosqichlarda
moddaning portlash va Yong‘in xavfini belgilaydi.
Bu ko‘rsatkichlarning soni moddaning agregat xolatiga bog‘liq.
Moddalarni konsentratsion alangalanish chegarasini, chaqnashi
harorati yopiq va ochiq
priborlarda, o‘z-o‘zidan alangalanish haroratini va boshqalarni aniqlashdir.
Modda va materiallarni qanday agregat xolatidan qat’iy nazar umumiy Yong‘in xavfini
uning Yonuvchanligi belgilaydi. SHu ko‘rsatkichga binoan barcha materiallarni (modda) uch xil
guruhga ajratish mumkin: Yonmaydigan, Yonuvchi va qiyin Yonuvchi. Bu ko‘rstkich ham
miqdoriy hamda sifatini tavsiflaydi. Sifatli sinflanishi Yondiruvchi manba olingandan so‘ng xam
materialni mustaqil Yonishni davom ettirish xususiyatiga asoslanadi.
Yonmaydigan materiallar tinimsiz qizdirish xolatida, xattoki 900
0
Sgacha haroratda xam
Yonmaydigan materiallar xisoblanadi. Lekin shundan ba’zi birlarini Yong‘in xavfi mavjud
xisoblanadi, bular:
- ishqorlovchilar (permanganat kaliya,
azot kislotasi, kislorod va boshqalar);
- suvga ta’sirchan moddalar (o‘chirlmagan oxak SaO);
- yopiq idish yoki hajmda qizdirish natijasida bosimning ko‘tarilishi yuz beradi, misol
siqilgan yoki suyultirilgan gazlar, termik xolat ta’sirida gaza ajratib
chiqadigan moddalar;
- suv bilan reatsiyaga kirishadigan moddalar (karbid kalsiy);
- havodagi kislorodsiz ham portlash xususiyati bo‘lgan moddalar.
Qiyin Yonuvchi materiallar Yondiruvchi man’ba ta’sirida Yonishni davom ettiradi, olib
qo‘yilsa Yonish to‘xtab qoladigan modda va materiallar.
Yonuvchi moddalar Yondiruvchi man’ba ta’sirida o‘z-o‘zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan
olovlanish va mustaqil Yonishni davom ettiradi. Bularni ikkiga ya’ni
qiyin alangalnuvchan va