8-mavzu. XII-XV asrlarda mo’g’ullar imperiyasi Reja



Download 46,02 Kb.
bet3/4
Sana12.04.2022
Hajmi46,02 Kb.
#547139
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. XII-XV asrlarda mo’g’ullar imperiyasi

3. Oltin oʻrda. Chingizxon istilosidan keyin uning avlodlari Osiyo va Yevropaning turli hududlarida o‘z hukmronliklarini o‘rnatdilar. Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘ji – Sirdaryoning shimoliga cho‘zilib ketgan qora xitoylar davlatini mulk qilib olgan edi. Ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoy esa O‘rta Osiyoda, O‘qtoy xon (Ugaday degan nom bilan ham yuritiladi) - Jung‘oriyada, Tuli - Mo‘g‘ulistonda hukmronlik qildilar. Mazkur davlatlarning tarixdagi o‘rni to‘g‘risida o‘sha davr muarrixlarining asarlaridan ma’lumot olish mumkin.
“Oltin O‘rda” degan nom rus tarixiy manbalarida uchraydi, xolos. Sharq manbalarida bu davlat Jo‘ji ulusi yoki Ko‘k O‘rda deb yuritilgan. Rashididdinning uch jildlik bu asarida Oltin O‘rda to‘g‘risida umuman ma’lumot yo‘q. Chamasi, Rashididdin Chig‘atoy ulusida va Eronda hukm surgan mo‘g‘ul elxonlari tarixinigina yoritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
“Oltin O‘rda” degan nom dastlab Chingizxon o‘rdasiga nisbatan qo‘llangan. Chingizxon vafotidan keyin esa Jo‘ji ulusining nomi deb tushunilgan. Jo‘ji otasi Chingizxondan oldinroq vafot etdi. Jo‘ji vafotidan keyin uning to‘ng‘ich o‘g‘li O‘rda taxtga o‘tirdi. Jo‘jining ikkinchi o‘g‘li Botu otasi ulushini g‘arbga tomon kengaytirdi. Jo‘jining uchinchi o‘g‘li Tovka Temur Bulg‘oristonni – Itil daryosining yuqori oqimini meros qilib oldi. To‘rtinchi o‘g‘il Shaybon cho‘lga egalik qildi. Jo‘jining beshinchi o‘g‘li Tuvol bajnoqlar (no‘g‘aylar) ustidan hukmronlikni qo‘lgi kiritdi. Bu hududlarni garchi o‘g‘illari mustaqil boshqarsalar ham, hammalar Botu xonadoniga itoat etar Jo‘jining edilar. Botu aka-ukalariga qaraganda kuchli edi. Shu boisdan ham otasidan qolgan hokimiyatni mustahkamlashga kirishdi va o‘z davlatining poytaxtini Itil daryosi bo‘yida barpo qildi. Bu poytaxt shahar Saroy deb nomlandi. Botuning qo‘l ostidagi hamma qavmlar Oltin O‘rda nomi ostida birlashdi. “Oltin O‘rda” nomi Sir O‘rda, ya’ni “oltin qarorgoh” ma’nosidadir. Oltin O‘rda davlatiga qarashli jamiki aholi asosan turkiy qavmlardan iborat edi.
Xullas, Oltin O‘rda juda katta hududni – shimoli- sharqda Bulg‘or viloyatini, shimolda rus knyazliklari erlarini o‘z ichiga olgan; janubda Qrim va uning dengiz bo‘yidagi shaharlarini, Darbandgacha cho‘zilib ketgan Kavkaz, hatto Bokugacha bo‘lgan joylarni, shuningdek, Shimoliy Xorazmni qamrab olgan. G‘arbiy hududi Dnestrdan boshlangan dasht o‘lkalar, sharqda – G‘arbiy Sibir va Sirdaryo etaklarigacha shu davlatga qaragan. Chingizxon saltanati yiqilgandan keyin Kaspiydan tortib Oltoygacha Chig‘atoy ulusi tashkil topdi. Oltin O‘rda davlatining asosiy aholisi turkiy qavmlardan tashkil topgan.
Oltin Oʻrda markazi Botuxon davrida Quyi Volgada, Saroy Botu edi. Berkaxon (1255—66) davrida Saroy Berkaga koʻchirildi. Oltin Oʻrda oldin moʻgʻul qooniga qaram boʻlib, Botuning inisi Berka davrida mustaqillikka erishdi. Saroy Botu, Saroy Berka, Urganch, Sudak, Qofa (Feodosiya), Azoq savdo markazlari edi. Oltin Oʻrdani xon boshqargan. Zarurat tugʻilganda qurultoy chaqirilgan. Davlat ishlari bilan beklarbegi shugʻullangan. Devon ishlarini vazir boshqargan. Soliq yigʻish dorugʻa ixtiyorida boʻlgan. Zarur paytlarda bosqoqlar joʻnatilgan. Yana quyidagi mansab va amallar boʻlgan: alpaut (zodagon), tuman, tumanbegi, elchi, bosqoq, devon bitikchisi, tamgʻach (boj yigʻuvchi), tirnoqchi (tarozi-bon), shusunchi (taʼminotchi), yurtchi (meʼmor), yoʻl arachi (yoʻl noziri), tutqovul (qorovul), koʻpirchi, kemachi, yomchi, ovchi.
Qoʻshinlarga tumanbegi, noʻyon (amir), yuzboshilar qoʻmondonlik qilganlar. Oltin O’rda Joʻjining 14 nafar oʻgʻlining 13 ulusidan iborat edi. Ular oʻz uluslarini mustaqil boshqarishga intilganlar. Mustaqillik harakati Mangu Temur (1266—82) vafotidan keyin kuchaydi. Tuda Mangu (1282—87), Talabugʻa (1287—91) xonliklari davrida tumanbegi Noʻgʻayning nufuzi koʻtarildi. 5 yil oradan oʻtgach, yana isyon koʻtarildi. Unga Oʻzbekxon (1312—42) barham berdi. U va vorisi Jonibek (1342—57) davrlari Oltin O’rda harbiy salohiyatining eng kuchaygan davri boʻldi. Hokimiyat markazlashdi. Uluslar viloyatlarga aylantirildi, ularni amirlar boshqargan; qurultoylar chaqirilmay qoʻygan. Oʻzbekxon davrida Oltin O’rda qurolli kuchlari 300 mingga yetgan. Lekin, ichki ziddiyatlar 1357-yil Jonibekxonning oʻldirilishi bilan yana yuzaga chikdi. Shundan 1380 yilgacha 25 marta xon almashdi. 14-asrning 60-yillarida Xorazm mustaqil davlat boʻlib ajralib chikdi. Polsha va Litva davlati Dnepr daryosi havzasini bosib oldi. Hojitarxon (Astraxon) xonligi tashkil topdi. Faqat Toʻxtamish davri (1380—95) ga kelib isyonlar toʻxtadi. 1382-yil u Moskvani egallab, oʻt qoʻydi. Movarounnahrga tahdid sola boshladi. Amir Temurning 1389, 1391, 1395—96 yillari Toʻxtamishga qarshi yurishlari Oltin O’rda holdan toydirdi. Idiqu Oltin O’rda ni tiklashga harakat qildi, natija bermadi. 15-asrning 20-yillarida Sibir xonligi, 40-yil Noʻgʻay Oʻrda, 1438-yil Qozon xonligi, 1443 yil Qrim xonligi, 60-yillarda Qozoq xonligi tashkil topdi. 1480 yil Ahmad Rusni boʻysundirishga urindi. 16-asr boshlarida Oltin Oʻrda quladi.

Download 46,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish