RNK-tutuvchi viruslarning oqsil sintezida matritsa
RNK-tutuvchi viruslarda mRNK DNK ni ishtirokisiz ro‘y beradi. Virus RNK sining sintez mexanizmini o‘rganganda birqancha sinf RNK larni ko‘rildi, ya’ni virus bbilan kasallangan hujayrada bir ipli virus RNK si(“plyus” zanjir), komplementar “minus” zanjir, ikkizanjirli replikativ forma va replikativ o‘tmishdosh. Shulardan bittasi yoki bipHechta virus spetsifik RNK lar virus informatsion RNK si rolini bajarishi kerak. Ikki zanjirli replikativ formani birdan hisobdan chiqarsa bo‘ladi. Qolganlarini ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Virus RNK sini o‘zi (“plyus” zanjir) informatsion RNK rolini bajarishi mumkin. Kasallangan hujayradagi virus oqsillarini sintezi ro‘y beradigan polisomada molekulyar massasi, nukleotid tarkibi va yuqumliligi bor bo‘lgan RNK ning shu formasi uchraydi.
RNK ning “plyus” zanjiri ribosoma bilan birikib “hujayrasiz kultura”da oqsil sintezini stimullashtiradi. Natijada oqsillar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan oqsillarni ko‘p xususiyatlari (antigenlik xususiyatlari, mol.massasi, elektroforezdagi harakati, aminokislotalarini ketma-ketligi) RNKsi ajratib olingan virusni oqsillariga o‘xshaydi. Ishonch bilan aytish mumkinki, deydi Agol ( ), RNK tutuvchi faglarda virus RNK si mRNK rolini bajaradi (tamaki nekrozi virusining yo‘ldoshi). Bu RNK faqat erkin vaqtidagina emas, balki replikativ forma tarkibida bo‘lganda ham mazkur funksiyani bajaradi. Hujayrasiz oqsil-sintezlovchi sistemadagi tajribalarda ham replikativ o‘tmishdosh virus oqsillarini hosil bo‘lishini stimullar ekan.
Ikkinchi tomondan mRNK vazifasini komplementar minus-zanjir ham bajarishi mumkin ekan. Virus RNK sining molekulasi politsistrondir, ya’ni u birqancha xar xil polipeptid zanjirlarni hosil qiladigan axborotga ega. Har bir sistronni boshida initsiatsiyalovchi triplet mavjud va har bir sistronni oxirida terminatsiyalovchi triplet mavjud deb hisoblasa bo‘ladi. Politsiststron virus RNK sining ishini quyidagicha ko‘z oldiga keltirsa bo‘ladi. Birinchi usul bo‘yicha ribosoma har bir sistronni mustaqil “o‘qiydi”, ya’ni xar bir sistrondagi initsiatsiyalovchi tripletga birikadi, bu sistron molekulni boshidami, o‘rtasidami o‘qiydi. O‘qishni terminatsiyalovchi tripletda o‘qishni tamomlagandan so‘ng u RNK dan ajraladi. Ikkinchi mexanizm bo‘yicha esa barcha sistronlar ketma ket o‘qiladi, ya’ni ribosomalar faqat molekulani 5′-uchi tomoniga yaqin bo‘lgan initsialovchi tripletga birikadi va 3′-uchidagi terminatsiyalovchi tripletda RNK dan ajraladi. RNK-tutuvchi faglarda prolitsistron RNKning translyasiyasi birinchi usulda amalga oshadi deb aytish haqiqatga yaqindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |