8-mavzu: Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. (2 soat) Reja


 Turkiyaning yarim mustamlakaga aylantirilishi



Download 202 Kb.
bet6/9
Sana19.04.2023
Hajmi202 Kb.
#930088
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

6. Turkiyaning yarim mustamlakaga aylantirilishi.
G’arbning kapitalistik davlatlari o’zlarining mustamlakachilik rejalarini osonlik bilan amalga oshirish maqsadida Usmoniylar imperiyasida feodal munosabatlarni saqlab qolishga va imperiyani quroq, zaif holda tutib turishga intildilar. Ilgari Usmoniylar tarkibiga kirgan hududlarning bir qismi allaqachon bosib olingan edi. Misr esa amalda ingliz va frantsuz mustamlakachilari tomonidan nazorat qilinardi. 60 yillar oxirida mustamlakachilar Turkiya iqtisodiyoti va siyosatida muhim pozitsiyalarni egallab olgan edi. Turkiya taslimchilik tartibi va teng huquqli bo’lmagan savdo shartnomalari bilan chulg’ab olingan edi. Sharqiy urush (1853-1856) davrida uning moliyaviy qaramligi boshlandi. 1854 yilda Turkiyaga birinchi marta 75 mln. frank miqdorida chet el qarzi berildi, 1876 yil uning chet el banklaridan olgan qarzi 2,4 mlrd. frankni tashkil etdi. Sharqiy urushdan keyin tashkil etilgan Usmoniylar imperiyasi banki to’la holda ingliz va frantsuz kapitalistlariga tegashli edi.
Temir yo’llar qurilishi uchun chet el kapitaliga bir qator kontsessiyalar berildi.XIX asrning 70 yillariga kelib Turkiyaning chet davlatlarga qaramligi yanada kuchaydi. Angliya va Fransiyaning Usmoniylar imperiyasiga nisbatan agressiv siyosati yanada kuchaydi. Bu kurashga Germaniya va Avstriya-Vengriya ham faol aralasha boshladi. Rossiya 1870 yil o’zining Qora dengizdagi huquqlarini cheklab qo’ygan Parij traktatini (1856) bekor qilinishiga erishdi. Qora dengizda rus harbiy floti qayta tiklandi. Bularning hammasi Turkiyani mustamlakachilar asoratiga solinish xavfini yanada kuchaytirdi.
Turkiya iqtisodiyotining asosiy sohasi bo’lgan qishloq xo’jaligi og’ir inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Mehnat qurollari juda oddiy bo’lib, hosildorlik juda past edi. Dehqonlar soliqlarni to’lashga qodir emas edilar. 1873-1875 yillarda Kichik Osiyoning markaziy va Shimoliy hududlarida qattiq ocharchilik yuz berib, ba’zi qishloqlarning aholisi yoppasiga qirilib ketdi. Shahar aholisining ahvoli ham og’irlashdi.
Hunarmandchilikning inqirozi va hunarmandlarning xonavayron bo’lish jarayoni kuchaydi. Feodal tartiblar va chet el tovarlarining raqobati kapitalistik ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. Sulton hukumati doimiy mablag’ etishmasligini boshidan kechirardi. U chet el banklaridan yangi asoratli zayomlar olish bilan moliyaviy qiyinchiliklardan chiqishga intilardi. Faqat 5 yil davomida turk hukumati deyarli 3 mlrd. frank mikdorida chet el zayomi olish uchun bitimlar tuzdi. Avvalgi yillardagi qarzlarni qo’shib hisoblaganda Turkiyaning umumiy qarzi 5,3 mlrd. frankka yetdi. Turk budjetining katta qismi qarzlar uchun foiz to’lashga ketardi. Dehqonlardan olinadigan ushur ancha ko’paydi.
Shunday qilib, XIX asrning 70 yillarida Usmoniylar imperiyasidagi ahvol yanada keskinlashdi. Imperiyaning barcha hududlarida xalq ommasining noroziligi kuchayib bordi. Muhojirlikdagi “Yangi usmonlilar” ning faoliyati ham jonlandi. Chet ellarda chiqarilgan gazeta va varaqalarda ular konstitutsiya joriy qilish, islohotlar o’tkazishni talab qilib chikdilar. “Yangi usmonlilar” g’oyalarini liberal kayfiyatdagi bir qancha amaldorlar va ofitserlar qo’llab quvvatladi. Ularga yirik davlat arbobi, bir vaqtlar buyuk vazir lavozimini egallagan Midxat poshsho ham qo’shildi. Mudxat poshsho va “Yangi usmonlilar” turk liberal pomeshchiklari va tug’ilib kelayotgan burjuaziya mafaatlarini ifodalardi. Ular eng avvalo boshqa xalqlar ustidan turklar hukmronligini o’rnatgan Usmoniylar imperiyasini halokatdan saqlab kolish uchun sulton absolyutizmiga karshi kurash olib bordilar. Midxad va uning tarafdorlari tashqi siyosatda Angliya tomon yo’l tutdi. Sulton Abdul Aziz (1861-1876) davrida tanzimot siyosati ochiq reaktsion yo’l bilan almashtirildi. 1871 yilda buyuk vazir lavozimiga o’ta reaktsion shaxs Mahmud Nodim poshsho tayinlandi.
Mahmud Nodim poshsho ig’vogarona yo’l tutib, “ Yangi usmonlar” ga umumiy avf e’lon qildi va ularni muhojirlikdan qaytishga taklif etdi. Chunki ular politsiya nazorati ostida yashashsa uncha xavf tug’dirmaydi deb o’ylagan edi. Lekin uning fikri xato bo’lib chiqdi. “Yangi usmonlar” tez orada o’z gazetalarini nashr qilib, aholi orasida varaqalar tarqata boshladilar. Bu varaqalarda sulton Abdul Aziz va Nodim poshsho siyosati qattiq qoralandi. Sulton farmoni bilan Nomiq Kamol va uning bir necha tarafdorlari qamoqqa olindi, gazetalar yopildi.
Siyosiy vaziyatning mustahkam emasligi hukumatning tez-tez almashinib turishida ham ko’rindi. 1871-1873 yillar mobaynida o’nga yaqin buyuk vazirlar almashindi. Keyinchalik hokimiyatga yana Mahmud Nodim poshsho keldi. 1876 yil mayida “Yangi usmonlar” o’z faoliyatlarini yana kuchaytirdilar. Ular vakillar palatasini chaqirish va Abdul Azizni boshqa sulton bilan almashtirishni talab qilib, xitobnoma chiqardilar. Ba’zi feodal-klerikal guruhlar ham Abdul Azizning tashqi siyosat sohasidagi muvaffaqiyatsizligidan norozi edilar.
1876 yil 22 mayda Istanbulda sulton saroyi oldida 40 ming kishilik namoyishchilar to’planib, Nodim poshshoni iste’foga chiqishi talab qildilar. Qo’rqib qolgan sulton bu talabni bajarishga majbur bo’ldi. Mahmud Rushtu poshsho yangi bosh vazir bo’ldi. Midxad poshsho ham hukumat tarkibiga kirdi. Lekin poytaxtdagi g’alayonlar to’xtamadi. Xalq ommasining chiqishi Midxad va “Yangi usmonlar”ni ham tashvishga solib qo’ydi. Ular ommaning yangi inqilobiy chiqishlarining oldini olish uchun saroy to’ntarishi uyushtirish yo’lidan bordilar. 1876 yil 30 mayga o’tar kechasi Abdul Aziz taxtdan tushirildi, ikki kundan keyin u o’zini-o’zi o’ldirdi deb e’lon qilindi. Midxad poshsho va uning tarafdorlari yangi sulton Murod V davrida o’z konstitutsion dasturlarini amalga oshiramiz deb o’ylagan edilar.
Lekin tez orada Murod V ruhiy kasalligi, u hatto eng oddiy ijtimoiy va diniy majburiyatlarni ham bajara olmasligi ma’lum bo’ldi. Bu vaziyatdan reaktsion feodal-klerikal guruh vakillari foydalanishdi. Ular hukumatni va Midxat poshshoni sulton Murod V ning kasalligidan foydalanib, hokimiyatni tortib olishga urinishda ayblashdi. Midxadning dushmanlari Murod V ni taxtdan tushirib, taxtga shaxzoda Abdul Hamidni o’tkazishni talab qilishdi. Abdul Hamid tarafdorlari hukumatga qarshi qurolli qo’zg’olon ko’tarishlari haqida tahdid solishdi. Midxadning o’zi ham Abdul Hamid bilan murosaga kelishga harakat kildi. Abdul Hamiddan konstitutsiya joriy qilish haqida va’da olgach, Midxad uning nomzodini qo’llab-quvvatladi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish