3-rasm. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari guruhlari.2
Ixtisoslashuv belgisi boʻyicha barcha ish oʻrinlari ixtisoslashgan va universal ish oʻrinlariga boʻlinadi. Mazqur vazifalarni bajarish uchun jihozlangan ixtisoslashgan ish oʻrinlarida bir xil yoki operatsiyaning mazmuni va ishlar turi boʻyicha bir-biriga yaqin vazifalar bajarilishi mumkin (qoliplovchi, termist, burgʻulovchi, hisoblash mashinasi operatori va hokazolarning ish oʻrinlari). Universal ish oʻrinlarida xilma-xil ishlar bajariladi. Bunday ish oʻrinlari odatda asbob-uskunalar kichik seriyali va bir xil ishlab chiqarish sharoitida bir ish tarzida tezda boshqasiga oʻtib ishlash imkonini beradigan bir qator stanoklar va mexanizmlar boʻladi (masalan, ta’mirlash — texnika ustaxonalari, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish va shu kabi sharoitlarda).
Mehnat taqsimoti belgisi boʻyicha ish oʻrinlarining ikki turi — yakka tartibdagi ish oʻrinlari va jamoa ish oʻrinlariga ajratiladi. Yakka tartibdagi ish oʻrnida har doim bitta ijrochi xodim band boʻladi. Jamoa ish oʻrinlarida mehnat jarayonlari bir guruh xodimlari tomonidan amalga oshiriladi (masalan, mehnatni brigada tarzida tashkil etganda, yirik mashina agregatlariga va apparatura tizimlariga va shu kabilarga xizmat koʻrsatganda). Bu oʻrinda kadrlarni tanlash ijrochilar oʻrtasida vazifalarni aniq taqsimlash va xar bir xodimning jamoa mehnatiga qoʻshgan mehnat hissasiga xolisona baho berish muhim ahamiyatga egadir.
Xizmat koʻrsatiladigan asbob-uskunalar soniga karab ish oʻrinlari bir stanokli va koʻp stanokli boʻlishi mumkin. Ikki yoki undan ortiq ish oʻrinlariga yarim avtomat yoki avtomat asbob-uskuna bilan koʻp stanokli xizmat koʻrsatishda bir vaqtning oʻzida xizmat koʻrsatiladigan mashinalar va mexanizmlarning mumkin boʻlgan sonlarini toʻgʻri aniqlash zarur. Bundan maqsad ularning bekor turib qolishiga barham berish va ijrochi ishchilarni unumli mehnat turi bilan band qilishdir. Bunday xizmat koʻrsatishga ishlab chiqarish toʻliq yoki qisman avtomatlashgan taqdirda erishish mumkin, har bir stanokda mashina avtomat vaqgi mavjud boʻlib, bu vaqt mobaynida ishchi yana bitga yoki boshqa koʻpgina stanoklarga xizmat koʻrsata oladi. Hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi.
NKK = T MA / Txiz+ T ut
Bu erda: NKK — koʻp stanokli xizmat koʻrsatish normasi;
T MA — bitga stanokda mashina-avtomat ishining vaqti;
Txiz— bitga stanokka xizmat koʻrsatish vaqti;
T ut — bitta stanokdan boshqasiga oʻtish vaqti.
Nihoyat ish oʻrinlari barqarorlik belgisiga qarab tasniflanishi mumkin: ular bitga ish oʻrnida joylashgan va jihozlangan muhim ish oʻrinlariga (masalan, sganokchilar, yigʻuvchilar apparatchilarning ish oʻrinlari) makonda doimo joyini almashtirib turadigan koʻchma ish oʻrinlari (quruvchilar, kon ishchilari, navbatchi yoki ta’mirlovchi xodimlarning ish oʻrinlari).
Ish oʻrinlarini tasniflashning boshqa belgilari ham joriy etilishi mumkin. Masalan, ochiq va er osti kon ishchilarida parmalovchilarning ish oʻrinlari ochiq va er osti ishchilari uchun, montajchilar uchun — balandlik va er usti yuzasidagi montaj boʻyicha ishlar uchun ajratilishi mumkin va hokazo.
Lekin ish oʻrinlari qanchalik xilma-xil boʻlmasin, ular qanday turkum va guruhlarga boʻlinmasin, ish oʻrinlarini tashkil etish uchun umumiy, majburiy talablar ham mavjud. Bu talablarni aynan uchta ibora: ta’minlash, rejalashtirish va xizmat koʻrsatish degan ibora bilan ifodalash mumkin. Tashkil etishning bu elementlari juda muhim va e’tibor berishga molikdir.
Ish oʻrnini ta’minlash deganda unda jamlangan mehnat vositalari:
asosiy texnologik va yordamchi asbob-uskunalar texnologik va tashkiliy
jihozlar bilan aloqa va signal berish vositalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini jami tushuniladi. Asosiy texnologik uskunalarga: stanoklar, ish manshnalari, agregatlar, avtomat liniyalar, texnologik apparaturalar va shu kabilar, ya’ni ishlab chiqarish jarayoniga yordam beradigan barcha narsalar kiritiladn
Yordamchi asbob-uskunalar: transportyorlar, rolganglar va boshqa transport vositalarini yigʻish, payvandlash va sinash stendlari, turli yuk koʻtarish qurilmalari va hokazolar kiradi.
Texnologik uskuna tarkibiga qirquvchi va oʻlchovchi asboblar, turli moslamalar va texnik hujjatlar kiradi, tashkiliy jihozlar esa ishlab chiqarish mebeli, idishlar, signal berish vositalari, aloqa yoritish vositalari, toʻsib turuvchi va saqlovchi qurilmalar hamda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi vositalarini qamrab oladi. Sanoatning har bir tarmogʻida asosiy va yordamchi ishchilarning, ayniqsa mashinasozlikning etakchi tarmoqlaridagi ishchilarning ish oʻrinlarini jihozlashga kiradigan batafsil buyumlar roʻyxati ishlab chiqilgan boʻladi.
Asosiy va yordamchi texnologik asbob-uskunalarga hamda texnologik va tashkiliy jihozlash ashyolariga qattiq ergonomik talablar qoʻyiladi. Ergonomika insoniyatning mehnat jarayonlaridagi funktsional imkoniyatlarini oʻrganadi va ishchanlik qobiliyatini, yuksak mehnat unumdorligini va ishlovchilar sonini saklashni ta’minlaydigan qoidalarni ishlab chiqadi.
Ergonomika “Inson — mashina — muhit” tizimini oʻrganadigan, insonning tanasi antropometrik mezonlarini fiziologik va psixo-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishga qoʻyiladigan sanitariya-gigiena talablarini belgilab beradi.
Mashinalar, asbob-usqunalar va jihozlarni loyihalashtirish va joylashtirish uchun ish oʻrni va ish zonasining imkoniyatlari bilan makonda mos kelishi (tana a’zolarining etishi mumkin boʻlgan zonalarini aniqlash, ish harakatlari, traektoriyasi, mehnat jarayonida ish almashtirishlar va shu kabilar) muhim ahamiyatga egadir.
Bu masaladagi eng muhim narsa inson harakatlari va energiyasini tejash tamoyili hisoblanadi. Ana shu vazifalarni hal etish uchun insonning antropometrik belgilarini, ya’ni inson tanasining asosiy oʻlchovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni hisobga olish zarur. Asbob-uskunalar va ish oʻrinlarini loyihalashtirishga fiziologik jihatdan oqilona boʻlgan ish holatini ta’minlaydigan jihatlar insonning antropometrik jihatdai mos kelish tamoyili (uning tanasi va ishchi a’zolarining muvofiqligi) va ish oʻrinlarini hamda asbob-uskunalarini jihozlashning moddiy buyumlari mosligi asos qilib olinadi.
Ish oʻrnini rejalashtirish deganda ishlab chiqarishning oʻzaro bir-biri bilan funktsional jihatdan bogʻlangan barcha vositalari, mehnat buyumlari va xodimning oʻzi uch oʻlchovli makonda maqsadga muvofiq joylashuvi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |