8-mavzu: tarmoq texnologiyalari va internet xizmatlari asosiy savollar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana26.09.2021
Hajmi0,79 Mb.
#185733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-dars. Тармоқ технологияси.

1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa 

chiziqiga  parallel  bog’lanadi.  Bunday  shinalarni  boshqarish  ham  alohida,  ham 

markazlashgan  bo’lishi  mumkin.  Markazlashgan  boshqaruvda  tarmoqqa  maxsus 

kompyuter  -  hakam  ulanadi,  uning  vazifasi  tarmoqda  axborotni  uzatishni 

boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular 

mustaqil ma’lumotlarni uzatish kanalini boshqaradi. 

 

2.  Xalqa.  Bu  holatda  barcha  kompyuterlar  yopiq  xalqasimon,  ketma-ket 

bog’lanadilar.  Bunda  xabar  birin-ketin  kompyuterdan  -  kompyuterga  uzatiladi. 

Xabarni  uzatgan  kompyuter  yana  o’sha  xabarni  qayta  qabul  qilmaguncha,  jarayon 

davom etaveradi. 

 

3.  Yulduzcha.  Yulduzcha  topologiyaga  ega  tarmoqlar  markaziy  tugunga  ega 

(kommutator  yoki  kontsentrator).  Mazkur  markaziy  tugunga  barcha  qolgan 

kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng 

boshqa kompyuterlarga uzatiladi. 

Lokal  kompyuter  tarmog’i  maxsus  simlar  bilan  birlashtirilgan  kompyuterlar 

guruhi  hisoblanadi.  Bu  tarmoqni  yaratishdan  maqsad  tashkilotlar,  o’quv  yurtlarida 

mavjud kompyuterlar guruhidan unumli foydalanish, har xil ma’lumotlarni bir – biriga 

etkazish, kompyuterning qo’shimcha qurilmalaridan unumli va tejamli foydalanishdir. 

Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi. Masalan: 

- koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash; 

- juftli o’ram  (tvisted pair) telefon simini eslatadi; 

- optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda 

qimmat kabel turi. 

Tarmoqda kompyuterlarni ulash uchun qalin (INTERNET yo’qon simi  – global 

tarmoqlar uchun) yoki ingichka koaksial simlar (ETHERNET - lokal tarmoqlar uchun), 

o’ralgan juftlik (toking ring-vitaya para) va optik tola (dastlab shishadan, hozirda esa 

plastik tola) simlari ishlatilishi mumkin.  

Tarmoqda  ishlovchi  har  qanday  kompyuter  o’z  nom  va  ishchi  guruhiga  ega 

bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom bilan  murojaat qilishlari 

mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish).  

Mintaqaviy  tarmoqlar  uncha  katta  bo’lmagan  mamlakat,  shaxarlar  va 

viloyatlardagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon 

tarmoqlaridan foydalaniladi. Ular orasidagi masofa 10 – 1000 kilometrgacha bo’lishi 

mumkin. 

Global kompyuter tarmog’ida ishlash uchun modem, telefon  bo’lishi shart. Bu 

resurslar orqali boshqa kompyuterlar bilan bog’laniladi va axborot almashuvi amalga 

oshiriladi.  Bunday  tarmoqlarda  kompyuterlar  va  kommunikatsion  programmalar 

yordamida  fayllar  boshqa  uzoq  masofadagi  kompyuterlarga  aloqa  tizimlari  orqali 

etkaziladi.  Agar  ixtiyoringizda  telefon  va  modem  bo’lsa,  u  holda    aloqa 




bo’linmalaridan  ro’yxatdan  o’tilgandan  so’ng  elektron  pochtalarga  ulanish  mumkin 

bo’ladi. 

Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab 

oladi.  Ular  bir  –  biridan  10  –  15  ming  kilometr  uzoqlikdagi  kompyuter  va  aloqa 

tarmoqlarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali foydalaniladi. 

Hozirgi  vaqtda  dunyoda  ko’plab  kompyuter  tarmoqlari  ishlab  turibdi.  Global 

tarmoqlardan  biri  Internet  tarmog’i  bo’lib,  u  butun  dunyo  bo’yicha  kompyuter 

foydalanuvchilarini  birlashtiruvchi  tarmoqdir.  Bu  tarmoq  1983  yilda  butun  dunyo 

bo’yicha o’z faoliyatini boshladi. 

 

Quyidagi rasmlarda kompyuter tarmoqlarining tasviri ko’rsatilgan: 



 

                                 

 

1 – rasm. Lokal tarmoqning tuzilishi. 



 

2-rasm. Internet tarmog’i tasviri. 

 

INTERNET  –  international  network  –  yagona  standart  asosida  faoliyat 



ko’rsatuvchi  jahon  global  kompyuter  tarmog’i.  Internet  xizmati  «internet 

provayderlari» yordamida aloqa kanallari - telefon tarmog’i, kabelli kanallar, radio va 



 


kosmos  aloqa  tizimlaridan  foydalanish  orqali  amalga  oshiriladi.  Hozirda  Internetga 

dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridagi millionlab kompyuterlar ulangan. Har oyda 

tarmoq  miqdori  7-10%  ga  ortib  bormoqda.  Bugungi  kunda  Internet  50000  dan  ortiq 

alohida  tarmoqlarni  bog’laydi.  Ular  turli  zamonaviy  axborotlarni  taklif  etib 

kelmoqdalar. Masalan, Usenet sistemasi yordamida  global muammolarni bahslashib, 

muhokama  qilish  mumkin.  Yahoo  yoki  Yandex  izlash  sistemasi  orqali  Sizga  kerakli 

axborot  tez  va  soz  topiladi.  Masalan,  oddiy  tovarlar  narxidan  boshlab,  teatr 

repertuarigacha  axborot  olish  mumkin.  Internet  tarmog’i  orqali  bugungi  kunda 

kundalik ro’zg’or xaridlari amalga oshirilmoqda. 

Elektron nashr, kutubxona sistemalari esa juda ommaviylashib ketdi. Ular yirik 

kutubxona va nashriyotlarni o’zaro bog’laydi. Elektron pochta  eng ko’p ommalashdi. 

Bu sistema bir zumda dunyoning xohlagan burchagiga xabar etkaza oladi. 

Internet – bu, ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi  va dunyo  hamjamiyatiga 

kirish imkoniyatini beruvchi tarmoqdir. 

Internet o’zining foydalanuvchilariga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. 

Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanish 

kerak. 

Internetning tarkibiy qismi: 

  Texnik ta’minot. 



  Dasturiy ta’minot. 

  Informatsion ta’minot. 



 

Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko’ptarmoqli 

ierarxiyani  tashkil  etib,  umumjahon  axborot  resurslarini  birlashtirish  va  ulardan 

kollektiv ravishda foydalanish  imkoniyatlarini yaratadi.  

Dastlabki  kompyuter  tarmog’i  -  ARPANET  (Advenced  Researsh  Projects 

Agency Network)-AQShning mudofaa vazirligi tomonidan 1969 yili ishlab chiqilgan. 

U  keyinchalik  boshqa  KTlar  bilan  birlashtirilib  INTERNETning  bir  qismi  sifatida 

ishlatila boshlandi.  

Intranet  –  bu  internet  texnologiyasi,  dasturiy  ta’minoti  va  protokollari  asosida 

tashkil  etilgan  hamda  ma’lumotlar  bazasi  va  elektron  hujjatlar  bilan  jamoa  ravishda 

ishlash  imkonini  beruvchi  korxona  yoki  tashkilot  miqyosidagi  yagona  informatsion 

muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir. 




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish