Masalan: ro’paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz to’xtab, u kishining yuziga qarab qo’limsirab “Assalomu alaykum” deyish va yana yo’lida davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy xolda bo’lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suxbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo’llash mumkin. Tushuntirish yorqin bo’lib, bolalarning xis-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:
Bolalarda ijobiy-axloqiy xislarni uyg’ota olish, ertak qaxramonlariga hamdardlik bildirish hamda yutug’idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish;
U bolalarga tushunarsiz bo’lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish;
U axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, sayrlarda, bolalarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan joylarda foydalanish.
Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini aniqlab borish kerak. Suxbat jarayonida bolalar o’z fikr- muloxazalarini aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti- harakatini ongli ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari doirasida bajarishga o’rinadilar. Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni o’qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqava ashula eshitish bolalarda estetik xisni uyg’otadi hamda axloqiy qoida va me’yorlarni singdirib boradi. Amaliy va o’yin metodlari — o’yin mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, saxnalashtirilgan o’yinlar, inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga raxbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustaxkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to’plashga, axloq me’yorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam beradi. O’yin kichik bog’cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xulq hamda odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish foydali odatlarni qaytarish kabilar kiradi. Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning o’ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat (tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida to’xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi qaxramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash bola xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suxbat shakllari qulay bo’ladi. Rag’batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning metodi bo’lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o’ziga xos vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xatgi-harakatni faollashtirish yoki bo’lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag’batlantirishdan foydalaniladi. Bolalar bog’chasida rag’batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o’yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik.
Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat:
I- Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning o’zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan qarashga asoslanishi kerak.
-I- Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o’zi ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo’qotishga intilsin.
-1- Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur.
-I- Bolani tarbiyalash uchun yaxshi xissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va qo’rqitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo’lmaydi.
-I- Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak.
-I- Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish kerak.
Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar raxbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo’llasa, yaxshi xulq na’munalarini o’rgatish ancha oson kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |