8-mavzu pedagogik texnologiyaning ilmiy-nazariy asoslari. Soat reja


Taxsil oluvchilar toifasi bo’yicha



Download 148,68 Kb.
bet15/16
Sana31.12.2021
Hajmi148,68 Kb.
#246789
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
18-mavzu PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

12. Taxsil oluvchilar toifasi bo’yicha (ommaviy texnologiya, olga oldimlovchi talim, tuldiruvchi; o‘zlashtirmovchilar bilan ishlash texnologiyalari, iktidorlilar bilan ishlash texnologiyalari). (Karang: G.K.Selevko. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii. M. 1998 y). 16 savol:


Ta’lim texnologiyalariga aksiomatik yondashuv, Taksonomiya tushunchasi. B.Blum taksonomiyasi, o‘quv maqsadlari taksanomiyasi.




«Taksanomiya» tushunchasi ob’ektlarning tabiiy bog‘liqlari va xususiyatlariga qarab iearxik (ko‘pbosqichli) tuzilishi asosida klassifikatsiyalash va sistematizatsiyalash (tizimlash)ni anglatadi. Shuning uchun umumiy maqsadlarni bir-biri bilan bog‘lanishda tanlash va o‘qitishning konkret natijalarini ifodalashda taksonomiyalardan foydalaniladi.


Blum taksonomiyalari eng avval ishlab chiqilgan taksonomiyalardan bo‘lib bunda kamchiliklar mavjud. Blumdan boshqa juda ko‘p olimlar tomonidan taksonomiyalar ishlab chiqilgan, biroq amalda Blum taksonomiyalari ularga qaraganda ma’qulroq. Blum taksonomiyalari faqat ta’lim uchun ishlab chiqilgan. Tarbiya taksonomiyalari ham bor. Jumladan D.Kratvol taksanomiyalari qo‘llaniladi. Lekin bu taksonomiyalarni foydalanish ko‘tilgan natija bermayapti.

Dastlaabki taksanomiya 1934 yilda amerikalik olim R.Tayler tomonidan ishlab chiqildi. Bu taksanomiyada 8 ta kategoriya mavjud edi. 1967 yilda amerikalik olim J.Gilford tomonidan taksanomiya ishlandi. Bu taksanomiyaning B.Blum taksanomiyasidan farqi, bu taksanomiyada 5 ta daraja ko‘rsatilgan. Ya’ni, ma’lumot, analiz va sintez, tushunish, foydalanish va baholash. Bunday tipdagi taksanomiyalar Yevropa va /arb davlatlarining olimlari tomonidan yaratilgan.

Ma’lumki, respublikamiz ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan 1 ta dars mashg‘uloti uchun, 7±2 dona o‘quv maqsadi qo‘yish tavsiya etiladi. Buning asosida bir qancha sabablar yotadi. O‘shalardan biri – yangi axborot qabul qi-layotgan kishi diqqatining uzog‘i bilan 15 daqiqagina faol turib bera olish-ligi bilan bog‘liq. Demak, har 10 – 15 daqiqada axborot qabul qilayotgan kishi diqqatini keskin chalg‘itib turish kerak va shundan so‘nggina axborot uzatishning keyingi bosqichiga o‘tish kerak. Pedagogik amaliyotda bunday ish har 10 – 15 minutda o‘quv maqsadini almashtirib turish hisobiga amalga oshiriladi. 1 ta dars uchun ajratilgan vaqt (80 daqiqa) ga 9 tagacha o‘quv maqsadiga erishtiruvchi didaktik amal sig‘adi. Bunda o‘quv maqsadlarini ularning B. Blum tomonidan taklif qilingan taksonomiyadagi tartibi bo‘yi-cha qo‘yib borish yaxshi pedagogik natijalar beradi.

Mazko’r ilmiy maqolada dars jarayonini o‘quv maqsadlarining Blumcha ierarxiyasi tartibida loyihalash bo‘yicha to‘plagan tajribalarimizni yori-tib o‘tishni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘ydik.

Pedagogik texnologiyalarda pedagogik maqsadlar ta’lim oluvchilar ba-jaradigan harakatlar asosida erishiladigan shunday bir natijalarda ifoda topadiki, ularni chetdan kuzatib turib bilish yoki baholash mumkin. Xu-susan, o‘quv materiali yoki uning ajratib ko‘rsatilgan qismlari ustida o‘quvchi quyidagidek amallarni bajaradi: o‘qiydi, tahlil qiladi, hisoblab chiqadi, muvofiqlashtiradi, foydalanadi, baholaydi, o‘zgartiradi, tadbiq etadi, variantlashtiradi, qayta guruhlaydi, savol qo‘yadi, sintezlaydi, ti-zimlashtiradi, soddalashtiradi, so‘zlarda ifodalaydi, yozadi, belgilaydi va h.k. va h.k. Sanab o‘tilgan amallardan birontasi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga uni bajarishdan oldin topshiriq sifatida aytilsa, bunday topshiriq o‘quv maqsadi maqomini oladi. Shubhasizki, bu amallardan qaysidir birlari o‘quvchidan pastroq tay-yorgarlikni, boshqalari esa yuqori va hatto juda yuqori tayyorgarlikni talab qiladi va shunga binoan u bajargan amal natijasi ham turlicha baholanadi.
Demak, o‘quv maqsadlariga erishtiradigan amallarni ularning murakkabligi darajasiga qarab guruhlab chiqish masalasi ko‘ndalang bo‘ladi. Bunday ishni dastlab 1956 yilda AQSh pedagogi Benjamin Blum amalga oshirgan .


B. Blum bo‘yicha o‘quv maqsadlari 6 toifaga bo‘linadi:

1 – bilish, 2 – tushunish, 3 – qo‘llash, 4 – tahlil qilish, 5 – sintezlash, 6 – baholash.

Blum bo‘-yicha “Bilish” maqsadiga erishilishi o‘quv materialining 55 – 62% , “tu-shunish” 63 – 70%, “qo‘llash” 71 – 77%, “tahlil qilish” 78 – 85%, “sin-tezlash” 86 – 92%, “baholash” 93 – 100% o‘zlashtiriganligini bildiradi. Sal kam yarim asr vaqt mobaynida o‘quv maqsadlarining B. Blum bo‘yicha takso-nomiyasidan butun dunyo miqyosida juda unumli foydalanildi. O‘zlashtirish sifati o‘qitishni Blum taksonomiyasidan foydalanib olib borilgan o‘quv muassasalarida undan foydalanmagan o‘quv muassasalaridagidan ko‘ra ancha yuqori bo‘ldi

O‘tgan asr oxirlarida B. Blum taksonomiyasi psixologlar tomonidan biroz tanqid ostiga olindi XXI asr boshlarida o‘quv maqsadlari tak-sonomiyasiga B. Blumning izdoshi Lorin Anderson va uning hamkasblari tomonidan bir qancha aniqliklar kiritildi .

Hozirgi kunda blum taksonomiyasi quyidagidek ierarxik ko‘rinishga ega: 1 – yangi ma’lumot bilan tanishish, 2 – ma’lumotni tushunish, 3 – ma’-lumotning ahamiyatini aniqlash, 4 – ma’lumotni tahlil qilish, 5 – ma’-lumotga munosabat bildirish, 6 – ma’lumot bo‘yicha yangi fikr, yangi g‘oya, yangi yechim taqdim etish.

U yoki bu mavzu bo‘yicha dars jarayonining B. Blumning o‘quv maqsadlari taksonomiyasi tartibi asosida tayyorlanadigan loyihasi quyida keltiri-layotgan jadvaldagidek ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.


O‘quv maqsadi

Vaqt


(min)

Didaktik amal yoki vosita

O‘qituvchi faoliyati

O‘quvchi faoliyati

1.

Guruhni yangi mavzuni o‘rganish-ga tayyorlash



 5

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi

2.

Yangi ma’lumot bilan tanishish



 10

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi

3.

Ma’lumotni tushunish



 10

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi

4.

Ma’lumotning ahamiyatini aniq-lash



 12

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi

5.

Ma’lumotni tahlil qilish



 13

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi

6.

Ma’lumotga munosabat bildirish



 12

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi

7.

Ma’lumot bo‘yicha yangi fikr, yan-gi g‘oya, yangi yechim taqdim etish



 13

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi

8.

Mavzuni o‘rganish jarayoniga yakun yasash



 5

Tanlanadi

Tavsiflanadi

Tavsiflanadi


Pedagogik texnologiyalarda o‘quv maqsadlarini qo‘yilishi katta ahamiyatga ega. Bunday holat an’anaviy o‘qitish metodikasida yuzaki harakterda edi. Pedagogik texnologiyalarning an’anaviy metodikadan yana bir farqi o‘quvchi va talabalarni mustaqil bilim olishiga jiddiy e’tibor beriladi. Endi pedagogik texnologiyalarda maqsadlar va nazorat topshiriqlarni belgilashda asosiy rol bajaruvchi Blum taksonomiyalari haqida kengroq to‘xtalamiz. Blum taksonomiyalari quyidagi kategoriyalarga ega: bilish, tushunish, foydalanish, analiz, sintez va baholash. Bu kategoriyalarning har biriga qisqacha to‘xtaymiz.


Download 148,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish