Modul darajasi – zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tasvirlash ko‘lamiga muvofiq ravishda tanlangan birlamchi modullarning o‘z tarkibida aslida qancha modullarga ega ekanligi ko‘rsatkichi.
Modul o‘zgarmas, qotib qolgan narsa deb qaralmasligi kerak. Aslida har bir modul o‘ziga tegishli kichik maqsadni ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirishda esa tegishli sharoit uchun eng ma’qul deb topilgan yo‘llar, usullar, vositalardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Demak, modul-da belgilangan maqsadni o‘zgartirmagan holda uni to‘liq amalga oshi-rishni ta’minlovchi, o‘zaro farq qiluvchi turli yo‘llar, usullar, vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Ushbu modullarni ajratib, belgilashda ma’lum tartibga rioya qilish zarur. Bunda, avvalo, eng kichik yoki birlamchi modul ajratiladi. Uni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni turli darajasidan boshlab ishlab chiqishda turli kattalikda ajratish mumkin. Masalan, birorta fikrni tu-shuntirish jarayonini bir butun holatda bitta modul hisoblash ham yoki bu jarayonni bir nechta bo‘laklarga ajratib, ularning har birini alohida modullar deb hisoblash ham, shuningdek, bitta emas, bir nechta o‘zaro bog‘liq fikrlarni tushuntirish jarayonini bir butun holda bitta modul deb hisoblash ham mumkin. Shu tartibda eng kichik – birlamchi modulni ajratishda asosiy shart shu modul tarkibida hamma zarur elementlar, albatta, saqlanishi va ularni istalgan boshqa vaqtda, boshqa joyda, bosh-qa tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar va o‘qituvchilar tomonidan oldindan ko‘zda tutilgan darajada bajarish imkoniyatini saq-lashdan iborat.
Shunday tartibda belgilangan modul eng kichik yoki birlamchi mo-dul deb ataladi. Shunday birlamchi modullarni zarur bo‘lgan hollarda tartib sonlar bo‘yicha belgilash uchun “1-modul”; “2-modul” ko‘rinishi-dagi yozuvlar bilan ajratib ko‘rsatish yoki “modul” so‘zini yozmasdan, faqat tartib son orqali ko‘rsatish mumkin. Bunday belgilash orqali zamo-naviy pedagogik texnologiyalarning to‘liq bayon qilinishini ta’minlash hamda kelgusida to‘liq saqlanishini nazorat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar jarayonini tasvirlashda uning kengroq darajalardagi qo‘llanishini umumlashtirib tasvirlash lozim bo‘l-gan hollarda, odatda, shunday birlamchi modullarning yig‘indisini alo-hida ko‘rsatish shart emas. Bunday maqsadlar uchun bir nechta birlam-chi modullarning tegishli nuqtayi nazardan o‘zaro bog‘liqliklarini yoki mosliklarini hisobga olgan holda umumlashtirib, hosil qilingan to‘plam ayrim modul sifatida ko‘rsatiladi.
Bunday tartibda hosil qilingan modul darajali modul deb ataladi va uni yozma shaklda belgilashda o‘z tarkibida nechta birlamchi modul bor bo‘lsa, shuncha darajali ekanligi ko‘rsatib qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Buni, masalan, “1-modul (4)” yoki “1(4)” ko‘rinishida belgilash mum-kin. Bunda shu modulning tasvirlangan zamonaviy pedagogik texnolo-giyalar jarayonidagi tartib soni birinchi ekanligi hamda o‘z tarkibiga 4 dona birlamchi modulni olishi, ya’ni to‘rtinchi darajali modul ekanligi shartli ravishda ko‘rsatilgan.
Ushbu tartiblarga rioya qilinganda har bir tasvirlanayotgan zamona-viy pedagogik texnologiyalar jarayoni tarkibidagi jami birlamchi modul-lar soni hamda ularning to‘plamlaridan iborat darajali modullar soni qancha ekanligi ma’lum bo‘ladi va buning natijasida tasvirlanayotgan za-monaviy pedagogik texnologiyalar jarayoni to‘liq aks ettirilishi ta’minlanadi.
Yuqorida aytilganidek, o‘quv fani bir mavzusining tarkibiy bo‘laklarini hamda o‘qitish texnologiyasini umumlashtirib, bitta modul sifatida belgi-lash, shu o‘quv faniga doir har turli masalalarni hal qilish maqsadida qo‘lla-niladi. Bu yerda shu o‘quv fanining bir mavzusi o‘rniga uning bir bo‘limini, bir qismini yoki hammasini bitta modul sifatida belgilash ham shunga o‘xshash maqsadlarda qo‘llaniladi. Ularni yuqorida aytilgandek, bloklar deb nomlash ham mumkin. Bunday modullarni belgilashda ularning o‘zini shartli ravishda birlamchi modul deb hisoblash va shunga muvofiq tartibda belgilash ham mumkin. Bunday modullarni darajali modul sifatida belgilash maqsadga muvofiq bo‘lgan hollarda esa, ular uchun birlamchi modullarni shartli ravishda zamonaviy pedagogik texnologiyaning qaysi darajasidagi modullaridan boshlab hisoblash belgilab olinadi. Shunga muvofiq ravishda modulning darajasini belgilash mumkin bo‘ladi.
Modulning darajasi shu tartibda ko‘rsatilgan holda zamonaviy peda-gogik texnologiyalarni qaysi birlamchi darajadan boshlab tasvirlanayot-gan bo‘lsa, shunga mos ravishda to‘liq aks ettirish ta’minlanadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar materiallarini yuqorida aytilgan tartibda modullarga ajratish jarayoni modullashtirish deb ataladi. Modul-lashtirishni tegishli materiallarni tayyorlash jarayonida amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bilan birga, ilgari tayyorlangan ma-teriallar asosida ham modullashtirish amalga oshirilishi mumkin.
Modullar hamma hollarda ham tartib sonlari va darajalarini ko‘rsatgan holda belgilanmaydi. Lekin bunday holda pedagogik texnologiyalarning to‘liq bayon qilinganligini asosli kafolatlash qiyin bo‘ladi.
Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja va dasturlari ham zarur hollarda yuqoridagi tartibda modullashtirilishi mumkin.
Ta’lim vositalarini har bir mashg‘ulot uchun, ayrim mavzu, bo‘lim, qism va umuman, bir o‘quv fani uchun zarurlilik darajasiga muvofiq modullash-tirish mumkin. Shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llanadigan usullarni ham-da o‘qituvchi va o‘quvchi-talaba faoliyatini ham zarur deb hisoblangan hollarda alohida modellashtirish mumkin.
Ta’lim-tarbiya jarayonida modulli ta’lim texnologiyalaridan foyda-lanishda darsda foydalaniladigan mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya’ni modullarga ajratiladi va har bir qismni o‘quvchi-talabalar mustaqil o‘zlashtirishlari uchun o‘quv topshiriqlari tuziladi. Shu o‘quv topshiriqlari asosida har bir modul yakunida savol-javob o‘tkaziladi va xulosa chiqariladi.
Modulli ta’limning asosiy mohiyati shundaki, o‘quvchi-talabalar modul dasturlari yordamida mustaqil ishlashga asoslangan o‘quv-bilish faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturlari mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadidan kelib chiqadigan modul dasturining didaktik maqsadi, o‘quvchi-talabalarning dars davomida bajaradigan o‘quv topshiriqlari, top-shiriqlarni bajarish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar, modul dasturini yakun-lash qismini o‘zida mujassamlashtiradi
Mazkur darslarda o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyati modullarni ketma-ket o‘zlashtirishlarini nazarda tutgan holda tashkil etiladi. Har bir modulni o‘zlashtirish jarayoni o‘quvchi-talabalarning yaxlit bilish fao-liyatining elementi sanaladi, ya’ni bir darsda yaxlit tashkil etilishi ko‘zda tutilgan o‘quvchi-talabalarning o‘quv faoliyati mavzu ajratilgan modul-larga muvofiq holda o‘quv faoliyati elementlari (O‘FE)dan tashkil topadi. Agar darsda o‘rganiladigan mavzu mazmuni 4 ta moduldan iborat bo‘lsa, o‘quvchi-talabalarning o‘quv-bilish faoliyati mos holda 4 ta O‘FE dan tashkil topadi. Shuni qayd etish kerakki, dars yakunida o‘quvchi-talaba-larning o‘z faoliyatlarini tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholashini amalga oshirish maqsadida modul dasturini yakunlash bosqichi bo‘ladi. Shu sa-babli fikr yuritilayotgan ushbu darsda foydalaniladigan modul dasturida 5 ta O‘FE bo‘ladi. O‘qituvchi shu asosda modul dasturini tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |