O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil
etilishi.
2020
yil
24
yanvarda
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti
SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga muroajaatnomasida korruptsiyaga qarshi
kurashuvchi organ tuzilishi kerakligi aytilgandi. 2020 yil amalga oshirilishi
rejalashtirilgan Davlat dasturining 53–bandida ham belgilab qo‘yilgan. Ushbularni
ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi
“O‘zbekiston
Respublikasida
korruptsiyaga
qarshi
kurashish
tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-
son Farmoniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga
qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Unga
«Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik
palatasi deputati Akmal
Burhonov agentlik direktori etib tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tashkil qilingan ushbu
agentlik Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi. Agentlikning asosiy
vazifalaridan biri korruptsiya yuqori bo‘lgan sohalarni chuqur tahlil qilish, hamda
korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini
bartaraf etish hisoblanadi. Byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat aktivlarini
realizatsiya qilish va davlat haridlari sohasida korruptsiyaga qarshi nazorat qilish
masalalari ham Agentlikning vakolatlari doirasiga kiradi.
Bundan tashqari,
Agentlikning davlat xizmatchilarining daromadlari va mol mulkini dekloratsiya
qilish tizimi joriy etilishi hamda dekloratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi
tekshirilishini tashkil etish vazifalari ham yuklangan. Ushbu agentlik hozirgi
kunga kelib quyidagi vazifalarni bajaradi.
Agentlik davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar,
tadbirkorlik
sub’ektlari, O‘zbekiston Respublikasidagi chet davlatlarning diplomatik
vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el
korxonalari va mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Prezident SHavkat
Mirziyoev 2020 yil 11 fevral
kuni korruptsiyaga qarshi
kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari
bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda Korruptsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay
tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biri ekanligi va
mamlakatimizda ushbu muammo xanuzgacha borligini ta’kidladi. Korruptsiya kabi
salbiy illatlarga qarshi kurashishda davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini
shaffofligini ta’minlash va bunda e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma
va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga
qaratish
kerak ekani xususida so‘z bordi.
2020 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korruptsiya holatlari
kuzatilayotgan sohalar uni keltirib chiqarayotgan omillar va ularni oldini olishga
bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish tashkil etildi. Bu borada mamlakatimizda
huquqiy asoslarni yaratishga e’tibor berilib, so‘nggi to‘rt yilda 70 dan ortiq qonun
hujjatlari qabul qilinganligi ta’kidlandi. O‘zbekiston so‘nggi to‘rt yilda Jahon
bankining “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga, Meros jamg‘armasining
“Iqtisodiy erkinlik” indeksida esa 52 pog‘onaga ko‘tarildi. SHuningdek Jahon
bankining “Korruptsiyani tiyib turish”, “Transperens interneshnl”
xalqaro
nohukumat tashkilotining “Korruptsiyani qabul qilish”, Jahon odil sudlov
loyihasining “Korruptsiyaning mavjud emasligi” indekslarida sezilarli o‘zgarishlar
yuz bergani aytildi. Taassufki, respublikamizda o‘tgan ikki yilda 1 986 nafar
mansabdor shaxslar korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy
javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar
miqdori 2 trln. so‘mdan oshganligi bu boradi ishlar yanada faollik talab etilishidan
dalolat bermoqda.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston
taraqqiyotining yangi
bosqichiga qadam bosarkan, avvalo, davlat va jamiyatning birdamligi, yakdilligi,
harakatda tenglik va adolatni ta’minilashi zarur bo‘ladi. Zaruriyat esa bajarilmas
ekan erkin fuqarolik jamiyatini qurish dargumondir. Buyuk sarkarda,
markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur o‘z
davrida davlat boshqaruvini
odilliq kengashlilik va yuksak mahorat bilan olib borgan. U o‘zining mamlakatni
boshqarish va odora etishda farzandlari va kelajak avlod uchun qo‘llanma bo‘la
oladigan “Temur tuzuklari”ni meros qilib qoldirdi. Amir Temur nasihatlaridan
birida shunday degan edi: “...davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday
saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi”.